Abdullaev Munis Kurbonovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompaniya ishlab chiqarish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy maslahatchi: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.26.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Xodiev Bahodir Yunusovich Xalqaro Nordik universiteti rektor maslahatchisi, iqtisodiyot fanlari doktori professor; Hakimov Hakimjon Abdullo o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) professor.
Yetakchi tashkilot: “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompaniya ishlab chiqarish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali real vaqtda monitoring qilishga asoslangan axborot tizimining konseptual modeli taklif qilinib, unga ko‘ra texnologik kechikishlarni aniqlash hisobiga ishlab chiqarish sikllarini vaqt xarajatlari bo‘yicha qisqartirish va resurslardan foydalanish samaradorligini uzlyuksiz nazorat qilish asosida operatsion xarajatlarni kamaytirish taklifi ilmiy asoslangan;
«Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning smenali ish sharoitida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun takroriy axborotlar almashinuvi va ma’lumotlarni qayta kiritishni bartaraf etishga asoslangan integratsiyalashgan axborot tizimi ishlab chiqilib, unga ko‘ra dispetcherlik qarorlarining aniqligini oshirish taklifi ilmiy asoslangan;
raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi funksional nomuvofiqliklarni baholash asosida axborotlar tarqoqligi, integratsiya uzilishlari, ma’lumotlarni takroran kiritish va tahliliy kechikishlarni bartaraf etishga qaratilgan yagona integratsiyalashgan platformasining texnologiyasi taklif etilgan;
kompaniyada IT-arxitektura va texnologik infratuzilmani sinxron loyihalashga qaratilgan axborot tizimi arxitekturasini joriy etishning “talablarni aniqlash”, “arxitekturani loyihalash”, “sinxron joriy etish”, integratsiya va foydalanish” bosqichlaridan iborat gibrid modelini ishlab chiqishga asosida qayta ishlash va avtomatlashtirish ishlari o‘rtasidagi integratsiyaviy nomosliklarni kamaytirish hamda loyiha muddatlari va operatsion xarajatlarni qisqartirish imkoniyati asoslangan;
«Muborak gazni qayta ishlash zavodi»da raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlanish modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompaniya ishlab chiqarish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning nazariyasi va uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida::
ishlab chiqarish jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali real vaqtda monitoring qilishga asoslangan axborot tizimiining konseptual modeli taklif qilinishiga ko‘ra texnologik kechikishlarni aniqlash hisobiga ishlab chiqarish sikllarini vaqt xarajatlari bo‘yicha qisqartirish va resurslardan foydalanish samaradorligini uzlyuksiz nazorat qilish asosida operatsion xarajatlarni kamaytirish taklifidan “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2026 yil 15 iyundagi 10-02/XZ-2314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik parametrlarni kuzatish tezkorligi o‘rtacha 6-7 %ga oshishi, texnologik kechikishlarni aniqlash vaqti 3-4 %ga qisqarishi hamda resurslardan foydalanish samaradorligi 5-6%ga yaxshilanishiga erishilgan;
«Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning smenali ish sharoitida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun takroriy axborot almashinuvi va ma’lumotlarni qayta kiritishni bartaraf etishga asoslangan integratsiyalashgan axborot tizimini ishlab chiqishga ko‘ra dispetcherlik qarorlarining aniqligini oshirish taklifidan “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning boshqaruv faoliyatidafoydalanilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2026-yil 15-iyundagi 10-02/XZ-2314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maʼlumotlarni takroran kiritish holatlari qisqargan, dispetcherlik qarorlarini qabul qilish tezkorligi oshgan va axborotlar almashinuvining samaradorligi yaxshilangan;
raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi funksional nomuvofiqliklarni baholash asosida axborotlar tarqoqligi, integratsiya uzilishlari, ma’lumotlarni takroran kiritish va tahliliy kechikishlarni bartaraf etishga qaratilgan yagona integratsiya platformasining konsepsiyasidan “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning SCADA/MES, LIMS va korporativ boshqaruv tizimlari o‘rtasida ma’lumotlar uzlyuksizligini ta’minlash, axborot almashinuvini muvofiqlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezkorligini oshirish jarayonlarida foydalanilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2026-yil 15-iyundagi 10-02/XZ-2314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvining uzlyuksizligi taʼminlangan, maʼlumotlarni qayta ishlash jarayoni takomillashtirilgan va tahliliy hisobotlarni tayyorlash samaradorligi oshirilgan;
kompaniyada IT-arxitektura va texnologik infratuzilmani sinxron loyihalashga qaratilgan axborot tizimi arxitekturasini joriy etishning “talablarni aniqlash”, “arxitekturani loyihalash”, “sinxron joriy etish”, integratsiya va foydalanish” bosqichlaridan iborat gibrid modelini ishlab chiqishga ko‘ra qayta ishlash va avtomatlashtirish ishlari o‘rtasidagi integratsiyaviy nomosliklarni kamaytirish hamda loyiha muddatlari va operatsion xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha bergan taklifidan “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2026-yil 15-iyundagi 10-02/XZ-2314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tizimlar integratsiyasidagi funksional nomutanosibliklar kamaytirilib, raqamli loyihalarni joriy etish jarayoni takomillashtirilgan va operatsion xarajatlarni optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlanish modelidan “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning raqamli rivojlanish ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, IIoT, sun’iy intellekt, Big Data, raqamli modellashtirish, intellektual tahliliy platformalar hamda LLM yordamchi tizimlarini joriy etish bo‘yicha istiqbolli faoliyat yo‘nalishlarini shakllantirish jarayonlarida foydalanilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi”ning 2026-yil 15-iyundagi 10-02/XZ-2314-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli transformatsiya jarayonlarini strategik rejalashtirish takomillashtirilib, raqamli etuklik darajasini bosqichma-bosqich oshirish va intellektual boshqaruv muhitini shakllantirish uchun amaliy asos yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish