Sattarov Abdisamat Umirqulovichning
fan doktori (DSc) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda resurs salohiyatidan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish” (Surxondaryo viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt945.
Ilmiy maslahatchi: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyoqubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yavmutov Dilshod Shoymardonqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda resurs salohiyatidan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada resurs salohiyatidan samarali foydalanishda resurslarning faqat mavjudligi va iste’mol hajmi bilan cheklanmasdan, ularning iqtisodiy tizimga qo‘shadigan qiymati, transformasiya imkoniyati, innovatsion salohiyati, ekologik barqarorlik va ijtimoiy samaradorligini hisobga oluvchi tarkibiy blok-sxemasi taklif etilgan;
mintaqada resurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholashda quyi samaradorlik (0,00–0,19): Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on va Bandixon tumanlari; past samaradorlik (0,20–0,39): Sherobod, Angor, Muzrabot, Uzun va Qiziriq tumanlari; o‘rtacha samaradorlik (0,40–0,59); iqtisodiy barqaror samaradorlik (0,60–0,79): Termiz shahri, Termiz, Boysun, Oltinsoy va Denov tumanlari bo‘yicha indikatorlar tizimi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar, tendensiyalar, soha va tarmoqlar, o‘sish nuqtalarini ustuvorligini ta’minlovchi resurs salohiyatidan samarali foydalanishning integrallashgan modeli taklif etilgan;
mintaqaning moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashda SMART markazi (MRSFSO‘SM) elektron platformasining tizimli modeli taklif etilgan;
Surxondaryo viloyati uchun ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida resurs salohiyatini barqaror rivojlanish 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda resurs salohiyatidan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada resurs salohiyatidan samarali foydalanishda resurslarning faqat mavjudligi va iste’mol hajmi bilan cheklanmasdan, ularning iqtisodiy tizimga qo‘shadigan qiymati, transformasiya imkoniyati, innovatsion salohiyati, ekologik barqarorlik va ijtimoiy samaradorligini hisobga oluvchi tarkibiy blok-sxemasi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligining 2022-yil 31-maydagi “2022–2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 341-8-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 15-maudagi 02-02/906-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatida hududiy iqtisodiy rivojlanishning samarali strategiyalari ishlab chiqilib, resurs salohiyatidan oqilona foydalanish asosida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha aniq amaliy tavsiyalar va ko‘rsatkichlar shakllantirilgan;
mintaqada resurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholashda quyi samaradorlik (0,00–0,19): Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on va Bandixon tumanlari; past samaradorlik (0,20–0,39): Sherobod, Angor, Muzrabot, Uzun va Qiziriq tumanlari; o‘rtacha samaradorlik (0,40–0,59); iqtisodiy barqaror samaradorlik (0,60–0,79): Termiz shahri, Termiz, Boysun, Oltinsoy va Denov tumanlari bo‘yicha indikatorlar tizimi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 15-maudagi 02-02/906-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada resurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholash indikatorlari asosida hududlar samaradorlik shkalalari bo‘yicha aniq guruhlarga ajratilib, barqaror rivojlanish strategiyalarini shakllantirish va hududlararo resurs taqsimotini optimallashtirish uchun ilmiy asos yaratilgan;
mintaqa iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar, tendensiyalar, soha va tarmoqlar, o‘sish nuqtalarini ustuvorligini ta’minlovchi resurs salohiyatidan samarali foydalanishning integrallashgan modeli Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 30-iyuldagi “Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini oshirish hamda sanoat korxonalari bilan ishlashning monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 552-8-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 15-maudagi 02-02/906-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatining 2024-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi doirasida 6,2 trln so‘mlik 416 ta investisiya loyihasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan;
mintaqaning moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashda SMART markazi (MRSFSO‘SM) elektron platformasining tizimli modeli Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 30-iyuldagi “Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini oshirish hamda sanoat korxonalari bilan ishlashning monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 552-8-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 15-maudagi 02-02/906-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini oshirish va sanoat korxonalari bilan ishlash monitoringini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda yangi metodika va resurslardan foydalanish samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari amaliy asos sifatida qo‘llanilgan, bu esa hududda barqaror iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini rejalashtirish va amalga oshirish imkonini yaratgan;
Surxondaryo viloyati uchun ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida resurs salohiyatini barqaror rivojlanish 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2026-yil 15-maudagi 02-02/906-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilga kelib Surxondaryo viloyati YaHM hajmi 1,5 barobarga, investisiyalar hajmi 2 barobarga oshishi prognoz qilinib, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish dasturlarini oldindan aniqlash va samarali rejalashtirish imkoniyati yaratilgan.