Turdiev Shaxriddin Erxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining ipotekali kreditlash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tashkent International universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Sultonmurodov Bobir Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ismailov Dilshod Anvarjonovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarining ipotekali kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipoteka kreditlari bo‘yicha axborotlarning turlichaligini (asimmetriyasini) kamaytirishda mijozning moliyaviy intizomi, to‘lov odati, tranzaksiya faolligi va kredit tarixini baholovchi «Mortgage Behaviour Score (MBS)» mezoni ishlab chiqilgan va uni «past riskli» – 80 ≤ MBS ≤ 100, «o‘rta riskli» – 65 ≤ MBS < 80, «riskli holat» – 50 ≤ MBS < 65 va «yuqori riskli» – 0 ≤ MBS < 50 sifatida baholash taklif etilgan;
kam ta’minlangan aholi qatlamlariga berilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha risklarni kamaytirishda garov ob’ektining likvidliligini uy-joyning ta’mir holati, joylashuvi, qurilish materiali va bozorda sotilish davriyligi kabi omillar asosida ballashtirish va likvidlilik koeffisienti orqali garov qiymatini qayta hisoblash taklif etilgan;
subsidiya hajmining kamida 40%ini ikkilamchi bozor ipotekasiga yo‘naltirish, ipoteka mezonlarini birlamchi bozorda PTI≤40 va LTV≤80 sifatida, ikkilamchi bozorda PTI≤30 va LTV≤70 darajasida belgilash hamda uy-joy inflyasiyasini nazorat qilish uchun subsidiya va bozor narxi o‘rtasidagi munosabatni real vaqtda kuzatish orqali subsidiyalash tizimini qayta shakllantirish asoslangan; 
ipoteka subsidiyalarini makroiqtisodiy siklga mos ravishda kalibrlashda inflyasiya yillik 8%dan oshganda va uy-joy narxi bir yilda 10%dan o‘sganda subsidiya hajmini qisqartirish, aksincha inflyasiya pasayganda va uy-joy narxi barqarorlashganda egiluvchan ipoteka subsidiya siyosatini yuritish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida ipotekali kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ipoteka kreditlari bo‘yicha axborotlarning turlichaligini (asimmetriyasini) kamaytirish maqsadida mijozning moliyaviy intizomi, to‘lov odati, tranzaksiya faolligi va kredit tarixini baholovchi «Mortgage Behaviour Score (MBS)» ko‘rsatkichi ishlab chiqilgan va uni «past riskli» – 80 ≤ MBS ≤ 100, «o‘rta riskli» – 65 ≤ MBS < 80, «riskli holat» – 50 ≤ MBS < 65 va «yuqori riskli» – 0 ≤ MBS < 50 sifatida baholash taklifi chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2026-2030 yillarda «Ipoteka kreditlarini barqaror rivojlantirish» dasturiga hamda AT «Aloqabank»ning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga kiritilgan (ChEKI «Hamkorbank» ATBning 2025-yil 12-dekabrdagi 3556/13-1901-sonli hamda AT «Aloqabank»ning 2025-yil 11-dekabrdagi 05-04/6236-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ipoteka kreditlari bo‘yicha muammoli kreditlar darajasi 18%gacha qisqargan, yuqori riskli ipoteka qarzlari bo‘yicha risklar oldindan aniqlangan, past riskli mijozlarga engillashtirilgan shartlar joriy etilgan, hamda davlat subsidiyalari manzilli taqsimlangan;
kam ta’minlangan aholi qatlamlariga berilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha risklarni kamaytirish maqsadida garov ob’ektining likvidliligini uy-joyning ta’mir holati, joylashuvi, qurilish materiali va bozorda sotilish davriyligi kabi omillar asosida ballashtirish va likvidlilik koeffisienti orqali garov qiymatini qayta hisoblash taklifi chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2026-2030-yillarda «Ipoteka kreditlarini barqaror rivojlantirish» dasturiga hamda AT «Aloqabank»ning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga kiritilgan (ChEKI «Hamkorbank» ATBning 2025-yil 12-dekabrdagi 3556/13-1901-sonli hamda AT «Aloqabank»ning 2025-yil 11-dekabrdagi 05-04/6236-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ipoteka kreditlari portfelidagi yuqori riskli kreditlar ulushi 34 %gacha kamaygan, garov qiymati sun’iy ravishda yuqori baholanishining oldi olingan, hamda joylashuvi noqulay, ta’mir talab va likvidligi past uylar garov sifatida real baholangani uchun banklar kredit hajmini aniq risk darajasiga mos holda belgilash amaliyoti hisobiga NPL darajasi 3,8 %gacha pasaygan;
subsidiya hajmining kamida 40%ini ikkilamchi bozor ipotekasiga yo‘naltirish, ipoteka mezonlarini birlamchi bozorda (Payment-to-Income) PTI≤40 va LTV≤80 sifatida, ikkilamchi bozorda PTI ≤ 30 va LTV ≤ 70 darajasida belgilash hamda uy-joy inflyasiyasini nazorat qilish uchun subsidiya va bozor narxi o‘rtasidagi munosabatni real vaqtda kuzatish orqali subsidiyalash tizimini qayta shakllantirish taklifi chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2026-2030-yillarda «Ipoteka kreditlarini barqaror rivojlantirish» dasturiga hamda AT «Aloqabank»ning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga kiritilgan (ChEKI «Hamkorbank» ATBning 2025-yil 12-dekabrdagi 3556/13-1901-sonli hamda AT «Aloqabank»ning 2025-yil 11-dekabrdagi 05-04/6236-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ipoteka subsidiyalari-ning 32% ikkilamchi bozorga yo‘naltirilgan hamda ipoteka kreditiga sotilayotgan uy-joy narxlarining tez va sun’iy o‘sishi cheklanishi hisobiga subsidiyali ipoteka kreditlari hajmi 21%ga ko‘paygan va bu bozorda raqobat va barqarorlik oshishiga, subsidiyalar orqali «asossiz qurilish bumi» yuzaga kelishi xavfining kamayishiga, bank ipoteka portfelida risk balansini saqlash imkonini yaratgan;
ipoteka subsidiyalarini makroiqtisodiy siklga mos ravishda kalibrlash maqsadida inflyasiya yillik 8 %dan oshganda va uy-joy narxi bir yilda 10 %dan ziyod o‘sganda subsidiya hajmini qisqartirish, aksincha inflyasiya pasayganda va uy-joy narxi barqarorlashganda egiluvchan ipoteka subsidiya siyosatini yuritish taklifi chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2026-2030-yillarda «Ipoteka kreditlarini barqaror rivojlantirish» dasturiga hamda AT «Aloqabank»ning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasiga kiritilgan (ChEKI «Hamkorbank» ATBning 2025-yil 12-dekabrdagi 3556/13-1901-sonli hamda AT «Aloqabank»ning 2025-yil 11-dekabrdagi 05-04/6236-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, uy-joy narxining ortiqcha o‘sish sur’ati 22%ga pasaygan, bozor «qizishi» xavfi 30–45%ga kamaygan va ipoteka talabining barqaror rivojlanishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish