Dusanov Doniyor Urazboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tashkent International universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Toshpulatov Davron Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Tojiev Raxmatilla Raxmonovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank tizimini muammoli kreditlardan himoya qilish va aholining qarz yukini barqaror darajada ushlab turish maqsadida mijozga bog‘langan LTV ≤ 80%, DSTI ≤ 40%, LTI ≤ 5, DTI ≤ 50% makroprudensial cheklovlar kiritish taklif etilgan;
tijorat banklarining balanslarida uzoq muddat davomida saqlanayotgan muammoli kreditlar va ularga tegishli garovlarni markazlashgan tartibda boshqarish maqsadida «Muammoli aktivlar bilan ishlash platformasi»ni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tijorat banklari uchun minimal talablarni belgilaydigan, sektor va mijoz segmentlari kesimida cheklovlar va mezonlar tizimini o‘z ichiga oluvchi yagona «kredit siyosatlari kodeksi»ni ishlab chiqish taklif etilgan;
kreditlarni berish va boshqarishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun bonus va moddiy rag‘batlantirish tizimi faqat kredit hajmiga emas, balki kreditning butun muddat davomidagi sifati, muammoli kreditga aylanmasligi, restrukturizatsiyasiz qaytarilishi kabi ko‘rsatkichlar bilan bog‘lash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank tizimini muammoli kreditlardan himoya qilish va aholining qarz yukini barqaror darajada ushlab turish maqsadida mijozga bog‘langan LTV ≤ 80%, DSTI ≤ 40%, LTI ≤ 5, DTI ≤ 50% makroprudensial cheklovlar kiritish taklifi ChEKI «Hamkorbank» ATBni 2026-2028-yillarda rivojlanish strategiyasiga hamda «Aloqabank»ning 2025-yil «Kredit siyosatiga» kiritilgan (ChEKI «Hamkorbank» ATBning 2025-yil 12 dekabrdagi 3557/13-1901-sonli hamda AT «Aloqabank»ning 2025-yil 11-dekabrdagi 05-04/6235-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, jismoniy shaxslarning bankdagi muddati o‘tgan qarzdorligini samarali undirish mexanizmi yaratilgan va jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorlik hajmi 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 40,6 foizga kamaygan;
tijorat banklarining balanslarida uzoq muddat davomida saqlanayotgan muammoli kreditlar va ularga tegishli garovlarni markazlashgan tartibda boshqarish maqsadida «Muammoli aktivlar bilan ishlash platformasi»ni tashkil etish taklifi ChEKI «Hamkorbank» ATBni 2026-2028-yillarda rivojlanish strategiyasiga hamda «Aloqabank»ning 2025-yil «Kredit siyosatiga» kiritilgan (ChEKI «Hamkorbank» ATBning 2025-yil 12-dekabrdagi 3557/13-1901-sonli hamda AT «Aloqabank»ning 2025-yil 11-dekabrdagi 05-04/6235-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, bank balansini sog‘lomlashtirish, kapital etarliligini saqlash va yangi kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga bank balansidagi muammoli kreditlar ulushi 74,6 foizga kamaygan;
tijorat banklari uchun minimal talablarni belgilaydigan, sektor va mijoz segmentlari kesimida cheklovlar va mezonlar tizimini o‘z ichiga oluvchi yagona «kredit siyosatlari kodeksi»ni ishlab chiqish taklifi ChEKI «Hamkorbank» ATBni 2026-2028-yillarda rivojlanish strategiyasiga hamda «Aloqabank»ning 2025-yil «Kredit siyosatiga» kiritilgan (ChEKI «Hamkorbank» ATBning 2025-yil 12-dekabrdagi 3557/13-1901-sonli hamda AT «Aloqabank»ning 2025-yil 11-dekabrdagi 05-04/6235-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, katta riskka ega loyihalarga nisbatan chegaralangan siyosat, hujjatlashtirish standartlari va to‘liq «mijoz-biznes» tartiblari ta’minlangan va muammoli kreditlar to‘planishi 65,8 foizga kamaygan;
kreditlarni berish va boshqarishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun bonus va moddiy rag‘batlantirish tizimi faqat kredit hajmiga emas, balki kreditning butun muddat davomidagi sifati, muammoli kreditga aylanmasligi, restrukturizatsiyasiz qaytarilishi kabi ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanishi taklifi ChEKI «Hamkorbank» ATBni 2026-2028-yillarda rivojlanish strategiyasiga hamda «Aloqabank»ning 2025-yil «Kredit siyosatiga» kiritilgan (ChEKI «Hamkorbank» ATBning 2025-yil 12-dekabrdagi 3557/13-1901-sonli hamda AT «Aloqabank»ning 2025-yil 11-dekabrdagi 05-04/6235-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, kadrlar xulq-atvori ehtiyotkorlikka yo‘naltirilgan va muammoli kreditlar shakllanishi 83,1 foizga kamaygan.