G‘ofurov Javohir Jaxongir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston banklarida sindikatlashtirilgan kreditlarni rivojlantirish masalalari”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2197
Ilmiy rahbar: Dodiev Fozil Utkurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.29.02.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan sindikatlashtirilgan kreditlarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda sindikatlashtirilgan kreditlashni rivojlantirishda xorijiy ishtirokchilarni jalb qilish uchun kredit shartnomalarini xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan Loan Market Association (LMA), Loan Syndications and Trading Association (LSTA) kabi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan andozalar asosida tuzish taklif etilgan;
tadqiqotda O‘zbekistonda sindikatlashtirilgan kreditlar amaliyotiga nisbatan SWOT tahlili o‘tkazilib, uning asosida TOWS strategiyalari ishlab chiqildi, ESG tamoyillarini joriy etish, mahalliy valyutada kreditlash, kadrlar malakasini oshirish, ikkilamchi bozorni shakllantirish va raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilishning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan;
sindikatlashtirilgan kreditlash jarayonida kredit, likvidlilik, valyuta va foiz risklarini boshqarish uchun xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan samarali mexanizmlar – sek`yuritizatsiya, stress-test, limitlar tizimi va risk hisobotini milliy amaliyotga joriy qilish zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan;
kadrlar salohiyati va malakasining etarli emasligi sindikatlashtirish amaliyotning mustaqil rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgani ko‘rsatib berildi. Ushbu muammoni hal qilish uchun LMA Training, CFA va FRM kabi xalqaro kurslarni joriy qilish, mahalliy universitetlarda malaka oshirish markazlari tashkil etish va xalqaro tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston banklarida sindikatlashtirilgan kreditlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda sindikatlashtirilgan kreditlashni rivojlantirishda xorijiy ishtirokchilarni jalb qilish uchun kredit shartnomalarini xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan Loan Market Association (LMA) hamda Loan Syndications and Trading Association (LSTA) kabi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan andozalar asosida tuzish taklifi AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan(AT Aloqabankning 2025 yil 24 iyundagi 19-04/2850-sonli ma’lumotnomasi, AITB Ipak Yo‘li Bankining 2025 yil 5 dekabrdagi 23/11317-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AT “Aloqabank” tomonidan tuziladigan sindikatlashtirilgan kredit shartnomalari xalqaro standartlarga to‘liq javob berishiga erishilgan;
SWOT tahlili orqali O‘zbekistonda sindikatlashtirilgan kreditlar amaliyotining kuchli va zaif jihatlari, imkoniyat va tahdidlari tizimli o‘rganilib, uni takomillashtirish taklifi AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy etildi (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 24 iyundagi 19-04/2850-sonli ma’lumotnomasi, AITB Ipak Yo‘li Bankining 2025 yil 5 dekabrdagi 23/11317-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ESG tamoyillarini joriy etish, mahalliy valyutada kreditlash, kadrlar malakasini xalqaro kurslar orqali oshirish, ikkilamchi bozorni yo‘lga qo‘yish va raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi ustuvor strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish zarurligi ilmiy jihatdan asoslandi;
sindikatlashtirilgan kreditlash jarayonida kredit, likvidlilik, valyuta va foiz risklarini boshqarish uchun xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan samarali mexanizmlar – sek`yuritizatsiya, stress-test, limitlar tizimi va risk hisobotini milliy amaliyotga joriy etish taklifi. AT “Aloqabank”da stress-testlash usullari joriy qilindi, kredit portfeli bo‘yicha limitlar tizimi qayta ko‘rib chiqildi va risk hisobotini xalqaro mezonlarga muvofiq shakllantirish choralari ko‘rildi (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 24 iyundagi 19-04/2850-sonli ma’lumotnomasi, AITB Ipak Yo‘li Bankining 2025 yil 5 dekabrdagi 23/11317-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qo‘llanilishi natijasida bankning risklarni baholash va boshqarish imkoniyatlari jiddiy yaxshilandi, kredit portfeli barqarorligi oshdi, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik imkoniyatlari kengaydi;
kadrlar salohiyati va malakasining etarli emasligi amaliyotning mustaqil rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgani asoslandi, ushbu muammoni hal qilish uchun LMA Training, CFA va FRM kabi xalqaro kurslarni joriy qilish, mahalliy universitetlarda malaka oshirish markazlarini tashkil etish va xalqaro tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklifi AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy etildi (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 24 iyundagi 19-04/2850-sonli ma’lumotnomasi, AITB Ipak Yo‘li Bankining 2025 yil 5 dekabrdagi 23/11317-sonli ma’lumotnomasi). Natijada LMA shartnomalari va xalqaro risk-menejment standartlari bo‘yicha o‘quv modullarini joriy qilish, CFA va FRM kurslari bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganish ishlari boshlandi. Ushbu tashabbus kelgusida bank mutaxassislarining malakasini oshirish, xorijiy konsalting kompaniyalariga bo‘lgan bog‘liqlikni qisqartirish va sindikatlashtirilgan kreditlar amaliyotining barqaror rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.