Israilova Xikoyat Musakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada meva-sabzavotchilikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari (Farg‘ona viloyati misolida)”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4342
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Egamberdiev Komron Farmonqul o‘g‘li iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, DSc.08/2025.27.12.I.07.02
Rasmiy opponentlar: Sultonov Bahodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Resublikasi mintaqalarida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavotchilik tarmog‘ida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish nuqtai nazaridan ixtisoslashuv koeffisientini kompleks baholash uslubiyoti takomillashtirilgan hamda uning eksport talabini hisobga oluvchi “past” (0-0,2), “o‘rta” (0,2-0,4), “yuqori” (0,4-0,6), “juda chuqurlashgan” (0,6-0,8), va “keng doirada ixtisoslashgan” (0,8-1,0) me’zonlari ishlab chiqilgan;
meva-sabzavotchilik qiymat zanjirida ishlab chiqarish–tayyorlash–qayta ishlash–eksport bosqichlari o‘rtasidagi iqtisodiy uzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan barqaror shartnomaviy bog‘lanish (long-term contracting mechanism), axborot almashinuvining tizimli muvofiqlashuvi (integrated information flow model) hamda tashqi bozor talablariga mos ixtisoslashuv (market-oriented specialization approach)ni bir vaqtning o‘zida ta’minlash orqali qiymat zanjiri samaradorligini oshirish takliflari asoslangan;  
davlat imtiyozlaridan samarali foydalanish asosida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasiga nisbatan past foizda va imtiyozli davrli bir yillik kreditlar hamda qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun “revolver” kreditlar berish tizimini joriy etish orqali tarmoqning moliyaviy ta’minotini takomillashtirish yo‘llari asoslangan;  
Farg‘ona viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni ko‘p omilli bog‘lanishlar asosida modellashtirilgan va ishlab chiqarish hajmining 2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya ishining ilmiy takliflari va amaliy tavsiyalari asosida quyidagilar joriy etildi:
meva-sabzavotchilik tarmog‘ida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish nuqtai nazaridan ixtisoslashuv koeffisientini kompleks baholash uslubiyoti takomillashtirilgan hamda uning eksport talabini hisobga oluvchi “past” (0-0,2), “o‘rta” (0,2-0,4), “yuqori” (0,4-0,6), “juda chuqurlashgan” (0,6-0,8), va “keng doirada ixtisoslashgan” (0,8-1,0) me’zonlari ishlab chiqilgan. 
Ushbu uslubiyotni joriy etish bo‘yicha taklif Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali o‘quv-uslubiy va ilmiy texnik Kengashi qarori (2025-yil 27-uapvar 5-sonli Bayonnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, xususan vazirlik tarkibidagi Statistik tahlil va prognozlashtirish bo‘limi tomonidan Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2026-yi1 13-fevra1 06126-2-1 0-05/19-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2026-yilda qabul qilingan yo‘l xaritasiga kiritildi hamda Quva tumani kesimida meva-sabzavotchilik tarmog‘ining hudud agrosanoat salohiyatini hisobga olgan holda amaliyotga joriy etildi (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2026-yil 16-yanvar 03/61-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Farg'ona viloyati tumanlari kesimida meva-sabzavotchilik tarmog‘ining hududning agrosanoat salohiyatini hisobga olgan holda eksport talabiga mos “past” daraja uchun (0-0,2), “o‘rta” daraja uchun (0,2-0,4), “yuqori” daraja uchun (0,4-0,b), “juda chuqurlashgan” daraja uchun (0,6-0,8), va “keng doirada ixtisoslashgan” daraja uchun (0,8- 1,0) ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
meva-sabzavotchilik qiymat zanjirida ishlab chiqarish-tayyorlash-qayta ishlash-eksport bosqichlari o‘rtasidagi iqtisodiy uzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan barqaror shartnomaviy bog‘lanish (long-term contracting mechanism), axborot almashinuvining tizimli muvofiqlashuvi (integrated information flow model) hamda tashqi bozor talablariga mos ixtisoslashuv (market-oriented specialization approach)ni bir vaqtning o‘zida ta’minlash orqali qiymat zanjiri samaradorligini oshirish takliflari asoslangan; 
 Ushbu taklif taklif Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda hamda Farg‘opa viloyati qshloq xo‘jaligi tizim tashkilotlarida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2026-yi1 13-fevra1 06126-2-1 0-05/19-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2026-yildagi yo‘l xaritasiga kiritildi va ushbu taklif amaliyotga joriy etish maqsadida Oltiariq tumani amaliyotiga yo‘naltirildi (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2026-yil 16-yanvar 03/61-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyati tumanlari kesimida meva-sabzavotchilik tarmog‘ining qiymat zanjiri samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslangan; 
davlat imtiyozlaridan samarali foydalanish asosida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasiga nisbatan past foizda va imtiyozli davrli bir yillik kreditlar hamda qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun “revolver” kreditlar berish tizimini joriy etish orqali tarmoqning moliyaviy ta’minotini takomillashtirish yo‘llari asoslangan;
Ushbu takif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘l1ab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 1a va b-kichik bandlarida o‘z tasdig‘ini topgan hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2026-yi1 13-fevra1 06126-2-1 0-05/19-son ma’lumotnomasi) tomonidan Farg‘opa viloyati qishloq xo‘jaligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan. Ushbu taklif Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2026-yildagi yo‘l xaritasiga kiritildi hamda Beshariq tumani kesimida amaliyotga joriy etish uchun tadbiq etildi (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2026-yil 16-yanvar 03/61-sonli ma’lumotnomasi). Revolver kreditlar joriy etilishi natijasida meva-sabzavotchilik zanjirida moliyaviy ta’minlanganlik darajasi o‘rtacha 20-30 foizga yaxshilangan;
Farg‘opa viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni ko‘p omilli bog‘lanishlar asosida modellashtirilgan va ishlab chiqarish hajmining 2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Ushbu taklif Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik tarkibidagi Agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish va moliyalashtirish departamenti tomonidan Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2026-yi1 13-fevra1 06126-2-1 0-05/19-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2030-yilga kelib 1814,6 ming tonnadan 2057,Z ming tonnagacha o‘sishi yoxud ishlab chiqarish hajmining 242,7 ming tonnaga, yoki taxminan 13,4 foizga oshishi rrogpoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish