Ismoyilov Azamat Isroyilovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida kooperatsiya munosabatlari va uning iqtisodiy tahlili (fermer xo‘jaliklari misolida)”, 08.00.04 - “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3425.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, DSc.08/2025.27.12.I.07.02.
Rasmiy opponentlar: Farxod Axrorov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Oripov Maxmud Ashurovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini iqtisodiy baholash va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kartoshka ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklarining kooperatsiyaga kirishishga moyillik darajasini past (0≤0,36), o‘rta (0,37≤0,57) va yuqori (0,58≤1) mezonlar asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
kartoshkachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida norasmiy kooperatsiya munosabatlariga bo‘lgan moyillik erni tayyorlash (+19.9%), ekish (+17.6%), yig‘im-terim (+22.7%) hamda iqlim o‘zgarshi ta’siri (+14.4%) kabi omillar bilan bog‘liqligi “LOGIT” modeli yordamida asoslangan; 
davlat imtiyozli dasturlari asosida kartoshkachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining norasmiy kooperatsiyadan rasmiy kooperatsiyaga bosqichma-bosqich o‘tishini rag‘batlantiruvchi hamkorlik mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasi asoslangan;
Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklarida o‘zaro hamkorlik munosabatlari rivojlanishi hisobga olingan holda kartoshka ishlab chiqarish dinamikasining 2032-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini iqtisodiy baholash va uni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy natijalar asosida:
kartoshka ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklarining o‘zaro kooperatsiyaga kirishish munosabatlarini baholovchi ko‘rsatkichlar me’zonlari ishlab chiqilgan. Ushbu yangilik bo‘yicha taklif Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab qiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida amaliyotga joriy etilgan (2026-yil 2-fevral) hamda O‘zbekston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 06/26-2-10-05/17-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi kartoshka ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklarining past (0≤0,36), o‘rta (0,37≤0,57) va yuqori (0,58≤1) mezonlari asosida kooperatsiyaga ishtirok etish salohiyatini aniq baholash imkoni ilmiy asoslangan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi subektlar o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya munosabatlariga moyillikni asoslash, sektorda kompleks integrasion jarayonlarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 06/26-2-10-05/17-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik bo‘yicha taklif Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab qiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida amaliyotga joriy etilgan (2026-yil 2-fevral). Natijada Samarqand viloyatining uchta tumani Toyloq, Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida er tayyorlash, ekish,  yig‘im-terim, iqlim o‘zgarishi kabi omillarning 1 birlikka oshishi fermer xo‘jaliklarining kooperatsiya munosabatlariga kirishish moyilligini o‘rtacha 18,7 foizga oshirishi asoslagan;
davlat tomonidan amalga oshirilayotgan imtiyozli dasturlar doirasida kartoshkachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining norasmiy kooperatsiyadan rasmiy kooperatsiya shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishini rag‘batlantiruvchi hamkorlik mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasi ilmiy asoslanib, amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif etilgan. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi 3-moddasida o‘z tasdig‘ini topgan hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 06/26-2-10-05/17-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik bo‘yicha taklif Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab qiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida amaliyotga joriy etilgan (2026-yil 2-fevral).  Natijada, Kooperasiya munosabatlariga kirgan fermer xo‘jaliklarida kooperatsiya munosabatlariga kirmaganlarga qaraganda kartoshka hosildorligi o‘rtacha 2-3 tonna yuqoriligi aniqlandi;
Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklarida o‘zaro hamkorlik munosabatlarining rivojlanish tendensiyalari hisobga olingan holda, kartoshka hosildorligining 2032-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Ushbu taklif Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik tarkibidagi “Agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish va moliyalashtirish departamenti” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 06/26-2-10-05/17-son ma’lumotnomasi). Toyloq tumani hokimligining 2026-yil 1-martdagi kartoshka etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari kooperatsiya munosabatlarini shakillantirishni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi asosida fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan. Natijada, Samarqand viloyatida kartoshkachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarda 2032-yilga kelib 316,1 s/ga dan 359,9 s/ga o‘sishi yoki 43,8 foizdan, aksincha 13,9 foizga oshishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish