Dusanov Salim Mamarasulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim tizimida moliyaviy resurslar samaradorligini baholash uslubiyatini takomillashtirish», 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt751.
Ilmiy rahbar: Tuxliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Buzrukxanov Sarvarxon Munavarxanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turaev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahari filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim tizimida moliyaviy resurslar samaradorligini baholash uslubiyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishni moliyalashtirish uchun loyiha tashabbuskorlariga hududiy xususiyatlar hamda investision risklar darajasini inobatga olgan holda 10 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavkada tabaqalashtirilgan kreditlashni joriy etish orqali moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashda qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilgan o‘rtacha birja narxidan kamida 20 foiz past bo‘lgan takliflar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish amaliyotini joriy etish uslubiyati byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish vositasi sifatida asoslangan;
ta’lim tizimiga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini baholash uslubiyati har bir birlik sarflangan mablag‘ning bandlik, malaka va ta’lim sifatiga ta’sirini aks ettiruvchi kasbiy ta’lim natijalari hamda mehnat bozori ko‘rsatkichlarining uzviy bog‘langan maqsadli indikatorlar tizimini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar toifasiga qarab shakllantirilgan “Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi” mablag‘larini byudjet va byudjetdan tashqari xarajatlar smetasida alohida xarajat moddasi sifatida oylar hamda choraklar kesimida rejalashtirish orqali mablag‘lardan tartibli va maqsadli foydalanish samaradorligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishni tartibga solish maqsadida 41 11 230-modda xarajatlari doirasida boshqa toifadagi xodimlar ish haqiga nisbatan ustama miqdorini eng yuqori 400 foizdan oshmaslik chegarasi bilan belgilash orqali moddiy rag‘batlantirishda mutanosiblik va moliyaviy intizomni ta’minlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim tizimida moliyaviy resurslar samaradorligini baholash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishni moliyalashtirish uchun loyiha tashabbuskorlariga hududiy xususiyatlar hamda investision risklar darajasini inobatga olgan holda 10 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavkada kredit ajratishning tabaqalashtirilgan kreditlash uslubiyati taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 sentyabrdagi PQ-316-son “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 20 noyabrdagi 05-40-7929-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchi maktabgacha ta’lim tashkilotining qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi hamda maktabgacha ta’limga qamrov darajasining oshish imkoni yaratilgan;
maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashda qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilgan o‘rtacha birja narxidan kamida 20 foiz past bo‘lgan takliflar asosida tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 fevraldagi PQ-65-son “Maktabgacha va umumiy ta’lim sohasi ob’ektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025 yil 20 noyabrdagi 05-40-7929-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat resurslarini tejash va ta’lim muassasalarini tizimli ravishda modernizatsiyalash imkonini bergan;
professional ta’lim tizimiga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim natijalari hamda mehnat bozori ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘langan maqsadli indikatorlar tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 29 dekabrdagi PQ-422-son “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 02/17-4488-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidagi mablag‘lari bo‘yicha rag‘batlantirish fondining alohida hisobini yuritish va byudjetdan tashqari mablag‘lar samaradorligiga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar toifasiga qarab shakllantirilgan “Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi” mablag‘larini byudjet va byudjetdan tashqari xarajatlar smetasida alohida xarajat moddasi sifatida oylar hamda choraklar kesimida rejalashtirish mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 12 iyundagi 362-son “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 02/17-4488-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larining alohida hisobini yuritish va byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘larning sarflanishida samaradorlikka erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishni tartibga solish maqsadida 41 11 230-modda xarajatlari doirasida boshqa toifadagi xodimlar ish haqiga nisbatan ustama miqdorini eng yuqori 400 foizdan oshmaslik chegarasi bilan belgilash mexanizmi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 12 iyundagi 517-son “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 24 oktyabrdagi 02/17-4488-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidagi mablag‘lari bo‘yicha rag‘batlantirish fondining alohida hisobini yuritish va byudjetdan tashqari mablag‘lar samaradorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish