Kabulova Zamira Adilbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida an’ana hamda shakliy-uslubiy izlanishlar», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil709.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori; Yakubov Islomjon, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va qoraqalpoq she’riyati poetik taraqqiyotining umumiy va xususiy belgilarini, unda shakliy-uslubiy izlanishlar tiplarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va qoraqalpoq zamonaviy she’riyatida fol`klor, mumtoz nazm, Sharqu G‘arb lirik an’analari sintezi dalillangan;
mavzu, janr, motiv, obraz, ifoda uslubi, lingvistik tasvir vositalari, badiiy ko‘chimlarni yangicha qo‘llash ko‘rinishlari o‘zbek va qoraqalpoq she’riyati orqali aniqlangan;
hozirgi o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatida janrlar badiiy strukturasi, mazmun mundarijasi, obrazlar tarkibi, lirik qahramon pafosiyu ruhiy kechinmalari talqinida ijodkor mahoratining ahamiyati asoslangan;
o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi shakliy-uslubiy yangilanishlarga ijodkor tili, dunyoqarashi, milliy e’tiqodi ta’siri yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi asosiy tamoyillar, xususan, shakliy-uslubiy izlanishlarning o‘ziga xosligi borasida olingan ilmiy natijalar hamda takliflar asosida:
o‘zbek va qoraqalpoq she’riyati poetik taraqqiyotning omillariga oid materiallar, tahliliy xulosalardan FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada lirik janr poetikasiga oid masalalarni yoritishda, o‘ziga xosligini o‘rganishga doir tadqiqotlarni yaratishda muhim nazariy-amaliy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 24 oktyabrdagi 17.01/151-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq she’riyatidagi ayrim janrlarning shakliy yangilanishida qoraqalpoq fol`klori, mumtoz adabiyoti janrlarining ta’siri dalillangan;
o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi asosiy mavzu-mundarijaning yuzaga kelish omillarini o‘rganish, lirikadagi kechinma tabiati, obrazlarni tavsiflash, poetik matrisa, metafora, tashbehlar yaxlitligi munosabatini yoritish bilan bog‘liq xulosalardan Berdaq nomidagi Milliy muzeyda ko‘rgazma va ekskurs, sayyor darslar o‘tishda hamda ilmiy-nazariy anjumanlarda talabalarga ma’ruza shaklida targ‘ib qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 16 sentyabrdagi 2-04/1800-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatining taraqqiyot tamoyillari xususidagi xulosalarni amaliyotga tatbiq etishda manba vazifasini bajargan;
o‘zbek va qoraqalpoq she’riyatidagi poetik yangilanishlar zamirida yuzaga kelgan shakliy-uslubiy izlanishlar taraqqiyotiga doir xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 4415-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar hamda radioeshituvchilarning she’riyatga bo‘lgan tasavvurlarini boyitishda, kitobxonlarning she’riyat mutolaasiga qiziqishlarini orttirishda, shuningdek, tadqiqot xulosalarini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish