Aloydinov Muhammadjon G‘ayrat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tuksizlantirish mashinalarida chigitning bir tekis tushishini ta’minlovchi dozator konstruksiyasini ishlab chiqish va uning texnologik samaradorligini oshirish” 05.02.03 –Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va rabototexnika tizimlari 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6626
Ilmiy raxbar: : R.K.Djamolov texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.08/2025.27.12.T.14.01    
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti “PQIM va TD” labaratoriya mudiri, t.f.d., prof D.M.Muhammadiev; “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” laboratoriya mudiri,  texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori L.A. Djunaeva;
Yetakchi tashkilot: Ozbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqt instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: 1LB kolosniksiz linter mashinasida chigitning ishchi kameraga bir tekisda, uzlyuksiz sochilgan xolda tushishini ta’minlovchi dozator-tebranuvchi ta’minlash tizimining konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1LB rusumli kolosniksiz linter uchun dozalovchi baraban va titrovchi taroqli tarnovdan iborat ta’minlash tizimining yangi konstruksiyasi  ishlab chiqilgan; 
tukli chigitlarni parrakli baraban orqali uzatish jarayoni uchun baraban burchak tezligi, parraklar balandligi va oqim sarfi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi matematik model ishlab chiqilib, tukli chigit oqimining uzlyuksiz va bir tekis harakatini ta’minlovchi rasional parametrlari nazariy asoslangan;
taroqsimon tebranuvchi qiya tarnovning sirtida tukli chigit oqimini harakatini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqilib, prujina bikrligi va taroqlar orasidagi masofani chigitlarning siljish traektoriyasiga va taroq oraliqlaridan o‘tish jarayoniga ta’sir qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
tukli urug‘lik chigitlarni sochilgan xolda uzatish jarayonida taroqsimon titrovchi tarnovning tebranish parametrlari hamda konstruktiv o‘lchamlari  o‘rtasidagi funksional bog‘lanishlar aniqlanib, bunda tebranish amplitudasi 3,7 mm va chastotasi 9,3 Hz bo‘lishda, taroqlar oraliq masofasining 24 mm da chigitlarning to‘planmasdan harakatlanishi va ishchi kamerada bir tekis taqsimlanishi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta chigitini ikki bosqichli tuksizlantirish jarayonini samaradorligini oshirish va chigitning mexanik shikastlanishini kamayishini ta'minlovchi 1LB mashina konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
takomillashtirilgan chigit linterlash mashinasi Namangan viloyati, “EFFEKT NAMANGAN TA’MINOT SERVIS” MChJ ga qarashli Uychi urug‘lik chigit tayyorlash korxonasidagi urug‘lik chigitni tuksizlantirish tizimiga joriy etildi.  (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining №01/06-846 sonli ma'lumotnomasi). Natijada linterlash mashinasidagi takomillashtirilgan ta'minlash tizimi orqali chigitlarni tuksizlantirish kamerasiga titkilab va bir me'yorda uzatish hisobidan mashinada 4-5 % tukdorlikka ega chigitlarning ulushi 33,0 % ga oshdi, chigitlarga bo‘ladigan mexanik ta'siri kamayishidan ularning shikastlanishi 0,6 % ga kamaydi, tukdorlikning tekisligi saralash jarayoniga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatib, urug‘lik fraksiya ulushi 2,9 % ga oshdi va texnik fraksiyaga o‘tib ketish holatlari 2,3% ga kamaydi va tizimning ish unumdorligi 90 kg/soatga oshishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish