Xakimov Qaxramon Qodirovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompozit profillar qo‘llanilishi orqali faxverk tizimlarining konstruktiv samaradorligini oshirish”, 05.09.01- “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” (texnika fanlari bo‘yicha).
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tulaganov Baxrom Abdukabilovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.T.02.M
Rasmiy opponentlar: Negmatov Soyibjon Sodikovich – akademik, texnika fanlari doktori, professor, Xotamov Asadulla Toshtemirovich – texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbeksiton Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ushbu dissertatsiya ishining asosiy maqsadi qurilish sohasida polimer kompozit materiallarni qo‘llashning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish, ularning fizik-mexanik va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilish hamda turli yuklanish sharoitlarida, jumladan seysmik ta’sirlarda ishlash samaradorligini baholash orqali konstruksiyalarda qo‘llashning samarali usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
faxverk tizimlarida qo‘llaniladigan shisha tolali kompozit profillarning fizik-mexanik va deformatsion xossalari eksperimental tadqiqotlar asosida aniqlangan;
konstruktiv tizimlar uchun polimer kompozitlarning turli yo‘nalishlardagi mustahkamlik xossalariga strukturaviy tuzilishning ta’siri ilmiy asoslangan;
gazoblokli devor konstruksiyalarida kompozit burchak hamda I-simon profillarning mustahkamlik, deformatsiyalanish va davomli ishlash ko‘rsatkichlari zamonaviy kompyuter dasturlari asosida tadqiq qilingan va taqqoslangan;
polimer kompozit profillar qo‘llanilgan faxverk tizimlarining vibrodinamik va seysmik yuklanishlar ostidagi siljish, tezlanish va rezonans reaksiyalari laboratoriya sharoitida o‘rganilgan hamda ularning dinamik parametrlarini FFT spektral tahlili asosida aniqlangan;
olingan natijalar asosida qurilish amaliyoti uchun ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompozit profillar qo‘llanilishi orqali faxverk tizimlarining konstruktiv samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tadqiqot natijalari “MOUNTAIN VIEW VILLAGE” MChJ (01.06.2026 yildagi dalolatnomasi), “GC Mega Commercial” MChJ (04.05.2026 yildagi dalolatnomasi) hamda “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJlar (01.06.2026 yildagi dalolatnomasi) tomonidan turar-joy va jamoat binolarining ichki va tashqi devorlarini loyihalashda joriy etildi (O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasining 2026-yil 04-iyun 02/15-1455-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida konstruksiyalarning hisoblash aniqligi oshdi; konstruktiv echimlarning ishonchliligi ta’minlandi; konstruksiya massasining 38 % ga kamayishi hisobiga seysmik ta’sirlar pasaydi; montaj vaqtini 22 % qisqarishi hisobiga qurilish va ekspluatatsiya xarajatlarini 30 % qisqartirish imkoniyati yaratildi; umumiy iqtisodiy samaradorlik 18–25 % ni tashkil etdi.