Eshov Mansur Pulatovning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonaning fundamental qiymatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment va 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt37.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonaning fundamental qiymatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fundamental qiymatni aniqlash, oshirish va samarali boshqarish hamda moliyaviy barqarorlik, investision faollik va qiymatni maksimallashtirishni ta’minlovchi korxona fundamental qiymatini boshqarishning konseptual usuli takomillashtirilgan;
korxonalar bozor qiymatini an’anaviy moliyaviy va boshqaruv yondashuvlari bilan to‘ldirishga asoslangan fundamental qiymatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish asosida baholash usuli taklif etilgan;
fundamental qiymatni uch yo‘nalishda monitoring qilish orqali korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirishga qaratilgan boshqarish tizimi hamda uni joriy qilish bosqichi asoslangan;
rentabellik ko‘rsatkichlarining korxona fundamental qiymatiga ta’sirini aniqlash asosida korxonalar faoliyatini samarali boshqarish va istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi belgilangan;
korxona qiymatini boshqarishga ta’sir etuvchi omillar qiymatni harakatlantirish, o‘stirish, barqarorlik va raqobatbardoshlikni ta’minlash asosida uni asosiy strategiyalarini belgilovchi tasnifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonaning fundamental qiymatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fundamental qiymatni aniqlash, oshirish va samarali boshqarish hamda moliyaviy barqarorlik, investision faollik va qiymatni maksimallashtirishni ta’minlovchi korxona fundamental qiymatini boshqarishning konseptual usuli takomillashtirilgan bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5646-son farmonining 2-bo‘lim ettinchi bandida o‘z aksini topgan («Elektrqishloqqurilish» AJning 2019 yil 10 oktyabrdagi JO-01-21/2943-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif korxonalar faoliyati samaradorligini ta’minlash, bozor sharoitida korxonalarning rivojlanish imkoniyatlarini tavsiflovchi fundamental qiymatni boshqarishga xizmat qilgan;
korxonalar bozor qiymatini an’anaviy moliyaviy va boshqaruv yondashuvlari bilan to‘ldirishga asoslangan fundamental qiymatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish asosida ishlab chiqilgan baholash usuli «Elektrqishloqqurilish» AJ amaliyotiga joriy etilgan («Elektrqishloqqurilish» AJning 2019 yil 10 oktyabrdagi JO-01-21/2943-son ma’lumotnomasi). Mazkur baholash usuli «Elektrqishloqqurilish» AJ amaliyotiga joriy etilishi hisobiga korxonaning joriy qiymati 2019 yilda 12135150,8 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, fundamental qiymati 15775696,04 ming so‘mni tashkil qilgan;
fundamental qiymatni monitoring qilish orqali korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirishga qaratilgan boshqarish tizimi hamda uni joriy qilish bosqichlari bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5646-son farmonining 1-bo‘lim oltinchi bandida o‘z aksini topgan («Elektrqishloqqurilish» AJning 2019 yil 10 oktyabrdagi JO-01-21/2943-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning moliyaviy va boshqaruv yondashuvlarini to‘ldirishga asoslangan fundamental qiymatini boshqarishning yangi tizimi shakllangan;
rentabellik ko‘rsatkichlarining korxona fundamental qiymatiga ta’sirini aniqlash asosida O‘zbekiston korxonalar faoliyatini samarali boshqarish va istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha berilgan taklif «Elektrqishloqqurilish» AJ amaliyotiga joriy etilgan («Elektrqishloqqurilish» AJning 2019 yil 10 oktyabrdagi JO-01-21/2943-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni «Elektrqishloqqurilish» AJ amaliyotiga joriy etilishi hisobiga korxonaning pul oqimi 2018 yilda o‘tgan yilga nisbatan 54,6%ga oshdi va 14 153 723 ming so‘mni tashkil qilgan. Pirovardida korxonaning rentabellik darajasi mos ravishda 4,5%ga va aktivlar rentabelligi – 17,7%ga oshishiga olib kelgan;
korxona qiymatini boshqarishga ta’sir etuvchi omillar qiymatni harakatlantirish, o‘stirish, barqarorlik va raqobatbardoshlikni ta’minlash asosida uni asosiy strategiyalarini belgilovchi tasnifi bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5646-son farmonining 2-bo‘lim beshinchi va oltinchi bandlarida inobatga olingan («Elektrqishloqqurilish» AJning 2019 yil 10 oktyabrdagi JO-01-21/2943-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif korxonaning qiymati va investisiya loyihalarining qiymatga qo‘shgan hissasini baholash tamoyillari va usullarini birgalikda qo‘llashni nazarda tutuvchi sinergetik samaraga erishish imkonini bergan.