Avezov To‘xtamurod Hayitmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tandalash jarayonining boshqarish tizimini intellektual texnologiya usullari asosida takomillashtirish”, 05.01.08-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5308.
Ilmiy rahbar: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Iskandarov Zoxid Ergashbaevich 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/2025.27.12.T.02.03.
Rasmiy opponentlar:
1. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti,  “TJAB” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor– Ismoilov Mirxalil Agzamovich
2. Toshkent davlat texnika universiteti, “Ishlab chiqarish jarayonlarni avtomatlashtirish” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor – Avazov Yusuf Shodievich;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noqat’iy mantiq nazariyasi asosida tandalash jarayonini adaptiv boshqarish tizimini sintezlash modeli va algoritmini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to’qimachilik mahsulotlarining fizik-mexanik xususiyatlari, bog‘lanmalarning elastikligi hamda elektr yuritmalarda kechadigan elektromexanik jarayonlar ta’sirini hisobga olgan holda tandalash jarayonining dinamik xossalarini aniqlash imkonini beruvchi analitik matematik model ishlab chiqilgan;
noqat’iy mantiq asosida tandalash jarayoni parametrlarining nostatsionarligini hisobga olgan holda, optimal boshqarish funksiyasi koeffisientlarini real vaqt rejimida adaptatsiyalash imkonini beruvchi adaptiv-optimal boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan
noqat’iy mantiqiy rostlagich asosida obekt nochiziqliligini kompensatsiya qilish orqali tandalash jarayonini yuqori tezkorlik va aniqlikda boshqarish imkonini beradigan algoritm ishlab chiqilgan;
boshqarish tizimiga boshqariladigan nochiziqlilikni noqat’iy mantiqiy rostlagich bilan kiritish orqali tizim robastligini oshirish natijasida boshqarishning yuqori sifatini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi   Tandalash jarayonini intellektual boshqarish tizimini sintezlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tandalash jarayonini boshqarish tizimini noqat’iy boshqarishning  modellari va adaptiv-noqat’iy rostlagichning optimal parametrlarini topish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua “Real tex Toshkent” MChJ da joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasini 2025 yil 15 avgustdagi №04/25-1986-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlarni qayta ishlash vaqtini 1,35% ga kamaytirish hisobiga, jarayonni boshqarishda natijalarni olish va qaror qabul qilishning tezligini 1,55 % ga oshirish imkonini bergan;
intellektual texnologiya usullari asosida tandalash jarayonini noqat’iy mantiqiy boshqarish tizimi “Real tex Toshkent” MChJ da joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasini 2025 yil 15 avgustdagi №04/25-1986-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tashqi g‘alayonlarga texnologik jarayon ish rejimlarini stabillash va boshqarish tizimini turg‘unligini ta’minlash shuningdek energoresurslar sarfini 5 % gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish