Kushiev Jaxongir Xabibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yarali piloroduodenal stenozlarni davolashda endoskopik amaliyotlarning imkoniyatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4136.
Ilmiy rahbar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.07.
Rasmiy opponentlar: Buriev Il`ya Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piloroduodenal yarali stenozli bemorlarni davolash usulini tanlashda differensial yondashuv orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘n ikki barmoqli ichakning stenoz sohasining morfologiyasini (fibroblastlar, differensiallanmagan epiteliy hujayralari, qon tomirlari va hujayralararo bo‘shliqning hajmi) o‘rganilib, uning PDSlarni davolash taktikasiga ahamiyati mavjudligi isbotlangan;
piloroduodenal yarali stenoz sohasini ballon dilatatsiyadan keyingi davrda, stenoz xavfini bashoratlovchi shkala ishlab chiqish orqali davolash taktikasi takomillashtirilgan;
piloroduodenal yarali stenoz sohasini ballon dilatatsiyasi vaqtida yara perforatsiyasi xavfini bashoratlovchi shkalani ishlab chiqilgan;
piloroduodenal stenoz bilan xasta bemorlarni kasallikning klinik va gistologik ko‘rinishiga, operatsiya va anesteziologik xavf darajasiga, hamda prognostik shkala hulosasiga qarab davolash algoritmi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yarali pilorodudenal stenoz bilan xasta bemolrlarni davolashda hayot sifatiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
birinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoqli ichakning stenoz sohasining morfologiyasini (fibroblastlar, differensiallanmagan epiteliy hujayralari, qon tomirlari va hujayralararo bo‘shliqning hajmi) o‘rganilib, uning piloroduodenal stenozlarni davolash taktikasiga ahamiyati isbotlangani hamda piloroduodenal yaralangan stenoz sohasini ballon dilatatsiyasida yara perforatsiyasi xavfini bashoratlovchi shkala ishlab chiqilgani bo‘yicha takliflar «Yaralangan piloroduodenal stenozlarni davolashda endoskopiyaning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 71-son buyruq bilan hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 2387-10-146-TB/2025-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: PDS sohasini MSKT va gistologik usullar orqali morfometrik baholash, shuningdek perforatsiya xavfini bashoratlovchi shkalani qo‘llash piloroduodenal stenoz bilan og‘rigan bemorlarda yara perforatsiyasi xavfini 22% dan 1,7% gacha va restenoz xavfini 50% dan 12% gacha kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan morfometrik baholash va bashorat shkalasini amaliyotda qo‘llash natijasida o‘lim ko‘rsatkichining 3,8% dan 1,7% gacha kamayishi kuzatildi. Diagnostik aniqlikni oshirish va asoratlarning oldini olish hisobiga davolash xarajatlarining sezilarli kamayishi ta’minlandi. Xulosa: MSKT zichligi (kompensatsiya: 50–60 HU; subkompensatsiya: 60–70 HU; dekompensatsiya: 90+ HU) va gistologik tekshiruvda fibroblastlar sonini (1000–4000/mm²) baholashning ishlab chiqilgan yangi usuli tashxis aniqligi 95% gacha oshib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni 30% dan 1,2% gacha kamaytirish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: piloroduodenal yaralangan stenoz sohasini ballon dilatatsiyasidan keyingi davrda stenoz xavfini bashoratlovchi shkala ishlab chiqish orqali davolash taktikasini takomillashtirilgani bo‘yicha takliflar «Yaralangan piloroduodenal stenozlarni davolashda endoskopiyaning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 71-son buyruq bilan hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 2387-10-146-TB/2025-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ballon dilatatsiyasidan keyingi stenoz xavfini bashoratlovchi shkalani qo‘llash bemorlarda endoskopik ballon dilatatsiyasi (EBD) o‘tkazilgan hollarda stenozning qaytalanishi nazorat guruhiga nisbatan 2–3 barobar kam kuzatilishini ta’minladi. Bu esa bemorlarning ijtimoiy hayotga qaytish muddatini va hayot sifatini sezilarli darajada yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bir martalik endoskopik ballon dilatatsiyasi narxi an’anaviy jarrohlik amaliyotidan sezilarli darajada arzon bo‘lib, bemorning shifoxonada qolish muddatini 7,5 kundan 5,7 kungacha qisqartirish imkonini berdi. Piloroduodenal stenozning asoratlari (suvsizlanish, metabolik buzilishlar, qayta operatsiyalar) sababli yiliga 3–4 marta shifoxonaga murojaat qiladigan bemorlarning davolash xarajatlarini 2–3 marta kamaytirish imkoniyati yuzaga keldi. Xulosa: EBD bajarilgan bemorlarda oziq-ovqat o‘tkazuvchanligi 85–90% hollarda tiklandi, qayt qilish chastotasi 3–4 barobar kamaydi, elektrolitlar muvozanati qisqa muddat ichida barqarorlashdi. Stenozning qaytalanishi nazorat guruhiga nisbatan 2–3 barobar kam kuzatildi va takroriy EBD seanslari yordamida qisqa muddatda stenoz bartaraf etildi;
uchinchi ilmiy yangilik: piloroduodenal yaralangan stenoz sohasini ballon dilatatsiyasi vaqtida yara perforatsiyasi xavfini bashoratlovchi shkala ishlab chiqilgani bo‘yicha takliflar «Yaralangan piloroduodenal stenozlarni davolashda endoskopiyaning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 71-son buyruq bilan hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 2387-10-146-TB/2025-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: EBD vaqtida yara perforatsiyasi xavfini oldindan bashorat qilish imkoniyatining yaratilishi amaliyot davomida og‘ir asoratlarning oldini olishga bevosita xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan shkala yordamida yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash va ularda muqobil davolash taktikasini tanlash shifokorlarga imkon beradi. Bemorning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qiladi, balki jarrohlik jamoasining klinik qaror qabul qilish jarayonini ham sezilarli darajada osonlashtiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ballon dilatatsiyasi vaqtida perforatsiyaning oldi olinishi natijasida shoshilinch jarrohlik amaliyotlariga bo‘lgan ehtiyoj kamaydi. Perforatsiya asorati bilan bog‘liq statsionar davolash xarajatlari (reanimatsiya, shoshilinch operatsiya, uzoq muddatli parvarish) sezilarli darajada qisqartirildi. Natijada perforatsiya xavfi 22% dan 1,7% gacha pasayishi davlat va bemor oilasiga tushadigan moliyaviy yukni ham kamaytirishga xizmat qildi. Xulosa: ishlab chiqilgan perforatsiya xavfini bashoratlovchi shkala klinik amaliyotda qo‘llanilganda bosim ko‘rsatkichlarini individual hisoblash va dilatatsiya davomiyligini belgilash intraoperatsion asoratlar chastotasini kamaytirib, davolash jarayonini optimallashtirdi (t≥2,0 = p<0,05);
to‘rtinchi ilmiy yangilik: piloroduodenal stenoz bilan og‘rigan bemorlarni kasallikning klinik va gistologik ko‘rinishiga, operatsiya va anesteziologik xavf darajasiga hamda prognostik shkala xulosasiga qarab davolash algoritmi takomillashtirilgani bo‘yicha takliflar «Yaralangan piloroduodenal stenozlarni davolashda endoskopiyaning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 71-son buyruq bilan hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025 yil 28 avgustdagi 2387-10-146-TB/2025-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: dekompensatsiya bosqichidagi bemorlar uchun EBDni palliativ tayyorlash sifatida qo‘llab, keyin radikal Bilrot II rezeksiyasiga o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan ikki bosqichli davolash taktikasi (EBD + jarrohlik) intraoperatsion asoratlar chastotasini 0% gacha kamaytirdi. Yara qaytalanishini 26,6% dan 9,8% gacha pasaytirish imkoniyati yuzaga keldi. Davolash algoritmiga asoslangan individual yondashuv bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshiladi va ularga tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyani tezlashtirdi. Iqtisodiy samaradorligi: EGDS, MSKT va gistologik usullarni birlashtirgan takomillashgan diagnostik algoritm asosida tanlangan davolash taktikasi yotoq kunlarini 7,5 kundan 5,7 kungacha qisqartirdi. Laparoskopik jarrohlik (85 daqiqa) orqali amalga oshirilgan radikal aralashuv davomida asoratlar soni 0% ga etkazildi. Olingan natijalarga ko‘ra, ushbu algoritm O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham klinik, ham iqtisodiy jihatdan samarali yondashuv sifatida tasdiqlandi. Xulosa: EGDS, MSKT va gistologik usullarni integratsiyalashgan kompleksi asosida ishlab chiqilgan yangi diagnostik-davolash algoritmi tashxis aniqligi 95% gacha oshib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni 30% dan 1,2% gacha kamaytirdi. Kompleks yondashuv – endoskopik va jarrohlik usullarni to‘g‘ri kombinatsiya qilish – bemorlarni samarali boshqarishga, davolashdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishga va hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi (t≥2,0 = p<0,05).
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish