Kattaeva Dilbar Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dermorespirator sindromli bolalarda D vitamin statusi va mutanosib ovqatlanishini gigienik asoslash», 14.00.07 – Gigiena, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5133.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Dilafruz Gayratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzajonova Donoxon Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: dermorespirator sindromli bolalarda D vitamin statusi va mutanosib ovqatlanishini gigienik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bronxial astma, allergik rinit va atopik dermatit bilan xastalangan bolalarda dermorespirator sindrom kechishida yosh, jins va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari (bo‘y, tana vazni, TVI) hamda organizmning metabolik holati (qondagi Ca, Mg, Zn, Fe mikroelementlari tarkibi va D vitamini (25(OH)D) miqdori) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar o‘zbek populyasiyasida asoslangan;
dermorespirator sindrom va atopik dermatit bilan xastalangan bolalarda MMR9 genining 8202A>G polimorfizmi bo‘yicha GG genotipi tashuvchilari AA genotipi tashuvchilariga nisbatan 3-4 martagacha ishonchli ortishi hamda AG geterozigot genotipining asosiy va nazorat guruhlari o‘rtasida ishonchli farq qilmasligi isbotlangan;
dermorespirator sindromli va atopik dermatit bilan xastalangan bolalarda TGFβ-1 genining Arg25Pro polimorfizmi G/G gomozigot genotipi D vitamini tanqisligi darajasi bilan ijobiy bog‘liqligi, G/S geterozigot genotipi esa bronxial astma va allergik rinit bilan xastalangan bolalarda 3 marta kam uchrashi orqali respirator patologiyalarda protektiv ta’sirga ega ekani isbotlangan;
klinik-anamnestik, somatometrik, biokimyoviy (Ca, Mg, Zn, Fe mikroelementlari va D vitamini) hamda molekulyar-genetik (TGFβ-1 Arg25Pro va MMP9 8202A>G polimorfizmlari) ko‘rsatkichlarining mul`tifaktorial majmuasi asosida dermorespirator sindromni erta tashxislash, xavf guruhlarini shakllantirish va kasallik kechishini prognoz qilishning yangi optimal algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Dermorespirator sindromli bolalarda D vitamin statusi va mutanosib ovqatlanishini gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bronxial astma, allergik rinit va atopik dermatit bilan xastalangan bolalarda dermorespirator sindrom kechishida yosh, jins va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari (bo‘y, tana vazni, TVI) hamda organizmning metabolik holati (qondagi Ca, Mg, Zn, Fe mikroelementlari tarkibi va D vitamini (25(OH)D) miqdori) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar o‘zbek populyasiyasida asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/505-t-son bilan tasdiqlangan «Dermarespirator sindromli bolalarda nutritiv satatusini baholash algortmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 0I-03/19-son va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 23.05.2025 yildagi 182-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 3 fevraldagi 02/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dermorespirator sindromli bolalarda D vitamini holatini  nutrientiv statusining izdan chiqish natijasida  bolalarning kasallik kelib chiqishiga olib keladigan ichki va tashqi muhit omillarini erta aniqlash yordamida surunkali xastalikning asoratlarini oldini olish, rivojlanishini kamaytirish, remissiya davrini uzaytirish va hayot sifatini yaxshilash  allergik  sezuvchanlikning ortishi natijasidagi yuzaga keladigan dermatrespirator kasaligini erta tashxislash va  nutritentiv davolash tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: dermorespirator sindromli bolalarda D vitamin statusining o‘zgarishini mutanosib ovqatlanish asosida davolash orqali bolalarning shifoxonada qolish muddatini 14 kundan 10 kungacha qisqartirish natijasida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1,5 mln. so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: dermorespirator sindrom va atopik dermatit bilan xastalangan bolalarda MMR9 genining 8202A>G polimorfizmi bo‘yicha GG genotipi tashuvchilari AA genotipi tashuvchilariga nisbatan 3-4 martagacha ishonchli ortishi hamda AG geterozigot genotipining asosiy va nazorat guruhlari o‘rtasida ishonchli farq qilmasligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/505-t-son bilan tasdiqlangan «Dermarespirator sindromli bolalarda nutritiv satatusini baholash algortmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 0I-03/19-son va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 23.05.2025 yildagi 182-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 3 fevraldagi 02/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: GG genotipi tashuvchilarida qon zardobidagi D vitamini (25(OH)D) darajasining sezilarli pasayishi, umumiy IgE miqdorining yuqori bo‘lishi va atopik dermatitga moyillikning 4 martagacha ortishi kuzatilgan. Aksincha, geterozigot A/G genotipining sog‘lom nazorat guruhida ustunlik qilishi uning kasallik rivojlanishiga nisbatan himoya protektiv xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatgan. Bu esa DRSga moyilligi bo‘lgan bolalarni erta skrining qilish va ijtimoiy sog‘lomlashtirish dasturlarini yaratishga asos bo‘lishi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan kasallikni erta bashoratlash algoritmidan foydalanish va maqsadli preventiv terapiya qo‘llanilishi tufayli bemor bolalarni shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 14 kundan 10 kungacha qisqartirish natijasida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1,5 mln. so‘mgacha byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: dermorespirator sindromli va atopik dermatit bilan xastalangan bolalarda TGFβ-1 genining Arg25Pro polimorfizmi G/G gomozigot genotipi D vitamini tanqisligi darajasi bilan ijobiy bog‘liqligi, G/S geterozigot genotipi esa bronxial astma va allergik rinit bilan xastalangan bolalarda 3 marta kam uchrashi orqali respirator patologiyalarda protektiv ta’sirga ega ekani isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/505-t-son bilan tasdiqlangan «Dermarespirator sindromli bolalarda nutritiv satatusini baholash algortmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 0I-03/19-son va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 23.05.2025 yildagi 182-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 3 fevraldagi 02/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dermorespirator sindromli va atopik dermatit bilan xastalangan bolalarda TGFβ-1 genining Arg25Pro polimorfizmi G/G genotipi tashuvchilari D vitamini me’yordan past darajasi bilan ijobiy bog‘liqligi, G/S geterozigot tashuvchilari bronxial astma va allergik rinit bilan xastalangan bolalarda 3 marta kam uchrashi aniqlanishi respirator allergik kasalliklarda protektiv ta’sirga ega ekanligi aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: dermorespirator sindromli bolalarda D vitamin statusining o‘zgarishini TGFβ-1 genining Arg25Pro polimorfizmi bilan bog‘liqligi asosida  davolash orqali bolalarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 14 kundan 10 kungacha qisqartirish natijasida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1,5 mln. so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik-anamnestik, somatometrik, biokimyoviy (Ca, Mg, Zn, Fe mikroelementlari va D vitamini) hamda molekulyar-genetik (TGFβ-1 Arg25Pro va MMP9 8202A>G polimorfizmlari) ko‘rsatkichlarining mul`tifaktorial majmuasi asosida dermorespirator sindromni erta tashxislash, xavf guruhlarini shakllantirish va kasallik kechishini prognoz qilishning yangi optimal algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 24 fevralda 02-25/505-t-son bilan tasdiqlangan «Dermarespirator sindromli bolalarda nutritiv satatusini baholash algortmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Milliy tibbiyot markazi bo‘yicha 04.03.2025 yildagi 0I-03/19-son va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi bo‘yicha 23.05.2025 yildagi 182-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 3 fevraldagi 02/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: dermorespirator sindromli bolalarda D vitamining o‘rni, xastalikda nutrientiv statusining izdan chiqish natijasida  bolalarda kasallik kelib chiqishiga olib keladigan ichki va tashqi muhit omillarining o‘rnini  asoslash, asoratlarini oldini olish, dermorespirator sindromni erta tashxislash, kechishini bashoratlash va xavf guruhlarini aniqlashga qaratilgan yangi optimal prognozlash algoritmini amaliyotga joriy qilish yordamida bemorlar hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: dermorespirator sindromli bolalarda D vitamin statusining o‘zgarishini dermorespirator sindromni erta tashxislash, kechishini bashoratlash va xavf guruhlarini aniqlashga qaratilgan yangi optimal prognozlash algoritmidan foydalanish orqali bolalarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 14 kundan 10 kungacha qisqartirish natijasida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1,5 mln. so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish