Borasheva Aybolgan Tugelbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganuvchi talabalarning Flipped Classroom modeli orqali muloqotga tayyorligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped.9146.
Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06.
Rasmiy opponentlar: Abdimuratova Nilufar Paraxatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Axmadjonov Xasan Axmadjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moylik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim sharoitida ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganayotgan (ESP) talabalarning muloqotga tayyorligini (WTC) oshirishga qaratilgan Flipped Classroom modelini samarali qo‘llash metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganayotgan (ESP) talabalarning muloqotga tayyorligi (Willingness to Communicate, WTC) tushunchasi ingliz tilini o‘rganish jarayonida O‘zbekiston sharoitida ilk bor tadqiqot obekti sifatida tizimli tahlil qilinib, amaliy ingliz tili ta’limi hamda o‘quv dasturlarini loyihalash bo‘yicha kelgusidagi tadqiqotlar uchun nazariy-metodik asoslari aniqlangan;
ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganayotgan (ESP) talabalarning muloqotga tayyorligini (WTC) rivojlantirish va baholashga qaratilgan Flipped Classroom modeli O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari sharoitida ilk bor joriy etilib, uning pedagogik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganish jarayonida sinf mashg‘ulotlarida real vaqt rejimida og‘zaki ishtirok orqali talabalarning muloqotga tayyorligini (WTC) o‘lchash va rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi “hisob tayoqchalari”ga asoslangan innovatsion baholash usuli ilk bor ishlab chiqilgan;
ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganayotgan (ESP) talabalarning mavjud raqamli kompetensiyalari inobatga olingan holda ikki platformali raqamli hamkorlik strategiyasi ishlab chiqilib, talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganayotgan talabalarning muloqotga tayyorlik (Willingness to Communicate, WTC) konsepsiyasini rivojlantirishga qaratilgan nazariy va metodik xulosalar “Write it Right: A Guide to Writing Letters, Essays, and Repors for English Learners” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i asosida berilgan 480326-sonli guvohnoma). Natijada, ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganayotgan (ESP) talabalarning ingliz tilida muloqotga tayyorligini (WTC) rivojlantirish bo‘yicha metodik asoslar boyitilgan;
ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganayotgan talabalarning muloqotga tayyorligini (WTC) rivojlantirishga qaratilgan Flipped Classroom modeli O‘zbekiston miqyosida “Qoraqalpoq tilining yangi alifbo va orfografik qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodologiyasi” fundamental loyihasi doirasida joriy etilgan (Qori Niyoziy nomidagi Milliy pedagogika tarbiya instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 23-iyundagi 278-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilida faol muloqot qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan – real vaqt rejimida og‘zaki ishtirokni kuzatish va baholashga xizmat qiluvchi “hisob tayoqchalari”ga asoslangan innovatsion baholash usuli yuqoridagi darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i asosida berilgan 480326-sonli guvohnoma). Natijada, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlaridagi kommunikativ faolligini baholash va rag‘batlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
ingliz tilini muayyan maqsadlar uchun o‘rganayotgan (ESP) talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan platformaga asoslangan yondashuv ishlab chiqilib, yuqoridagi fundamental loyiha doirasida amaliyotga tatbiq etilgan (Qori Niyoziy nomidagi Milliy pedagogika tarbiya instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 23-iyundagi 278-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilidan foydalanish imkoniyatlari auditoriya va mustaqil ta’lim jarayonlarida kengaytirilgan.