Yaqubov Oybek Ergash o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chov churralari xirurgiyasida davolash yondashuvlarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4152.
Ilmiy rahbar: Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.07.
Rasmiy opponentlar: Gorskiy Viktor Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab chov churralarida individual yondashuvlarni ishlab chiqish yo‘li bilan kam invaziv jarrohlik davo natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anatomik-morfologik, klinik va introperatsion mezonlarning kompleks tahlili asosida murakkab va katta chov churralarining o‘ziga xos identifikatsiyalovchi tasnifi ishlab chiqildi, bu ularning texnik murakkablik darajasini ob’ektivlashtirish va optimal jarrohlik taktikasini differensial aniqlash imkonini berishi isbotlangan;
chov churralarining murakkab shakllarida gernioplastikaning laparoskopik kombinirlangan usulining yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan bo‘lib, u o‘ziga xos texnik usullar, bosqichlar ketma-ketligi va asbob-uskunalarni o‘z ichiga oladi, bu esa ushbu toifadagi bemorlarni minimal invaziv davolash imkoniyatlarini kengaytirishi isbotlangan;
murakkab chov churralari bilan og‘rigan bemorlarda churra nuqsonining turi va murakkablik darajasiga, hamroh omillarga hamda bemorning individual xususiyatlariga qarab laparoskopik, kombinirlangan laparoskopik-ochiq va an’anaviy ochiq gernioplastika usullarini qo‘llashga aniq tabaqalashtirilgan ko‘rsatmalar aniqlangan va ilmiy isbotlangan;
taklif etilgan tasnif va tabaqalashtirilgan ko‘rsatmalar tizimiga asoslangan murakkab chov churralarini jarrohlik davolash usulini individual tanlash algoritmi ishlab chiqildi va klinik amaliyotga joriy etilishi va algoritmning samaradorligi davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarini qiyosiy tahlil qilish natijalari bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Chov churrasi murakkab turi bilan xastalangan bemorlarda individual yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha davolash usullarini takomillashtirishdan olingan ilmiy natijalar:
birinchi ilmiy yangilik: murakkab chov churralarining gradatsiyalarini belgilovchi mezonlar asosida murakkab va katta chov churralarining identifikatsiyalovchi tasnifi ishlab chiqilib, uning ahamiyati bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvar` 01-25/456-son bilan tasdiqlangan «Chov churralari xirurgiyasida davolash yondashuvlarini takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.03.2025 yildagi № 559-10-146-TB/2025 son buyruq hamda Jizzax viloyati Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.03.2025 yildagi № 437-3-52-TB/2025 son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik  Kengashining 2025 yil 7-oktabrdagi 26-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: Murakkab chov churralarining gradatsiyalarini belgilovchi mezonlar asosida chov churralarining identifikatsiyalovchi tasnifi yaratilishi bemorlarda yuzaga keladigan asoratlarni kamaytirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Murakkab chov churrasi mavjud bo‘lgan bemorlar undan xalos bo‘lishi uchun bir emas bir necha marotaba jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni talab etadi. Shu munosabat bilan, eng maqbul usulni tanlash bemorlarning o‘rtacha statsionar davolanish kunlarini qisqartirishi, laborator va instrumental tekshiruv usullariga sarflanadigan mablag‘larni kamaytirishi hisobiga 3150000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga olib keldi. Xulosa: Ishlab chiqilgan murakkab chov churralari identifikatsiyalovchi tasnifini qo‘llash natijasida, bemorlarga individual ravishda davolash taktisini tanlash, operatsiyadan keyingi asoratlarni kamayishi va shifoxonada o‘rtacha davolanish kunlari va reabilitatsiya davrini qisqarishi xisobiga, 1 nafar bemor xisobiga 3150000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarning murakkab chov churralarida laparoskopik kombinirlangan usulini qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan va uning ahamiyati bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvar` 01-25/456-son bilan tasdiqlangan «Chov churralari xirurgiyasida davolash yondashuvlarini takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.03.2025 yildagi № 559-10-146-TB/2025 son buyruq hamda Jizzax viloyati Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.03.2025 yildagi № 437-3-52-TB/2025 son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik  Kengashining 2025 yil 7-oktabrdagi 26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Murakkab chov churralarida laparoskopik kombinirlangan usulini qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilishi bilan bemorlarda takomillashtirilgan davolash usulini qo‘llash imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: murakkab chov churrasi mavjud bemorlarda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda jarohatning tez bitishi o‘rtacha statsionar davolanish kunlarini qisqartirishi, laborator va instrumental tekshiruv usullariga sarflanadigan mablag‘larni kamaytirishi hisobiga 3150000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga olib keldi. Xulosa: Murakkab chov churralari III-darajasida  laparoskopik kombinirlangan usulini qo‘llash natijasida, operatsiya davomiylik vaxtini qisqarishi, shifoxonada davolanish kunlari va reabilitatsiya davrini qisqarishi xisobiga, 1 nafar bemor xisobiga 3150000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: murakkab chov churralari xirurgiyasida individual yondashuvlar asosida laparoskopik, kombinirlangan va ochiq usullarga aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va uning ahamiyati bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvar` 01-25/456-son bilan tasdiqlangan «Chov churralari xirurgiyasida davolash yondashuvlarini takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.03.2025 yildagi № 559-10-146-TB/2025 son buyruq hamda Jizzax viloyati Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.03.2025 yildagi № 437-3-52-TB/2025 son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik  Kengashining 2025 yil 7-oktabrdagi 26-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: Murakkab chov churralarida individual yondashuvlar asosida laparoskopik, kombinirlangan va ochiq usullarga aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqilishi bilan bemorlarda amaliyotdan keyingi jarohatdagi asoratlarning kamayishiga va hayot sifatining yaxshilanishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: murakkab chov churrasi bo‘lgan bemorlar undan xalos bo‘lishi uchun amaliyotdan keyingi asoratlarning kamayishiga qaratilgan aniq usullardan foydalanilgan. Shu munosabat bilan, eng maqbul usulni tanlash bemorlarning o‘rtacha statsionar davolanish kunlarini qisqartirishi, laborator va instrumental tekshiruv usullariga sarflanadigan mablag‘larni kamaytirishi hisobiga 3150000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga olib keldi. Xulosa: Murakkab chov churralarida optimal jarroxlik yondashuvini aniq ko‘rsatmalar asosida tanlash, bemorlarga individual ravishda davolash taktisini tanlash natijasida, shifoxonada davolanish kunlari va reabilitatsiya davrini qisqarishi xisobiga, 1 nafar bemor xisobiga 3150000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilish imkonini bergan; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: murakkab chov churralari xirurgiyasida individual yondashuvlar asosida amaliy tibbiyotda muhim bo‘lgan algoritm ishlab chiqilgan va uning samaradorligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvar` 01-25/456-son bilan tasdiqlangan «Chov churralari xirurgiyasida davolash yondashuvlarini takomillashtirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.03.2025 yildagi № 559-10-146-TB/2025 son buyruq hamda Jizzax viloyati Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 06.03.2025 yildagi № 437-3-52-TB/2025 son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik  Kengashining 2025 yil 7-oktabrdagi 26-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Murakkab chov churralarida individual yondashuvlar asosida amaliy tibbiyotda muhim bo‘lgan algoritm ishlab chiqilishi bilan bemorlarda asoratlarning yuzaga kelish chastotasining kamaiyishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: murakkab chov churrasi mavjud bo‘lgan bemorlar undan xalos bo‘lishi uchun bir emas bir necha marotaba jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni talab etadi. Shu munosabat bilan, eng maqbul usulni tanlash bemorlarning o‘rtacha statsionar davolanish kunlarini qisqartirishi, laborator va instrumental tekshiruv usullariga sarflanadigan mablag‘larni kamaytirishi hisobiga 3150000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga olib keldi. Xulosa: Murakkab chov churralari mavjud bemorlarda ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanib, bemorlarga individual ravishda davolash taktisini tanlash natijasida, shifoxonada davolanish kunlari va reabilitatsiya davrini qisqarishi xisobiga, 1 nafar bemor xisobiga 3150000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish