Baymuradov Ravshan Radjabovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Me’yorda va tajribada modellashtirilgan alimentar mikroelementozda buyraklar va urug‘donlar tuzilishining morfofunksional xususiyatlari” 14.00.02- Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Tib1162
Ilmiy maslahatchi: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01 
Rasmiy opponentlar: Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibodzoda Saidmukim Tilloxudja, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston).
Yetakchi tashkilot: Ostona tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi me’yorda hamda alimentar magniy, temir, selen, ruxning alohida va kombinirlangan tanqisliklarida oq zotsiz kalamushlar buyraklari va urug‘donlarining morfologik, morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta alimentar mikroelementozning alohida shakllarida buyrak va urug‘donlarda yuzaga keladigan differensial morfologik va morfometrik o‘zgarishlar, xususan, magniy tanqisligida buyraklarda kanalcha-interstisial o‘zgarishlar va urug‘donlarda spermatogen epiteliy yupqalashuvi ustun bo‘lishi, temir tanqisligida buyraklarda tomir-koptokcha apparatining reaktiv o‘zgarishlari va urug‘donlarda germinativ hujayralar kamayishi, selen tanqisligida bazal membrana qalinlashuvi, naycha epiteliysi distrofiyasi va spermatogen qatlam dezorganizatsiyasi, rux tanqisligida esa buyrak naycha epiteliysi atrofiyasi, koptokchalar zichligi kamayishi hamda urug‘donlarda meyoz-postmeyoz qator hujayralarining kamayishi bilan ifodalanuvchi o‘ziga xos organospesifik morfologik belgilar asoslangan; 
ilk marta magniy, temir, rux va selenning kombinirlangan tanqisligi sharoitida buyrak va urug‘donlarda eng chuqur morfofunksional o‘zgarishlar shakllanishi, ya’ni buyraklarda tomir-koptokcha va kanalcha apparatining keskin remodellanishi, glomerulyar zichlikning pasayishi va epitelial atrofiyaning kuchayishi, urug‘donlarda esa spermatogen epiteliy atrofiyasi, spermatotsitlar, spermatidlar va spermatozoidlar sonining keskin kamayishi, interstisial fibroz va Leydig hujayralari kamayishi aniqlanib, kombinirlangan mikroelement tanqisligining sinergik zararli ta’siri isbotlangan;
gistokimyoviy tekshiruvlarda mikroelement tanqisligining turli shakllarida buyraklarda glikokon’yugatlar va bazal membrana komponentlarining qayta taqsimlanishi, urug‘donlarda esa interstisial va peritubulyar kollagen tolalarining ortishi aniqlanib, ushbu o‘zgarishlar ayniqsa rux va kombinirlangan tanqislikda yaqqol ifodalanib, buyrak va urug‘don stromal komponentlarida morfologik qayta tuzilish belgilari mavjudligi isbotlangan; 
buyrak to‘qimasida E-cadherin, α-SMA va Bcl-2 markerlari ekspressiyasining mikroelement tanqisligi shakllariga bog‘liq o‘zgarishi aniqlanib, E-cadherin ekspressiyasining pasayishi naycha epiteliysi hujayralararo adgeziyasining zaiflashuvini, α-SMA ekspressiyasining ortishi stromal va perivaskulyar komponent faollashuvini, Bcl-2 ekspressiyasining kamayishi esa epitelial hujayralarning shikastlanishga chidamliligi susayishini ko‘rsatuvchi bilvosita immunomorfologik belgi sifatida baholanishi asoslangan;
urug‘donlarda Ki-67 pasayishi spermatogen epiteliy proliferativ faolligi susayishini, Bcl-2 kamayishi germinativ hujayralarning shikastlovchi ta’sirlarga sezgirligi ortishini, androgen reseptorlari ekspressiyasining pasayishi spermatogen epiteliyda androgen-regulyator ta’sir zaiflashuvini, VEGF ekspressiyasidagi o‘zgarishlar esa angiogen-trofik javob nomuvozanatini bilvosita aks ettirishi, eng yaqqol immunomorfologik siljishlar rux, selen va kombinirlangan tanqislikda kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Tajribaviy mikroelementozda buyrak va urug‘dondagi morfologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marta alimentar mikroelementozning alohida shakllarida buyrak va urug‘donlarda yuzaga keladigan differensial morfologik va morfometrik o‘zgarishlar, xususan, magniy tanqisligida buyraklarda kanalcha-interstisial o‘zgarishlar va urug‘donlarda spermatogen epiteliy yupqalashuvi ustun bo‘lishi, temir tanqisligida buyraklarda tomir-koptokcha apparatining reaktiv o‘zgarishlari va urug‘donlarda germinativ hujayralar kamayishi, selen tanqisligida bazal membrana qalinlashuvi, naycha epiteliysi distrofiyasi va spermatogen qatlam dezorganizatsiyasi, rux tanqisligida esa buyrak naycha epiteliysi atrofiyasi, koptokchalar zichligi kamayishi hamda urug‘donlarda meyoz-postmeyoz qator hujayralarining kamayishi bilan ifodalanuvchi o‘ziga xos organospesifik morfologik belgilar asoslanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/318-soni bilan tasdiqlangan «Mikroelementozning turli shakllarida urug‘donlardagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini aniqlash usuli» va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/319-soni bilan tasdiqlangan «Alimentar mikroelementozda buyraklardagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalarga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usullari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan RShTYoIM Buxoro filiali (13.12.2025 yildagi 403 – son buyruq), Xorazm viloyati Patologik-anatomiya byurosi (29.12.2025 yildagi 65-son buyruq) hamda RShTYoIM  Xorazm filiali (5.02.2026 yildagi 38 “I” – son buyruq), Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (30.12.2025 yildagi 23-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 07/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilk bor alimentar mikroelementozning alohida shakllarida buyrak va urug‘donlarda yuzaga keladigan organospesifik morfologik va morfometrik o‘zgarishlar aniqlangani mikroelement tanqisligining ekskretor va reproduktiv tizimlarga ta’sir mexanizmlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Magniy, temir, selen va rux tanqisligida rivojlanadigan o‘ziga xos morfologik belgilarni aniqlash buyrak va urug‘donlarda patologik jarayonlarni erta tashxislash, xavf guruhlarini shakllantirish hamda profilaktik va korreksion tadbirlarni ilmiy asosda rejalashtirishga xizmat qiladi. Bu esa surunkali buyrak etishmovchiligi va reproduktiv funksiyaning buzilishi bilan bog‘liq asoratlar rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mikroelement tanqisligining har bir shakliga xos morfologik mezonlarning ishlab chiqilishi diagnostik jarayonni maqsadli tashkil etish, laborator va instrumental tekshiruvlarni optimallashtirish hamda ortiqcha xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, patologik o‘zgarishlarni erta aniqlash hisobiga kasalliklarning og‘ir bosqichlarida qo‘llaniladigan murakkab va qimmat davolash usullariga ehtiyoj kamayadi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi. Xulosa: magniy, temir, selen va rux tanqisligi sharoitida buyrak va urug‘donlarda o‘ziga xos organospesifik morfologik hamda morfometrik o‘zgarishlar rivojlanishi isbotlandi. Aniqlangan belgilar mikroelement tanqisligining ekskretor va reproduktiv tizimlarga ta’sirini baholashda muhim diagnostik mezon bo‘lib xizmat qiladi hamda ushbu patologik holatlarni erta aniqlash va korreksiya qilish uchun ilmiy asos yaratadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk marta magniy, temir, rux va selenning kombinirlangan tanqisligi sharoitida buyrak va urug‘donlarda eng chuqur morfofunksional o‘zgarishlar shakllanishi, ya’ni buyraklarda tomir-koptokcha va kanalcha apparatining keskin remodellanishi, glomerulyar zichlikning pasayishi va epitelial atrofiyaning kuchayishi, urug‘donlarda esa spermatogen epiteliy atrofiyasi, spermatotsitlar, spermatidlar va spermatozoidlar sonining keskin kamayishi, interstisial fibroz va Leydig hujayralari kamayishi aniqlanib, kombinirlangan mikroelement tanqisligining sinergik zararli ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/318-soni bilan tasdiqlangan «Mikroelementozning turli shakllarida urug‘donlardagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini aniqlash usuli» va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/319-soni bilan tasdiqlangan «Alimentar mikroelementozda buyraklardagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalarga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usullari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan RShTYoIM Buxoro filiali (13.12.2025 yildagi 403 – son buyruq), Xorazm viloyati Patologik-anatomiya byurosi (29.12.2025 yildagi 65-son buyruq) hamda RShTYoIM  Xorazm filiali (5.02.2026 yildagi 38 “I” – son buyruq), Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (30.12.2025 yildagi 23-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 07/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: magniy, temir, rux va selenning kombinirlangan tanqisligi buyrak va urug‘donlarda eng chuqur o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi aniqlangani ko‘p omilli mikroelement etishmovchiligi sharoitida yuqori xavf guruhlarini ajratish, ularni chuqurlashtirilgan kuzatuvga olish va og‘ir asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Bu esa ayniqsa reproduktiv salomatlik va buyrak faoliyatining uzoq muddatli saqlanishi nuqtai nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: kombinirlangan mikroelement tanqisligi sharoitida zararlanishning sinergik xarakterga ega ekanini hisobga olish diagnostika va profilaktika tadbirlarini individual emas, balki kompleks tarzda rejalashtirish imkonini beradi. Natijada takroriy tekshiruvlar, kechki bosqichdagi davolash xarajatlari va asoratlar bilan bog‘liq qo‘shimcha sarf-xarajatlarni kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Xulosa: kombinirlangan mikroelement tanqisligi alohida mikroelement etishmovchiligiga nisbatan ancha og‘ir va chuqur morfofunksional shikastlanishlarni keltirib chiqarishi isbotlandi. Ushbu holat mikroelementozda sinergik zararli ta’sir mavjudligini ko‘rsatadi va ko‘p omilli tanqisliklarni alohida klinik-morfologik xavf holati sifatida baholash zarurligini asoslaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: gistokimyoviy tekshiruvlarda mikroelement tanqisligining turli shakllarida buyraklarda glikokon’yugatlar va bazal membrana komponentlarining qayta taqsimlanishi, urug‘donlarda esa interstisial va peritubulyar kollagen tolalarining ortishi aniqlanib, ushbu o‘zgarishlar ayniqsa rux va kombinirlangan tanqislikda yaqqol ifodalanib, buyrak va urug‘don stromal komponentlarida morfologik qayta tuzilish belgilari mavjudligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/318-soni bilan tasdiqlangan «Mikroelementozning turli shakllarida urug‘donlardagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini aniqlash usuli» va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/319-soni bilan tasdiqlangan «Alimentar mikroelementozda buyraklardagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalarga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usullari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan RShTYoIM Buxoro filiali (13.12.2025 yildagi 403 – son buyruq), Xorazm viloyati Patologik-anatomiya byurosi (29.12.2025 yildagi 65-son buyruq) hamda RShTYoIM  Xorazm filiali (5.02.2026 yildagi 38 “I” – son buyruq), Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (30.12.2025 yildagi 23-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 07/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mikroelement tanqisligining turli shakllarida buyrak va urug‘donlarda glikokon’yugatlar, bazal membrana komponentlari hamda kollagen tolalarining qayta taqsimlanishi aniqlangani stromal va fibrotik o‘zgarishlarni erta bosqichlarda aniqlash imkonini beradi. Bu esa organlarda qaytmas struktur o‘zgarishlar rivojlanishining oldini olish va profilaktik choralarni takomillashtirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gistokimyoviy belgilar asosida fibroz va stromal qayta tuzilish jarayonlarini erta aniqlash davolash samaradorligini oshiradi hamda kech bosqichdagi asoratlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, diagnostik algoritmlarni optimallashtirish orqali ortiqcha tekshiruvlar soni qisqaradi. Xulosa: mikroelement tanqisligi buyrak va urug‘donlarda nafaqat parenximatoz, balki stromal komponentlarning ham qayta tuzilishiga olib kelishi isbotlandi. Ayniqsa rux va kombinirlangan tanqislikda kuzatilgan fibrotik o‘zgarishlar ushbu patologik jarayonlarning muhim morfologik mezoni sifatida baholanishi mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: buyrak to‘qimasida E-cadherin, α-SMA va Bcl-2 markerlari ekspressiyasining mikroelement tanqisligi shakllariga bog‘liq o‘zgarishi aniqlanib, E-cadherin ekspressiyasining pasayishi naycha epiteliysi hujayralararo adgeziyasining zaiflashuvini, α-SMA ekspressiyasining ortishi stromal va perivaskulyar komponent faollashuvini, Bcl-2 ekspressiyasining kamayishi esa epitelial hujayralarning shikastlanishga chidamliligi susayishini ko‘rsatuvchi bilvosita immunomorfologik belgi sifatida baholanishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/318-soni bilan tasdiqlangan «Mikroelementozning turli shakllarida urug‘donlardagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini aniqlash usuli» va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/319-soni bilan tasdiqlangan «Alimentar mikroelementozda buyraklardagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalarga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usullari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan RShTYoIM Buxoro filiali (13.12.2025 yildagi 403 – son buyruq), Xorazm viloyati Patologik-anatomiya byurosi (29.12.2025 yildagi 65-son buyruq) hamda RShTYoIM  Xorazm filiali (5.02.2026 yildagi 38 “I” – son buyruq), Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (30.12.2025 yildagi 23-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 07/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: buyrak to‘qimasida E-cadherin, α-SMA va Bcl-2 markerlari ekspressiyasining o‘zgarishi aniqlangani mikroelement tanqisligi natijasida rivojlanadigan hujayraviy va stromal shikastlanishlarni immunomorfologik jihatdan baholash imkonini beradi. Bu esa buyrak shikastlanishining molekulyar asoslarini aniqlash hamda kasallik rivojlanish xavfini oldindan baholashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: immunogistokimyoviy markerlardan foydalanish patologik jarayonlarni aniqroq diagnostika qilish imkonini berib, differensial diagnostikadagi xatoliklarni kamaytiradi. Natijada takroriy tekshiruvlar soni qisqaradi va davolash strategiyasini individual tanlash hisobiga iqtisodiy samaradorlik ortadi. Xulosa: E-cadherin, α-SMA va Bcl-2 markerlari ekspressiyasidagi o‘zgarishlar mikroelement tanqisligi sharoitida buyrak to‘qimasida yuzaga keladigan degenerativ va remodellanish jarayonlarining muhim immunomorfologik ko‘rsatkichlari ekanligi isbotlandi.
beshinchi ilmiy yangilik: urug‘donlarda Ki-67 pasayishi spermatogen epiteliy proliferativ faolligi susayishini, Bcl-2 kamayishi germinativ hujayralarning shikastlovchi ta’sirlarga sezgirligi ortishini, androgen reseptorlari ekspressiyasining pasayishi spermatogen epiteliyda androgen-regulyator ta’sir zaiflashuvini, VEGF ekspressiyasidagi o‘zgarishlar esa angiogen-trofik javob nomuvozanatini bilvosita aks ettirishi, eng yaqqol immunomorfologik siljishlar rux, selen va kombinirlangan tanqislikda kuzatilishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/318-soni bilan tasdiqlangan «Mikroelementozning turli shakllarida urug‘donlardagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini aniqlash usuli» va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 28.11.2025y 25-m/319-soni bilan tasdiqlangan «Alimentar mikroelementozda buyraklardagi strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalarga kiritilgan. Mazkur tadqiqot usullari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan RShTYoIM Buxoro filiali (13.12.2025 yildagi 403 – son buyruq), Xorazm viloyati Patologik-anatomiya byurosi (29.12.2025 yildagi 65-son buyruq) hamda RShTYoIM  Xorazm filiali (5.02.2026 yildagi 38 “I” – son buyruq), Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (30.12.2025 yildagi 23-son buyruq) amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 29-apreldagi 07/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: urug‘donlarda Ki-67, Bcl-2, androgen reseptorlari va VEGF markerlari ekspressiyasining o‘zgarishi aniqlangani mikroelement tanqisligining reproduktiv tizimga ta’sir mexanizmlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Ushbu natijalar erkaklar reproduktiv salomatligini saqlash, bepushtlik xavfini erta aniqlash va profilaktik tadbirlarni takomillashtirish uchun ilmiy asos yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: reproduktiv tizimdagi immunomorfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash bepushtlikning og‘ir shakllarini davolash bilan bog‘liq katta xarajatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, maqsadli korreksion va profilaktik choralarni ishlab chiqish orqali davolash samaradorligi oshadi va sog‘liqni saqlash xarajatlari kamayadi. Xulosa: Ki-67, Bcl-2, androgen reseptorlari va VEGF markerlari ekspressiyasidagi o‘zgarishlar mikroelement tanqisligi sharoitida spermatogenezning buzilishi, hujayralar proliferativ faolligining pasayishi hamda angiogen-trofik muvozanat izdan chiqishini aks ettiruvchi muhim immunomorfologik mezonlar ekanligi isbotlandi. Ayniqsa rux, selen va kombinirlangan tanqislikda kuzatilgan o‘zgarishlar reproduktiv tizimning yuqori sezgirligini ko‘rsatadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish