Ostonova Sharofat Faxriddinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinflarda axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematikani o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8259
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.09.04 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent .
Rasmiy opponentlar:Mardonov Eshim Murotovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent,. Taylanova Shohida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematika fanini o‘qitish samaradorligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematik atamalarni ingliz tilida o‘rgatishning atamalarni axborot-kategorik tasnif asosida mazmuniy guruhlash orqali tushunchalarni ongli o‘zlashtirish, audio-vizual vositalar yordamida atamaning obraz, ma’no va talaffuz birligini ta’minlash hamda matematik mazmun va til ko‘nikmalarini o‘zaro mustahkamlashdan iborat didaktik imkoniyatlari raqamli platformalar va SMART-texnologiyalarga asoslangan adaptiv ta’lim muhitida matematika va ingliz tilining integratsiyalashuvini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematikani o‘qitish metodikasi vizuallashtirilgan ma’lumotlarning “axborot-kategoriya-tushuncha-amal” ketma-ketligiga ko‘ra innovatsion-strategik loyihalashtirishning metorefleksiv semantikligini raqamli tafakkur ta’sirida bilingval kontekstualligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematika fanini o‘qitishda axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatishning didaktik modeli o‘quv axborotlarini lingvo-didaktik kategoriyalash dinamikasini hisobga olgan holda matematik tafakkurni bilingval asosda vizuallashtiruvchi belgili tuzilmalar konstruktlari — atama-obraz kartochkalari, ikki tilli terminologik jadvallar, grafik organayzerlar ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda matematik atamalarni ingliz tilida o‘rgatish metodikasi samaradorligi “AKY” dasturiy vositasi yordamida fanga oid axborot-kategorik tushunchalarni vizual va nutqiy shaklda simulyasiya qilish hamda matematik til birliklarini o‘quvchilarning lingvokognitiv rivojlanish darajasiga mos ravishda semiotik transformatsiyalash (so‘z–obraz–belgi–amal o‘tishlarini ta’minlash) asosida ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematikani o‘qitish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich sinflarga matematik atamalarni ingliz tilida o‘rgatishning didaktik imkoniyatlari adaptiv sub’ekt-resursli muhitda SMART texnologiyalarni qo‘llanilishiga ko‘ra vizual-nutqiy komonentlarni lingvistik ko‘nikmalar orqali matematika-til bilan metokognitiv darajada integratsiyalashuvi asosida aniqlashtirishga oid takliflari “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha 2310-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik atamalarni mazmuniy kategoriyalar bo‘yicha guruhlash va tizimli o‘zlashtirish, atamalarning o‘zbek va ingliz tilidagi shakllarini o‘zaro bog‘lab qo‘llash, matematik tushunchalarni ikki tilda og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri ifodalash hamda o‘quv topshiriqlarini bajarishda ingliz tilidagi atamalardan mustaqil foydalanish ko‘nikmalari kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinflarga axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali matematikani o‘qitish metodikasi vizuallashtirilgan ma’lumotlarning “axborot-kategoriya-tushuncha-amal” ketma-ketligiga ko‘ra innovatsion-startegik loyixalashtirishning metorefleksiv semantikligini raqamli tafakkur ta’sirida bilingval kontekstualligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2026 yil 17-apreldagi 03-34-2066-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida matematik atamalarni tushunish va qo‘llash ko‘nikmalari shakllantirilib, ularning fanlararo integratsiyalashgan bilimlarni egallashi hamda matematik fikrlash salohiyatini rivojlantirish uchun zamin yaratilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematika fanini o‘qitishda axborot-kategorik yondashuv asosida atamalarni ingliz tilida o‘rgatish didaktik modeli kognitiv-amaliy nutqiy faoliyatdagi axborotlarni lingvo-didaktik kategoriyalashning dinamikligiga ko‘ra matematik tafakkurni bilingval asosda vizuallashtiruvchi belgili tuzilmalarning konstruktlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2026-yil 17-apreldagi 03-34-2066-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida matematik atamalarni anglash, talaffuz qilish va qo‘llash malakalari mustahkamlanib, ularning axborot bilan ishlash, tahlil qilish hamda fanlararo bog‘liqlikda fikrlash qobiliyatlari shakllantirilgan.
boshlang‘ich sinflarda matematik atamalarni ingliz tilida o‘rgatish samaradorligi “AKY” dasturiy vositasini fanga oid axborot-kotegorial tushunchalarning vizual va nutqiy shakldagi simmulyasiyasiga ko‘ra matematik tilning lingvokognitiv darajasini raqamli tafakkur orqali semiotik transformatsiyalashga ko‘ra oshirishga oid takliflar “Axborot-kategorik yondashuv asosida o‘qitish dasturi” nomli elektron hisoblash mashinasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2026-yil 17-apreldagi 03-34-2066-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash, fikrni ingliz tilida ifodalash va matematik tushunchalarni mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantirilib, ularning o‘quv jarayonidagi faolligi hamda bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi ta’minlangan.