Aytuvganov Urol Xudayqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Matematika o’qitish metodikasi fanini o’qitish jarayonida talabalar ijodiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi (geometrik materiallar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped1094
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.09.04 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Jumaev Erkin Ergashevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Ibragimov Nodir Shapulatovich pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi matematika o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish jarayonida talabalar ijodiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini (geometrik materiallar misolida) ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mavzuga oid tadqiqot ishlar va o‘quv-uslubiy adabiyotlari tahlil qilindi, ijod, fikrlash va ijodiy fikrlash tushunchalarining tub moxiyatlari ochib berildi va har birining ta’rifi keltirildi;
intellektual rivojlanishning o‘rganishga bog‘liqligi, ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zaruriy shartlari, yo‘llari va usullari, protsessual va shaxsiy yondashuvlarning birligini amalga oshirish zarurligi, ijodiy fikrlashni rivojlantirish o‘qituvchi uchun ham, talabalar uchun ham obektiv va subektiv ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatildi va didaktik ta’minoti takomillashtirildi;
matematika o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish jarayonida algebraik va geometrik metodlar integratsiyasidan foydalangan holda, ijodiy xarakterdagi masalalarni echish yordamida bo‘lajak matematika o‘qituvchilari ijodiy fikrlashini rivojlantirishning integrativ modeli takomillashtirildi;
matematika o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish jarayonida algebraik va geometrik metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, masalani echish natijasini topish bosqichlari orasidagi integratsiyaning dialektik birligi tamoyilining o‘rni aniqlashtirildi, olingan natijalar samarali ekanligi tajriba-sinov ishlari va uning matematik tahlili yordamida asoslandi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’limda “Matematika o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitish jaroyonida pedagogik integratsiya g‘oyalari asosida algebraik va geometrik metodlardan foydalangan holda, talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari:
talabalarga algebraik va geometrik misollarni echishni o‘rgatishda algebraik va geometrik metodlardan foydalanishning didaktik ta’minoti, mashg‘ulotlarda misol va masalalarni tezkor echishning qulay yo‘lini topishga o‘rgatuvchi adaptiv va modelli metodlarni o‘quv muhitga mos amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga, motivatsiyalovchi ish turlari bilan transformatsiyalashga doir ilmiy-nazariy va amaliy xulosalardan 2022-2026-yillarda bajariladigan FZ-202009211 raqamli “Aralash turdagi tenglamalar uchun tavsifnoma va buzilish chizig‘ida Frankl va Bisadze-Samarskiy shartlari berilgan masalalar korrektligini noklassik singulyar integral tenglamalarga olib kelib o‘rganish” nomli fundamental loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2024-yil 25-sentyabrdagi 06/12-1965-son ma’lumotnomasi);
talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantiruvchi maxsus masalalarni tanlash, echish va tahlil qilish metodikasi hamda ijodiy fikrlashni rivojlantirish darajasiga qo‘yiladigan talablarga oid takliflardan I-XT-0-19929 raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning VIII-IX-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 5-dekabrdagi 89-01-1031-son ma’lumotnomasi);
“Geometriyadan masalalar echish va echimni tahlil qilishga o‘rgatish orqali talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish” nomli uslubiy qo‘llanma amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 05-dekabrdagi 89-01-1031-son ma’lumotnomasi).