Nazarova Saida Axmedjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilida so‘z birikmalarining lisoniy qurilishi va nutqiy voqelanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil282.
Ilmiy maslahatchi: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Muxammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi so‘z birikmalari lisoniy qurilishini substansial lingvistika nuqtayi nazaridan tahlil qilish va so‘z birikmasining nutqiy voqelanish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalari substansial tahliliga oid nazariy-metodologik yondashuvlar tizimlashtirilib, so‘z birikmalarida sintaktik aloqaning ikki yoqlamaligi, birikmalarning kengayishi, so‘z birikmalarining barcha turlarida ikki a’zolilikning saqlanishi asoslangan;
so‘z birikmasining shakllanishida so‘zlarga birikish va biriktirish imkoniyatlarini beruvchi valentlik nazariyasi asosida tobe va hokim mavqeyidagi so‘zlarning bog‘lanishini ma’noviy, shakliy, joylashuv omillari ta’minlashi, bu omillar birikish usullari, so‘z birikmasining mantiqiy-riyoziy turlari va LSQlarini belgilashi asoslab berilgan;
lisoniy paradigmatik munosabatning so‘z birikmasi qurilishida aks etishi, SBLSQlari paradigmalari, ushbu paradigmalarning yetakchi a’zolari, SBLSQlari munosabatida invariantlik-variantlikning mavjudligi, so‘z birikmasi lisoniy ierarxiyasini tashkil etuvchi sintaktik invariant va variant birliklar aniqlangan;
so‘z birikmalari muayyan LSQlar mahsuli sifatida nutqda til sohiblarining kommunikativ ehtiyoji tufayli yuzaga kelishi, nolisoniy, xususan, sotsial, milliy madaniy omillar ta’sirida faollashuvi va nutqiy xoslanishi o‘zbek tili uslubiy shakllarida kuzatilgan nutqiy variantlari orqali dalillangan;
nutq tizimida sintaktik birliklarga xos nomlash vazifasi pragmatik omillar tomonidan boshqarilishi hamda so‘z birikmalarining pragmatik xoslanishi va imkoniyatlari turli nutq tuzilmalari va muloqot shakllarida voqelashgan SBLSQ hosilalari misolida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi so‘z birikmalarining lisoniy qurilishi va nutqiy voqelanishini tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
lisoniy paradigmatik munosabatning so‘z birikmasi qurilishida aks etishi, SBLSQlari paradigmalari, ushbu paradigmalarning yetakchi a’zolari, SBLSQlari munosabatida invariantlik-variantlikning mavjudligi, so‘z birikmasi lisoniy ierarxiyasini tashkil etuvchi sintaktik invariant va variant birliklar aniqlanishi bilan bog‘liq xulosalardan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”, FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 26-dekabrdagi 626/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari, monografiya, maqola, tezislar va turkiy tillardagi matnlarda nutqiy birliklarning farqlari, qurilish modellari tadqiqi so‘z birikmalarining lisoniy va nutqiy xususiyatlariga oid yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
so‘z birikmasining shakllanishida so‘zlarga birikish va biriktirish imkoniyatlarini beruvchi valentlik nazariyasi asosida tobe va hokim mavqeyidagi so‘zlarning bog‘lanishini ma’noviy, shakliy, joylashuv omillari ta’minlashi, bu omillar birikish usullari, so‘z birikmasining mantiqiy-riyoziy turlari va LSQlarini belgilashiga doir nazariy fikrlardan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada (2022-2024-y.) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 7-dekabrdagi 04/1-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarni lingvistik (morfologik) teglash muammolarini echishda nazariy asos sifatida xizmat qilgan;
o‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalari substansial tahliliga doir masalalar keng va atroflicha yoritilib, so‘z birikmalarida sintaktik aloqaning ikki yoqlamaligi, birikmalarning kengayishi, so‘z birikmalarining barcha turlarida ikki a’zolilikning saqlanishi, shuningdek, valentlik nazariyasi so‘zlarga birikish va biriktirish imkoniyatlarini berishi, tobe va hokim mavqeyidagi so‘zlar ma’noviy, shakliy, joylashuv omillari asosida bog‘lanishi, bu omillar birikish usullari, so‘z birikmasi LSQlarini belgilashi asoslangan xulosalardan 60230100 ‒ Filologiya va va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili (Sintaksis)” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-232-raqamli guvohnomasi; Buxoro davlat universitetining 2025-yil 13-noyabrdagi 02/7052-son ma’lumotnomasi). Natija darslikning takomillashuviga xizmat qilgan;
so‘z birikmasi qurilishida lisoniy paradigmatik munosabatning aks etishi, SBLSQlari paradigmalari, ushbu paradigmalarning yetakchi a’zolari, SBLSQlari munosabatida invariantlik-variantlikning mavjudligi, so‘z birikmasi lisoniy ierarxiyasini tashkil etuvchi sintaktik invariant va variant birliklar bilan bog‘liq nazariy fikrlardan 60230100 –Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “O‘zbek tili sintaksisi” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2024-yil 11-noyabrdagi 711-42-raqamli guvohnomasi; Buxoro davlat universitetining 2025-yil 13-noyabrdagi 02/7050-sonli ma’lumotnomasi). Natijada darslikda so‘z birikmasiga oid nazariy asoslar mukammallashgan;
nutq tizimida sintaktik birliklarga xos nomlash vazifasi pragmatik omillar tomonidan boshqarilishi hamda so‘z birikmalarining pragmatik xoslanishi va imkoniyatlari turli nutq tuzilmalari va muloqot shakllarida voqelashgan SBLSQ hosilalari misolida isbotlanishiga hamda so‘z birikmalari muayyan LSQlar mahsuli sifatida nutqda til sohiblarining kommunikativ ehtiyoji tufayli yuzaga kelishi, nolisoniy, xususan, sotsial, milliy madaniy omillar ta’sirida faollashuvi va nutqiy xoslanishi o‘zbek tili uslubiy shakllarida kuzatilgan nutqiy variantlari orqali dalillangan nazariy va amaliy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi yosh ijodkorlarning “Nilufar” adabiy to‘garagi mashg‘ulotlarini tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 2025-yil 19-avgustdagi 12-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy to‘garak mashg‘ulotlarining mazmuni poetik nutqda so‘z birikmalari badiiy tasvir va ifoda vositalarini hosil qilishi, nutqiy, uslubiy xoslanishiga oid ilmiy dalillar bilan boyitilgan.