Yusupov Nodirbek Abdujalilovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Nezakonnoe lishenie rabotnika vozmojnosti trudit`sya kak osnovanie material`noy otvestvennosti rabotodatelya”, 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu750
Ilmiy rahbar: Gasanov Mixail Yusupovich, yuridik fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Maxmudjon Djurakulovich, yuridik fanlar doktori, dotsent, Madrahimova Guljahon Ruzimboy qizi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ish beruvchining moddiy javobgarlik instituti bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda kompleks tahlil qilish, shuningdek, shu asosda mehnat qonunchiligini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining kuchaytirilgan protsessual roli ilmiy jihatdan asoslandi, jumladan, ularning xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etish va buning oqibatida etkazilgan moddiy zararni qoplash bilan bog‘liq ishlar yuzasidan xodimlar manfaatlarini ko‘zlab sudga mustaqil murojaat qilish huquqiga ega bo‘lishi zarurligi asoslantirilgan;
fuqarolik-huquqiy shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lishiga qaramay, mehnat shartnomasining haqiqiy belgilari mavjud bo‘lgan hollarda fuqarolik-huquqiy munosabatlarni individual mehnat munosabatlari deb e’tirof etish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslandi, bu esa xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligini yuklashning huquqiy asoslarini kengaytirishga xizmat qilishi asoslantirilgan;
mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni elektron va pochta aloqa vositalari orqali ikki usulda xabardor etish zarurati ish beruvchi tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan suiiste’molliklarning oldini olish, xodimning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda uni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilishining oldini olishga qaratilgan huquqiy kafolat sifatida asoslantirilgan;
xodimning ogohlantirish muddati qisqartirilishiga ochiq va aniq roziligi mavjud bo‘lmagan holda, mehnat shartnomasining xodim tashabbusi bilan belgilangan ogohlantirish muddati tugamasdan oldin bekor qilinishi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etish sifatida kvalifikatsiya qilinishi asoslandi. Mazkur holat xodimni avvalgi ishiga tiklash uchun mustaqil asos bo‘lib xizmat qilishi hamda ish beruvchiga moddiy javobgarlik yuklatilishiga olib kelishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzudagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning institutsional kafolatlarini kuchaytirish maqsadida kasaba uyushmalarining xodimlar manfaatlarini ko‘zlab sudga murojaat qilish bo‘yicha protsessual vakolatlarini kengaytirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1030-son Qonuni bilan Mehnat kodeksining 559-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2026-yil 8-iyundagi 3/dn-92-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi xodimlarni g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatishdan samaraliroq himoya qilish, etkazilgan moddiy zararning qoplanishini ta’minlash hamda majburiy progul mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qilgan;
xodimlarning mehnat huquqlarini sud orqali himoya qilish samaradorligini oshirish hamda ularni mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etish holatlarining oldini olish maqsadida, mehnat shartnomasiga xos haqiqiy belgilar mavjud bo‘lgan taqdirda fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuzaga kelgan munosabatlarni yakka tartibdagi mehnat munosabatlari deb e’tirof etish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 18-yanvardagi 01-30-11-son dalolatnomasi). Mazkur qoidaning amaliyotga joriy etilishi mehnat munosabatlarini fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan almashtirish holatlarining oldini olish uchun huquqiy asos yaratadi hamda xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligini qo‘llashga xizmat qilgan;
xodimning mehnat shartnomasini bekor qilinishi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor etishni ta’minlash hamda ish beruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan suiiste’molliklarning oldini olish maqsadida, pochta orqali yuborilishi lozim bo‘lgan buyruq ko‘chirmasini elektron shaklda yuborish bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi ettinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 18-yanvardagi 01-30-11-son dalolatnomasi). Mazkur qoidaning amaliyotga joriy etilishi xodimning protsessual huquqlarini himoya qilishga, shuningdek uni mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatidan yashirin yoki rasmiy jihatdan mahrum etish holatlarining oldini olishga xizmat qilgan;
sudlar tomonidan mehnat shartnomasini xodim tashabbusi bilan bekor qilishda ogohlantirish muddati to‘g‘risidagi normalarning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, xodimni ogohlantirish muddatini qisqartirishga roziligi mavjud bo‘lmagan holda mehnat shartnomasini ushbu muddat tugashidan oldin bekor qilishga huquqiy baho berish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 26-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 18-yanvardagi 01-30-11-son dalolatnomasi). Mazkur qoidaning amaliyotga joriy etilishi xodimni avvalgi ishiga tiklash uchun huquqiy asos yaratdi hamda xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etish natijasida etkazilgan zarar uchun ish beruvchiga moddiy javobgarlik yuklatilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish