Xusanov Davronjon Ma’rufjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “Postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishi dialektikasi” 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1525
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD. 03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc) Asatulloev Inomjon Abobakir o‘g‘li
Rasmiy opponentlar: 
Farg‘ona davlat universiteti professori, falsafa fanlari doktori (DSc) Qambarov Abdumutal Ahadjonovich
Samarqand davlat universiteti professori, falsafa fanlari doktori (DSc) Samadov Aktam Rafiqovichlar
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishi dialektikasidagi ijtimoiy-falsafiy asoslarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishiga doir ilmiy konsepsiyalarning ijtimoiy-falsafiy va qiyosiy tahlili asosida “postmodern jamiyat”, “axloqiy qadriyatlar”, “qadriyatlarni qadrsizlanishi” tushunchalarining yangi umumfalsafiy ma’nosi ochib berilgan;
    ijtimoiy-axloqiy konsepsiyalarning postmodern jamiyati sharoitidagi dinamik tendensiyalar tahlili asosida zamonaviy jamiyatdagi o‘zgarishlar  tahlil qilinib, ularni axloqiy qadriyatlarni o‘zgarishiga ta’sirini, qadriyatlar qadrsizlanishi jarayonini yuzaga kelishini sabab-oqibatlari aniqlangan; 
    postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishi jarayonida axloqiy tarbiya tizimi samaradorligini oshirish, axloqiy-huquqiy targ‘ibot ta’sirchanligini oshirish, ma’naviy targ‘ibot metodologiyasini yaxshilash, axloqiy dunyoqarash, ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlov, ijtimoiy murosa muhitinining dialektik mazmuni ochib berilgan;
jamiyatimiz modernizatsiyasida axloqiy qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarni mazkur qadriyatlarning ijtimoiy dinamikasiga ta’sir etuvchi innovatsion mexanizmlari asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishi dialektikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
    postmodern jamiyatdagi tendensiyalar to‘g‘risidagi ijtimoiy-axloqiy konsepsiyalar tahlili asosida zamonaviy jamiyatdagi o‘zgarishlar (ijtimoiy-demografik tarkibning yangilanishi, axloqiy normalar liberallashuvi, axloqiy qadriyatlarning qadrsizlashuvi) tahlil qilinib, ularni axloqiy qadriyatlarni o‘zgarishiga ta’sirini, qadriyatlar qadrsizlanishi jarayonini yuzaga kelishini sabab-oqibatlar zanjirida dialektik asoslari aniqlashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan  “O‘zbekiston yoshlari” dasturi senariylarini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” Ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil  31-oktyabrdagi 05-09-1703-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishi jarayonida axloqiy tarbiya tizimi samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘rsatuvlar mazmunini boyishiga  xizmat qilgan; 
postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishi jarayonida axloqiy tarbiya tizimi samaradorligini oshirish, axloqiy-huquqiy targ‘ibot ta’sirchanligini oshirish, ma’naviy targ‘ibot metodologiyasini yaxshilash, axloqiy dunyoqarash, ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlov, ijtimoiy murosa muhitni yaratishning dialektik mazmuni aniqlashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-sonli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 17-oktyabrdagi 04/11-23246-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi postmodern jamiyatda o‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlarini o‘zgarib borishiga doir tadqiqotlarning nazariy asoslarini boyitishga xizmat qilgan;
postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi obektiv omillar (kapitalistik munosabatlar, sanoat inqilobi qoidalari, texnika-texnologiyalar rivoji, liberal qarashlarni shakllanishi) va subektiv omillar (shaxs-oila-jamiyatdagi axloqiy qadriyatlarni qadrsizlashuvi)ni axloqiy qadriyatlarning o‘zgarib borishiga ta’sirining dialektik tahlilini amalga oshirishga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasining 2025-yilga mo‘ljallangan yillik ish rejasining 15-bandida keltirilgan “NNTlarda ishlovchi yoshlar uchun teng yondashuvni qo‘llash orqali odam savdosiga qarshi kurashish va xavfsiz migratsiyani rivojlantirish yuzasidan yoshlar o‘rtasida axborot kompaniyalarini o‘tkazish bo‘yicha trening o‘tkazish” nomli amaliy qo‘llanma tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasining 2025-yil 24-noyabrdagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi axloqiy qadriyatlarning postmodern jamiyatda o‘zgarish jarayonini madaniy kontekstga bog‘liq holda ko‘rinish berishi, axloqiy qadriyatlarni muayyan guruh yoki jamiyat aholisining axloqiy normalariga tegishli usullarni belgilovchi majmuadan iborat ekanini asoslashga doir tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi obektiv omillar (kapitalistik munosabatlar, sanoat inqilobi qoidalari, texnika-texnologiyalar rivoji, liberal qarashlarni shakllanishi) va sub’ektiv omillar (shaxs-oila-jamiyatdagi axloqiy qadriyatlarni qadrsizlashuvi)ni axloqiy qadriyatlarning o‘zgarib borishiga ta’sirining dialektik tahlili amalga oshirilganligiga doir ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” dasturi senariylarini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” Ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 05-09-1703-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi postmodern jamiyatda axloqiy qadriyatlarning o‘zgarishi jarayonida axloqiy tarbiya tizimi samaradorligini oshirishga  xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish