Djumabaev Irgashbek Alisher o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning axborot madaniyatini shakllantirishda matbuot xizmatining ijtimoiy-falsafiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1058
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yunusova Manzuraxon Pazliddinovna falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich, falsafa fanlari doktori, professor, Vyimbetov Jaxsiddin Kelishbaevich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari matbuot xizmatining talabalar axborot madaniyatini shakllantirishdagi rolini ijtimoiy-falsafiy asoslab berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
matbuot xizmati jamiyatda bilish, muloqot va ijtimoiylashuv jarayonlarini bog‘lovchi institutsional mediator sifatida asoslandi, bu esa institutning shaxs–jamiyat–davlat munosabatlarida ijtimoiy ongni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan;
oliy ta’lim matbuot xizmati kontenti axborot uzatish bilan birga talabalarning ijtimoiy identifikatsiyasi va ma’naviy yo‘nalishini belgilovchi tuzilma (ma’naviy-ma’rifiy kontent tuzilmasi, ijtimoiy identifikatsiya tuzilmasi) sifatidagi regulyatorlik funksiyasi dalillangan.
talabalarni axborot jarayonlariga jalb etish orqali ularning passiv iste’molchidan faol ijtimoiy subektga aylanishi, buning natijasida axborot subektivlashuvi yuz berishi mexanizmi (axborotni qabul qilish, tushunish, baholash, munosabat bildirish, qayta ishlab chiqarish, tarqatish,  ijtimoiy faollikka aylantirish) asoslangan;
xorijiy matbuot xizmati tajribalari asosida mahalliy xizmatlarning yoshlar kasbiylashuv jarayoniga ta’sir mexanizmlari (axborot orqali kasbiy yo‘naltirish, motivatsion-identifikatsion yondashuv, professional imij yaratish) yo‘llarini vujudga keltirish texnologiyalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Talabalarning axborot madaniyatini shakllantirishda matbuot xizmatining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
 axborotning ijtimoiy-falsafiy mohiyati, axborot xizmati genezisi, huquqiy va moliyaviy asoslari, uning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri doirasini aniqlangani bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasida foydalanilgan. (2025-yil 25-iyuldagi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi 05-09-1242-son ma’lumotnomasi). Natijada radio eshittirishlarning ilmiy metodologik va amaliy dolzarbligini ta’minlashga erishilgan;
oliy ta’lim tizimida matbout xizmatining ikki yillik faoliyatini kontent tahlil qilish orqali e’lon qilingan materiallarning yo‘nalishi va mohiyatini, shu orqali talabalarning axborot madaniyati darajasi belgilanganiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasida foydalanilgan. (2024-yil 15-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining 44-son ma’lumotnomasi). Natijada saylovchilar bilan uchrashuvlarda hamda nazorat-tahlil faoliyatida axborot madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalar axborot madaniyatining matbuot xizmati faoliyatiga munosabat, qanday yo‘nalishdagi axborotlar e’tiborga molik ekani hamda uning faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarga subektiv baho aniqlangani bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 25-noyabrdagi 2/6117-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi talabalarning axborot madaniyatini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
xorijiy matbuot xizmati tajribalari asosida mahalliy xizmatlarining yoshlar kasbiylashuv jarayoniga ta’sir mexanizmlarini vujudga keltirish texnologiyalari bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 30-apreldagi 25/25-3008-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi xorijiy matbuot xizmati amaliyotida qo‘llaniladigan ochiqlik, tezkorlik, auditoriya bilan qayta aloqa, shaxsiy muvaffaqiyat hikoyalarini yoritish, talabalar ishtirokini ommalashtirish hamda xalqaro hamkorlik natijalarini kasbiy rivojlanish bilan bog‘lab talqin etish texnologiyalari mahalliy matbuot xizmati faoliyatiga moslashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish