Boymurodova Gulzoda Toshtemirovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish tizimini modernizatsiyalash jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Yu26.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Risboy Haydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Bekzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malaka oshirish tizimini modernizatsiyalash jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy kompetentlilikni uzluksiz rivojlantirish mexanizmining didaktik parametrlari (fenomenologik, analitik-sintetik, prognostik, aksiomatik) maxsus kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonini zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish, muntazam ravishda rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi malaka oshirishning muqobil shakllarini tizimli joriy etish mexanizmiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmining komponentlari (motivatsion, kognitiv, protsessual, kreativ) va amalga oshirish bosqichlari (mustaqil malaka oshirish, o‘quv kurslari, mahorat darslari) texnologik taraqqiyot hamda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish texnologiyasi onlayn ma’ruza, interaktiv seminarlar, virtual amaliy va ko‘chma mashg‘ulotlar, tajriba almashish, masofadan o‘qitish usullarini variativ va integrativ qo‘llashning intensiv darajasini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirishning diagnostik tizimi (bosqichlari, metod va vositalari) malaka oshirish bo‘yicha elektron monitoring ko‘rsatkichlarini (onlayn test, mini darslar, elektron portfolio) pedagogning shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligini tashxis etish mexanizmi barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmi asosida pedagog kadrlarning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish shakllarini joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan malakaviy talablarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Malaka oshirish tizimini modernizatsiyalash jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini uzluksiz rivojlantirish mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini uzluksiz rivojlantirishning nazariy-empirik asoslari, maxsus kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonini zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatini beruvchi malaka oshirishning muqobil shakllarini aniqlashtirishga doir takliflardan I1-XT-0-11142 raqamli “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli yo‘nalishlarini joriy etish” innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 01-02/1-7-467-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirishning aksiologik yo‘nalishlarini andragogik ta’lim jarayoniga tatbiq etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmuni va tashkiliy prinsiplarini aniqlashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan XD-ID-1 raqamli “O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish” innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 01-02/1-7-467-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini uzluksiz rivojlantirishning maqbul pedagogik shart-sharoitlarini loyihalash, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish jarayonlarini baholash mezonlari malaka oshirish tizimi bo‘yicha elektron monitoring ko‘rsatkichlarini (onlayn test, mini darslar, elektron o‘zlashtirish darajasi) aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlari o‘quv jarayonini avtomatlashtirishning axborot tizimi va Xalq ta’limi vazirligining moa.uzedu.uz, masaofa.uzedu.uz elektron manziliga joylashtirilgan (Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining 2019 yil 22 iyuldagi 02/6-251/2-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini uzluksiz rivojlantiruvchi ehtiyojga asoslangan malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini uzluksiz rivojlantirish tamoyili asosida pedagog kadrlarning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan malaka oshirishning masofaviy shakllarini joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan malakaviy talablarni takomillashtirishga oid masofadan o‘qitish tizimi Xalq ta’limi vazirligining masaofa.uzedu.uz elektron manzilida joylashtirilgan (Xalq ta’limi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining 2019 yil 22 iyuldagi 02/6-251/2-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini uzluksiz rivojlantirishning masofaviy ta’lim texnologilarini malaka oshirish jarayoniga tizimli tatbiq etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.