Maxkamov Ulug‘bek Abdugapporovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dialogning ilmiy ijodiy faoliyatga ta’siri va uni modellashtirishning falsafiy metodologik jihatlari”, 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fal203.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Davronov Ziyodulla, falsafa fanlari doktori, professor; Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Sultanova Gulnoza Sabirovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dialogning transformativ, kognitiv, germenevtik, aksiologik va pragmatik mexanizmlarining ilmiy-ijodiy faoliyatda yangilik yaratish, ma’no shakllantirish va bilimlar rekonstruksiyasini modellashtirishning universal metodologik omili sifatidagi falsafiy-metodologik jihatlari ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy ijodiy faoliyat jarayonida “dialog ontologiyasi” modeli asosida yangi konseptual yondashuv ishlab chiqilib, u subektiv fikr almashinuvi emas, balki ilmiy haqiqatga erishish, yangi ma’no yaratish va bilimni qayta ishlashni ta’minlovchi ijtimoiy taraqqiyot tizimi ekanligi ochib berilgan;
ilmiy ijodiy faoliyatda idrok, tasavvur va fikrlash jarayonlarini birlashtiruvchi “kognitiv-dialogik sikl” modeli ishlab chiqilgan va uning ilmiy bilim yaratishdagi sifat jihatdan o‘zgartiruvchi transformativ ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan;
neyrofan doirasida intersub’ektiv ma’no yaratishni ta’minlovchi “intersubektiv algoritmlar paradigmasi” ishlab chiqilib, dialogning algoritmik, semantik va kognitiv modellarini integratsiyalashning metodologik ahamiyati ochib berilgan;
fanlararo dialog ilmiy ijod jarayonining sinergetik omili sifatida metodologik yangi bilimlar va ilmiy paradigmalar rivojiga ta’sir etuvchi jarayon ekanligi asoslangan hamda “innovatsion sinergetik dialog” modeli orqali uning nazariy jihatlari asoslangan;
ilmiy ijodiy jamoalarda dialogning inson ma’naviy mas’uliyati va axloqiy refleksiyasini shakllantirish vazifasi asoslanib, sun’iy intellekt bilan dilog jarayonida yuzaga keladigan axloqiy muammolarni tartibga soluvchi “dialog mas’uliyat etikasi” modeli taklif qilingan hamda uning mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Dialogning ilmiy ijodiy faoliyatga ta’siri va uni modellashtirishning falsafiy metodologik jihatlari” mavzuidagi tadqiqot natijalari asosida:
ilmiy ijodiy faoliyat jarayonida “dialog ontologiyasi” modeli asosida yangi konseptual yondashuv ishlab chiqilib, u subektiv fikr almashinuvi emas, balki ilmiy haqiqatga erishish, yangi ma’no yaratish va bilimni qayta ishlashni ta’minlovchi ijtimoiy taraqqiyot tizimi ekanligiga oid xulosadan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar”ning 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sircha targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi targ‘ibot tadbirlari ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2025-yil 11-dekabrdagi 10/836-son dalolatnomasi). Natijalar yosh tadqiqotchilarning ilmiy ijodiy faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatini falsafiy-metodologik jihatdan tadqiq etish hamda uni modellashtirish imkoniyatlarini asoslab berishga xizmat qilgan;
ilmiy ijodiy faoliyatda idrok, tasavvur va fikrlash jarayonlarini birlashtiruvchi “kognitiv-dialogik sikl” modeli ishlab chiqilgan va uning ilmiy bilim yaratishdagi sifat jihatdan o‘zgartiruvchi transformativ ahamiyati ilmiy jihatdan asoslanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan 2025-yilda “Ijtimoiy davlat uchun” shiori ostida “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, atrof-muhit va yashil iqtisodiyot yilida ijtimoiy siyosatni rivojlantirish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda, “Men O‘zXDPni tanladim” dasturi doirasida jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha aholi bilan ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha muloqotlar tashkil etishda, ijtimoiy muammolarni tezkor aniqlash va hal etishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish bo‘yicha normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025-yil 23-iyundagi 6-469-sonli dalolatnomasi). Natijalar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025-2026 yillar uchun mo‘ljallangan targ‘ibot faoliyati davomida innovatsion rivojlanish, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarish va barqaror taraqqiyot jarayonlariga nisbatan xolis yondashuvlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
neyrofan doirasida intersub’ektiv ma’no yaratishni ta’minlovchi “intersubektiv algoritmlar paradigmasi” ishlab chiqilib, dialogning algoritmik, semantik va kognitiv modellarini integratsiyalashning metodologik ahamiyatiga oid xulosalardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan amaliy tadqiqotlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-sonli Farmonining beshta ustuvor yo‘nalishi doirasida bo‘yicha belgilangan maqsadlar ijrosini ta’minlash maqsadida, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan “Globallashuv va keng ko‘lamli islohotlar sharoitida O‘zbekistonda ijtimoiy jarayonlar dinamikasi va transformatsiyasi” mavzusida tadbirlarni tashkil etishda, “O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy dasturiy loyihalarida foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2025-yil 10-dekabrdagi 01-16/250-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar ijtimoiy xodimlarning fuqarolar bilan muloqotga kirishishida egallangan bilimlardan amaliyotda foydalanish, tinglash, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qilgan;
fanlararo dialog ilmiy ijod jarayonining sinergetik omili sifatida metodologik yangi bilimlar va ilmiy paradigmalar rivojiga ta’sir etuvchi jarayon ekanligi asoslangan hamda “innovatsion sinergetik dialog” modeli orqali uning nazariy jihatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son Farmonida belgilangan ochiq muloqot, jamoatchilik bilan samarali dialogni rivojlantirish, qarorlar qabul qilishda ekspert va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish vazifalarini amalga oshirish doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yi 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida PF-6079-son Farmoni ijrosi doirasida partiya faoliyatida raqamli platformalar orqali muloqotni kuchaytirish, siyosiy qarorlar va dasturiy hujjatlarni muhokama qilishda ochiq va konstruktiv dialog modellarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2025-yil 23-dekabrdagi 01-27/563-sonli dalolatnomasi). Natijalar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining siyosiy tahliliy faoliyatida, xususan partiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslarini ishlab chiqish va jamoatchilikka etkazish jarayonlarida amaliy ahamiyat kasb etishiga xizmat qilgan.
ilmiy ijodiy jamoalarda dialogning inson ma’naviy mas’uliyati va axloqiy refleksiyasini shakllantirish vazifasi asoslanib, sun’iy intellekt bilan dilog jarayonida yuzaga keladigan axloqiy muammolarni tartibga soluvchi “dialog mas’uliyat etikasi” modeli taklif qilingan hamda uning mexanizmlarini ishlab chiqilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot va tashviqot dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 19-dekabrdagi 05-01-21-7055-son ma’lumotnomasi). Natijalar respublikamizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davomida yoshlar ongida ijtimoiy mas’uliyat, zamonaviy bilimlarni tushunish va barqaror taraqqiyot jarayonlariga nisbatan holis yondashuvlarning shakllantirish samaradorligining oshirishga xizmat qilgan.