Primov Baxriddin Abdiraxmonovichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot jadallashuvining jamiyat ma’naviy-axloqiy hayoti taraqqiyotiga ta’siri (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal129.
Ilmiy maslahatchi: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshket davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Otamuratov Sadulla Otamuratovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nishonova Nodiraxon Rayimjonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Toshov Xurshid Ilxomovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot jadallashuvining jamiyat ma’naviy-axloqiy hayoti taraqqiyotiga ta’siri bilan bog‘liq ijtimoiy-falsafiy muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda eksklyuziv (cheklangan) axborot manbalaridan foydalanishda diskreditatsiya (shaxs va davlat obro‘siga putur etkazuvchi xabarlar) ta’siriga tushib qolmasligi uchun bilim va tanqidiy fikrlashni oshirib borishi ko‘proq inklyuziv (aniqligi yuqori, ishonarli va teng) ma’lumotlarga tayanishi reallikning oshishiga yordam berishi isbotlangan;
tarqatilayotgan axborotlar tizimli va regeneratsiya (o‘zini-o‘zi tiklash va qayta tiklanish) xususiyatiga ega bo‘lib, xatti-harakatlardagi netiketning informatsion sinizm (jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni hurmat qilmaslik hamda odob-axloq me’yorlariga nafrat, yuzsizlik, behayolik va h.k)ga ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan;
tarqatilayotgan axborotlar kognitiv (inson ongi va faoliyatini o‘zgartiruvchi) ma’lumotlar asosida adaptatsion manipulyasiya algoritmi orqali ijtimoiy odob va axloqiy qadriyatlarga nisbatan e’tiborning pasayishiga olib keluvchi jihatlar ochib berilgan;
kiberfiribgarlarning yashirin manipulyativ strategiyalari aniqlanib, ular tomonidan axloqiy me’yorlarga zid ravishda onlayn malinformatsiya (zarar etkazish maqsadida ataylab buzib tarqatilgan axborot)dan foydalanish orqali shaxsiy ma’lumotlar, fotosuratlar va raqamli kontent asosida ijtimoiy muhandislik usullari orqali maqsadga erishish mexanizmi ochib berilgan;
informatsion avtoritarizm va ekspansion fikrlarlarning kuchayishi dastlab tobelikka, keyin esa, qaramlikka undovchi dezinformatsion (bir tomonlama fikrni o‘zgatirish) boshqarishga bo‘lgan intilish kuchayishining axborotni selektiv filtrlash, muqobil fikrlashni cheklash, narrativlarni takroriy reproduksiyalash va algoritmik-psixologik manipulyasiya orqali ongga ta’sir ko‘rsatish jihatlari aniqlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Axborot jadallashuvining jamiyat ma’naviy-axloqiy hayotiga bog‘liq bo‘lgan milliy qadriyatlarga, kundalik ijtimoiy odob-axloq me’yorlariga mos ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy tahlilga takliflar asosida:
jamiyatda eksklyuziv (cheklangan) axborot manbalaridan foydalanishda diskreditatsiya (shaxs va davlat obro‘siga putur etkazuvchi xabarlar) ta’siriga tushib qolmasligi uchun bilim va tanqidiy fikrlashni oshirib borishi ko‘proq inklyuziv (aniqligi yuqori, ishonarli va teng) ma’lumotlarga tayanishi reallikning oshishiga yordam berishi isbotlanganligiga oid ilmiy xulosadan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 20-dekabrdagi №06-28-943-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat axborotlashgan sari undagi kiber tahdidlarni inobatga olib moddiy va ma’naviy zarar etkazishini oldini olish maqsadida insonlarda turli aldovlarga tushib qolmaslik uchun ularda kibertahdidlarga qarshi O‘zbekiston tarixi telekanali orqali intellektual bilim hamda ko‘nikmalarini ommaga etkazishda xizmat qilgan;
tarqatilayotgan axborotlar tizimli va regeneratsiya (o‘zini-o‘zi tiklash va qayta tiklanish) xususiyatiga ega bo‘lib, xatti-harakatlardagi netiketning informatsion sinizm (jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni hurmat qilmaslik hamda odob-axloq me’yorlariga nafrat, yuzsizlik, behayolik va h.k)ga ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilganligiga oid ilmiy xulosadan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2025-yil 13-yanvardagi №02/02-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda, o‘quv-uslubiy hamda targ‘ibot ishlari olib borishda kerakli amaliy ko‘rsatma sifatida xizmat qilgan;
tarqatilayotgan axborotlar kognitiv (inson ongi va faoliyatini o‘zgartiruvchi) ma’lumotlar asosida adaptatsion manipulyasiya algoritmi orqali ijtimoiy odob va axloqiy qadriyatlarga nisbatan e’tiborning pasayishiga olib keluvchi jihatlar ochib berilganligiga oid ilmiy xulosadan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2025-yil 11-fevraldagi №1-23/167-son ma’lumotnomasi). Natijada, xolis va haqqoniy axborotlar bilan ta’minlashda, konstruktiv fikrlarni amaliyotga tadbiq etilishida agentlik olib borilgan chora-tadbirlar takomillashuviga xizmat qilgan;
kiberfiribgarlarning yashirin manipulyativ strategiyalari aniqlanib, ular tomonidan axloqiy me’yorlarga zid ravishda onlayn malinformatsiya (zarar etkazish maqsadida ataylab buzib tarqatilgan axborot)dan foydalanish orqali shaxsiy ma’lumotlar, fotosuratlar va raqamli kontent asosida ijtimoiy muhandislik usullari orqali maqsadga erishish mexanizmi ochib berilganligiga oid ilmiy xulosadan Yoshlar Ittifoqi faoliyatida foydalanilgan (Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2025-yil 27-fevraldagi №04-13/184-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturini Toshkent viloyati hududlarida Yoshlar Ittifoqi a’zolarining bu boradagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida targ‘ibot vositalari (mediya ta’lim, ijtimoiy rolik, sotsiologik onlayn so‘rovlar) natijalaridan kelib chiqib, nazariy va amaliy jarayonlardagi tahlili bo‘yicha yangi mezonlar ishlab chiqilishiga xizmat qilgan;
informatsion avtoritarizm va ekspansion fikrlarlarning kuchayishi dastlab tobelikka, keyin esa, qaramlikka undovchi dezinformatsion (bir tomonlama fikrni o‘zgatirish) boshqarishga bo‘lgan intilish kuchayishining axborotni selektiv filtrlash, muqobil fikrlashni cheklash, narrativlarni takroriy reproduksiyalash va algoritmik-psixologik manipulyasiya orqali ongga ta’sir ko‘rsatish jihatlari aniqlab berilganligiga oid ilmiy xulosadan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaz huzuridagi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institute faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaz huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 26-apreldagi №742-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xulosa va takliflar Markazning ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha respublikaning turli hududlarida o‘tkazilgan tadbirlarda foydalanilgan.