Raxmonova Gulzoda G‘anievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’naviyat va ijtimoiy ong bog‘liqligi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal995
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy rahbar: Erkaev Abdurahim Panjievich, falsafa fanlari nomzodi, professor
Rasmiy opponentlar: Teshaev Nutfullo Nasrulloevich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Shaxrisabz davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ma’naviyat va ijtimoiy ong o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik asosida ijtimoiy ong shakllarining ma’naviyat tizimidagi o‘rni va funksional ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviyat taraqqiyotiga ijtimoiy ongning aksiologik, reprezentativ va regulyativ funksiyalarining ma’naviy qadriyatlarni saralash va ierarxiyalashtirish, shaxs va jamoa faoliyatini yo‘naltirishga qaratilgan funksional-determinant ta’siri hamda falsafiy, axloqiy, siyosiy-huquqiy shakllarining qadriyatlarni tanlash, ijtimoiy me’yorlarni legitimlashtirish va shaxs ma’naviy identikligini shakllantiruvchi xususiyatlari ochib berilgan;
rivojlanish jarayonida ma’naviyat butun sifatida ijtimoiy ong shakllariga tizimli (ong shakllarini ma’naviy butunlik doirasida uyg‘unlashtiruvchi), integrativ (funksional va aksiologik aloqalarni bir maqsadga yo‘naltiruvchi) va yo‘naltiruvchi (ijtimoiy xulq-atvor, munosabat va faoliyat mezonlarini belgilab beruvchi) ta’sir etishi, qism sifatida esa kishining ijtimoiy ideal va maqsadlariga qadriyatli-motivatsion (shaxs ma’naviy ehtiyoji, intilishi va eʼtiqodini faollashtiruvchi), faoliyatga undovchi (amaliy harakat va ijtimoiy faollikka aylantiruvchi) tizim sifatida ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan;
ma’naviyatning insonparvar mazmun-mohiyati hamda u ifodalaydigan milliy o‘zlikni anglash, adolat, vatanparvarlik, masʼuliyat, bag‘rikenglik va jamoaviy hamjihatlikka asoslangan qadriyatlar tizimi jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy muhitiga determinant aloqadorligi, ma’naviyatning inson va jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy ravishda aloqadorlikda rivojlanib borishi esa shaxsning ma’naviy kamoloti, ijtimoiy munosabatlarning barqarorlashuvi va milliy taraqqiyotning qadriyatli asoslari orqali namoyon bo‘lishi aniqlashtirilgan;
Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etuvchi avlodni shakllantirishda ma’naviyatni ijtimoiy ongni transformatsiya qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar vorisiyligini ta’minlash, shaxsning intellektual-ma’naviy va yaratuvchanlik salohiyatini faollashtirish asosida modernizatsiya qilish, uning obektiv shart-sharoitlari hamda subektiv omillari uyg‘unligini maqsadli va tizimli ta’minlash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’naviyat va ijtimoiy ong bog‘liqligini tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
ma’naviyat taraqqiyotiga ijtimoiy ongning aksiologik, reprezentativ va regulyativ funksiyalarining ma’naviy qadriyatlarni saralash va ierarxiyalashtirish, shaxs va jamoa faoliyatini yo‘naltirishga qaratilgan funksional-determinant ta’siri hamda falsafiy, axloqiy, siyosiy-huquqiy shakllarining qadriyatlarni tanlash, ijtimoiy me’yorlarni legitimlashtirish va shaxs ma’naviy identikligini shakllantiruvchi xususiyatlariga oid xulosa va tavsiyalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan 21-05/1t-8-son “Ma’naviy etuk yoshlar – porloq kelajak sari yo‘l boshlar” (2023-2024 yy) grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 28-maydagi 04/2200-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant loyihasining nazariy-metodologik asoslarini ma’naviyat va ijtimoiy ong shakllari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, yoshlar ma’naviy kamoloti, ijtimoiy masʼuliyat va fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga oid ilmiy yondashuvlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
rivojlanish jarayonida ma’naviyat butun sifatida ijtimoiy ong shakllariga tizimli (ong shakllarini ma’naviy butunlik doirasida uyg‘unlashtiruvchi), integrativ (funksional va aksiologik aloqalarni bir maqsadga yo‘naltiruvchi) va yo‘naltiruvchi (ijtimoiy xulq-atvor, munosabat va faoliyat mezonlarini belgilab beruvchi) ta’sir etishi, qism sifatida esa kishining ijtimoiy ideal va maqsadlariga qadriyatli-motivatsion (shaxs ma’naviy ehtiyoji, intilishi va eʼtiqodini faollashtiruvchi), faoliyatga undovchi (amaliy harakat va ijtimoiy faollikka aylantiruvchi) tizim sifatida ta’sir ko‘rsatishiga doir xulosa va tavsiyalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokanali “Oltin voha” radiosining 2024-yil 23-aprel kuni “Nuqtai nazar” hamda 2025 yil 3-fevral kunlari efirga berilgan “Kelajak bunyodkorlari” teleradioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 7-apreldagi 17-05/63-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning inson ma’naviy dunyoqarashiga ta’siri haqida ilmiy asoslangan axborot etkazishga xizmat qilgan;
ma’naviyatning insonparvar mazmun-mohiyati hamda u ifodalaydigan milliy o‘zlikni anglash, adolat, vatanparvarlik, masʼuliyat, bag‘rikenglik va jamoaviy hamjihatlikka asoslangan qadriyatlar tizimi jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy muhitiga determinant aloqadorligi, ma’naviyatning inson va jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy ravishda aloqadorlikda rivojlanib borishi esa shaxsning ma’naviy kamoloti, ijtimoiy munosabatlarning barqarorlashuvi va milliy taraqqiyotning qadriyatli asoslari orqali namoyon bo‘lishiga oid tavsiya va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi faoliyatida, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 10-bandi “Avval inson, keyin — jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarni tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 2-maydagi 10/253-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasini hayotga joriy etish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish jarayonida hamda O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy faolligini oshirish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishda va “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi”ni amalga oshirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etuvchi avlodni shakllantirishda ma’naviyatni ijtimoiy ongni transformatsiya qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar vorisiyligini ta’minlash, shaxsning intellektual-ma’naviy va yaratuvchanlik salohiyatini faollashtirish asosida modernizatsiya qilish, uning obektiv shart-sharoitlari hamda subektiv omillari uyg‘unligini maqsadli va tizimli ta’minlash zaruratiga doir mulohazalardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi “Ma’naviy yuksalish va madaniyatni rivojlantirish” bobi 2.1. Milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni asrash va boyitish yo‘nalishida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 30-maydagi 02/02-53-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilim va malakasini rivojlantirishga, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.