Sayfullaev Samarbek Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Barqaror rivojlanish sharoitida muhandislik faoliyatining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fal1504
Ilmiy rahbar: Salimov Baxriddin Lutfullaevich, falsafa fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02
Rasmiy opponentlar: Teshaev Nutfillo Nasrulloevich falsafa fanlari doktori, professor; Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi barqaror taraqqiyotni ta’minlashda muhandislik faoliyatining o‘rnini asoslab berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini muhandislik ta’limi orqali shakllantirishning kovergent (mustaqillikni anglash, mas’uliyatli munosabatda bo‘lish va daxldor kasbiy pozisiyani rivojlantirish) va divergent (muammolarga muqobil echim topish, innovatsion loyihalash va ijodiy-konstruktiv tafakkur) kabi xususiyatlari aniqlashtirilgan;
muhandislikning hududiy infratuzilmani takomillashtirish, resurslardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik modernizatsiyalash kabi mahalliy, ekologik muvozanatni saqlash, transmilliy texnologik hamkorlikni rivojlantirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish kabi global barqarorlikka ta’siri hamda texnogen sivilizatsiya, raqamli transformatsiya va “yashil iqtisodiyot”ga obektiv ta’sir etishi asoslangan;
muhandislikning ijtimoiy taraqqiyot omillariga deterministik (aholi turmush sifati, ishlab chiqarish munosabatlari va infratuzilma) ta’siri va indeterministik (inson kapitali rivoji, innovatsion tafakkur va qadriyatlar tizimi transformatsiyasi) ta’siri hamda ijtimoiy ehtiyojlarni ratsional qondirish va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan institutsional xususiyatlari ochib berilgan;
muhandislikning gumanitar, iqtisodiy, ekologik inqirozlar va muammolarni bartaraf etishda texnologik xavflarni prognozlash va inson manfaatiga yo‘naltirilgan texnik qarorlar qabul qilishga doir funksional, muhandislik ta’limini modernizatsiyalash, “davlat–jamiyat–biznes” hamkorligiga yo‘naltirilgan institutsional mexanizmlarni takomillashtirish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Barqaror rivojlanish sharoitida muhandislik faoliyatini tadqiq etish, bu boradagi islohotlarning ijtimoiy-falsafiy tahlilini amalga oshirish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlarda yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini muhandislik ta’limi orqali shakllantirishning kovergent (mustaqillikni anglash, mas’uliyatli munosabatda bo‘lish va daxldor kasbiy pozisiyani rivojlantirish) va divergent (muammolarga muqobil echim topish, innovatsion loyihalash va ijodiy-konstruktiv tafakkur) kabi xususiyatlariga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishi belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar”ning 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 21-avgustdagi 10/525-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat taraqqiyotida muhandislik to‘g‘risidagi ilmiy, nazariy va amaliy bilimlarining ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy metadologiyasini asoslashga xizmat qilgan;
muhandislikning hududiy infratuzilmani takomillashtirish, resurslardan oqilona foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik modernizatsiyalash kabi mahalliy, ekologik muvozanatni saqlash, transmilliy texnologik hamkorlikni rivojlantirish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish kabi global barqarorlikka ta’siri hamda texnogen sivilizatsiya, raqamli transformatsiya va “yashil iqtisodiyot”ga obektiv ta’sir etishiga doir xulosa va umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining targ‘ibot faoliyatida, markazlarning yo‘l xaritasi hamda oqilona samarali echimlarni takomillashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish” markazi ilmiy loyihalar dasturiga kiritilgan “Sun’iy intellektdan foydalangan holda talabalarning ma’naviy qiyofasi va ijtimoiy faolligini baholash” mavzusida jamoatchilik fikrini o‘rganish so‘rovida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2026-yil 13-yanvardagi 2-13-21-211-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish” markazining 2026-yil 12-yanvardagi 1/08-2-son ma’lumotnomalari). Natijada, mamlakatimiz taraqqiyotida muhandislik qadriyatlarini targ‘ib qilishda, oqilona samarali echimlarni takomillashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda hamda innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
muhandislikning ijtimoiy taraqqiyot omillariga deterministik (aholi turmush sifati, ishlab chiqarish munosabatlari va infratuzilma) ta’siri va indeterministik (inson kapitali rivoji, innovatsion tafakkur va qadriyatlar tizimi transformatsiyasi) ta’siri hamda ijtimoiy ehtiyojlarni ratsional qondirish va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan institutsional xususiyatlariga oid nazariy umumlashma va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-son “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 27-fevraldagi 04-11/6698-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhandislikning mazmun-mohiyati, mamlakatimiz taraqqiyotida pragmatik hamda kreativ fikrlovchi yosh muhandis kadrlarni tayyorlashning zamonaviy uslublarini takomillashtirishga qaratilgan dasturlari sohada kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash jarayonini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
muhandislikning gumanitar, iqtisodiy, ekologik inqirozlar va muammolarni bartaraf etishda texnologik xavflarni prognozlash va inson manfaatiga yo‘naltirilgan texnik qarorlar qabul qilishga doir funksional, muhandislik ta’limini modernizatsiyalash, davlat–jamiyat–biznes hamkorligiga yo‘naltirilgan institutsional mexanizmlarni takomillashtirish zaruratiga doir ilmiy taklif-tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix bilan tanishuv” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 14-noyabrdagi 01-33/852-son ma’lumotnomasi). Natijada telekanal tomonidan tayyorlangan jamiyat va ilmiy-texnik taraqqiyot mavzusi ostidagi ko‘rsatuvlar mazmunini yanada boyitishga xizmat qilgan.