Boymirzaev Ismoiljon Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): VII-VIII asrlarda Arab xalifaligi istilosiga qarshi kurashda Movarounnahr hukmdorlarning o‘rni va roli, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tar2174
Ilmiy rahbar: O‘ljaeva Shoxista Mamajonovna – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy taqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich – tarix fanlari doktori, professor, Erqo‘ziev Anvarjon Ashurovich – tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Arab xalifaligining VII-VIII asrlarda Movarounnahrni uzil-kesil egallash jarayonida ularga qarshi kurashgan mahalliy hokimlar faoliyatini tadqiq etish va ilmiy asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VII asrning ikkinchi yarmi – VIII asr boshlarida Xuroson va Movarounnahrda yuz bergan siyosiy voqealarda yetakchi va muhim o‘rin tutgan Nizak Tarxon I va Nizak Tarxon II bir xil nomdan tashqari har ikkisi ham arablarga qarshi kurashganligi uchun tarixiy tadqiqotlarda ularni bir shaxs sifatida yanglish xulosaga kelinganligi arab tilli manbalar orqali dalillangan;
Arab tilidagi manbalarga asoslanib, Qutayba ibn Muslim tomonidan 714-yilda Xorazm vohasi hududlariga ikkinchi marta harbiy yurish uyushtirganligi, bunga esa xorazmliklarning islom dinidan voz kechib, qadimiy ajdodlari e’tiqodiga qaytgani sabab bo‘lganligi aniqlangan;
Ibn A’sam al-Kufiyning “Kitob al-futuh” asaridagi Samarqand hokimi Gurak va Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim orasida imzolangan shartnoma ilk marta to‘laligicha o‘zbek tilida ilmiy muomalaga kiritildi, ayni tarjimaning Arab xalifaligi va mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yoritishdagi muhim manba ekanligi asoslangan.
Tarixiy manbalar asosida 720-743-yillarda Markaziy Osiyo hukmdorlari va mahalliy aholi orasida islom dinini rasman qabul qilganlar sonining ortishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatganligi, buning oqibatida arablar tomonidan mahalliy sulolalarning tugatilishi tezlashtirilganligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. VII–VIII asr boshlarida O‘rta Osiyoda kechgan siyosiy jarayonlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
VII asrning ikkinchi yarmi – VIII asr boshlarida Xuroson va Movarounnahrda yuz bergan siyosiy voqealarda yetakchi va muhim o‘rin tutgan Nizak Tarxon I va Nizak Tarxon II bir xil nomdan tashqari har ikkisi ham arablarga qarshi kurashganligi uchun tarixiy tadqiqotlarda ularni bir shaxs sifatida yanglish xulosaga kelinganligiga doir ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishda belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik xissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” 23-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 23-iyundagi 10/368-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar markazining targ‘ibot materiallarini yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
Arab tilidagi manbalarga asoslanib, Qutayba tomonidan 714-yilda Xorazm vohasi hududlariga ikkinchi marta harbiy yurish uyushtirganligi, bunga esa xorazmliklarning islom dinidan voz kechib, qadimiy ajdodlari e’tiqodiga qaytgani sabab bo‘lganligi haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston” DM telekanalida 2022-2024-yiilarda namoyish etilgan “Ta’lim va taraqqioyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Tarixni bilasizmi?” ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali davlat muassasining 2024-yil 16-dekabrdagi 04-36-1307-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning O‘zbekiston tarixi va unga doir bilim, tassavurlarini yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
Ibn A’sam al-Kufiyning “Kitob al-futuh” asaridagi Samarqand hokimi Gurak va Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim orasida imzolangan shartnoma ilk marta to‘laligicha o‘zbek tilida ilmiy muomalaga kiritildi, ayni tarjimaning Arab xalifaligi va mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yoritishdagi muhim manba ekanligi kelinganligiga doir ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilda ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishda belgilangan “Aholi o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yangilanish jarayonlari va tub islohotlarga daxldorlik hissini uyg‘otish, tarixiy va muhim sanalarda ularni birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar” o‘tkazilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 23-iyundagi 10/368-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar markazining targ‘ibot materiallarini yanada boyitilishiga, ilmiy ahamiyatini ortishiga xizmat qilgan;
Tarixiy manbalar asosida 720-743-yillarda Markaziy Osiyo hukmdorlari va mahalliy aholi orasida islom dinini rasman qabul qilganlar sonining ortishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatganligi, buning oqibatida arablar tomonidan mahalliy sulolalarning tugatilishiga oid xulosalardan “O‘zbekiston” DM telekanalida 2022-2024-yiilarda namoyish etilgan “Ta’lim va taraqqioyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Tarixni bilasizmi?” ko‘rsatuvlarining ssenariysini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali davlat muassasining 2024-yil 16-dekabrdagi 04-36-1307-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar va yosh avlodning O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq bilim, tassavurlarini yanada boyitilishi hamda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.