Rahmonova Parvina Bahodir qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Samarqand tarixi” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1692
Ilmiy rahbar: Florian Schwarz tarix fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.09.01
Rasmiy opponentlar: Normurodova Go‘zal Bekmurodovna, tarix fanlari doktori, professor, Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida Samarqandda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ilm-fan sohalari rivojlanish tendensiyasi va unga ta’sir ko‘rsatgan omillarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
“Musaxxir al-bilod”, “Bahr ul-asror”, “Nasomot ul-quds min hadoyiq ul- uns”, “Zubdat ul-maqomot”, “Tarixi sayyid roqim” kabi asarlarni tahlili asosida Boqi Muhammad Samarqand hokimligi davrida o‘zining harbiy va diplomatik jihatlari bilan atrofida ko‘plab tarafdorlarini yig‘a olgani natijasida Bog‘i shamol jangida g‘alaba qozongani, oliy hokimiyatga kelgach, samarqandlik amaldorlar va ulamolarga suyangani xususan, bosh vazir (devonbegi) lavozimiga Mirzo Hoshim Samarqandiyni tayinlagani isbotlangan.
Vali Muhammadxon taxtga o‘tirgach markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun jiyanlari – Samarqand hokimi Imomquli va uning ukasi Nadir Muhammadga qarshi kurash olib borgani, hal qiluvchi Mog‘iyon jangi Samarqandda bo‘lgani, jangda foydalanilgan qurollar va Samarqand qal’asini egallashda qo‘llanilgan harbiy taktika hamda bu jangda samarqandlik amaldorlar va ulamolar ham Imomqulini qo‘llab-quvvatlagani, jangdan so‘ng uni taxtga o‘tqazilgani “Imomqulinoma”, “Bahr ul-asror”, Silsilat as-salotin” kabi manbalar asosida dalillangan.
Boqi Muhammadxonning Samarqand arkida 1604-yilda ko‘rinishxona, Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy xonaqohida ayvon va gumbaz qurishi, Samarqandning To‘qay tim maydonida tabib Boqibiy bemorlarni to‘plab, kasalliklarga davo bo‘luvchi dorilar tavsiyanomasini yaratgani, Nadir devonbegi, qozi Soqiy, a’lam Muhammad Olim Siddiqiy kabi mansabdorlarning qurdirgan madrasasi uchun vaqflar ajratgani, Xurjin madrasasi qozilar tayyorlaydigan asosiy oliygoh hisoblangani, Samarqand hokimi Abdulkarimbiy zamonida har hafta talabalar majlisi o‘tkazilib, iqtidorlilariga in’om berib turilgani aniqlangan.
Ahroriylar xonadoni vakillarining ashtarxoniylar sulolasi davrida Samarqand ijtimoiy-ma’naviy hayotida munosib o‘ringa ega bo‘lgani, Samarqand shayx ul-islomi lavozimiga faqat shu xonadon vakillari tayinlangani, ular Boqi Muhammadxon zamonida qozoqlar ustidan g‘alaba qozonishda ko‘maklashgani, Imomqulixonning taxtni egallashiga qatnashgani, Ubaydullohxon 1709-yil Samarqanddagi qo‘zg‘olonni bartaraf etishda Xoja Abdurasul madadiga tayangani dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Samarqand tarixi mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Musaxxir al-bilod”, “Bahr ul-asror”, “Nasomot-ul-quds min hadoyiq ul-uns”, “Zubdat ul-maqomot”, “Tarixi sayyid roqim” kabi asarlarni tahlili asosida Boqi Muhammad Samarqand hokimligi davrida o‘zining harbiy va diplomatik jihatlari bilan atrofida ko‘plab tarafdorlarini yig‘a olgani natijasida Bog‘i shamol jangida g‘alaba qozongani, oliy hokimiyatga kelgach, samarqandlik amaldorlar va ulamolarga suyangani xususan, bosh vazir lavozimiga Mirzo Hoshim Samarqandiyni tayinlagani kabi ilmiy xulosalardan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti kengashining qaroriga asosan nashr etilgan “O‘zbekiston tarixi: Samarqand tarixi” (Samarqand: “Samarqand davlat chet tillari instituti” nashriyoti, 2023. – 332 b.) nomli o‘quv qo‘llanmaning 11-mavzusini shakllantirishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2025-yil 10-oktyabrda berilgan 10-5335-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar talabalarda Samarqand tarixining XVII-XVIII asrlarda yuz bergan siyosiy o‘zgarishlariga doir bilimlarini mustahkamlash uchun xizmat qilgan.
Vali Muhammadxon taxtga o‘tirgach, markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun jiyanlari – Samarqand hokimi Imomquli va uning ukasi Nadir Muhammadga qarshi kurash olib borgani, hal qiluvchi Mog‘iyon jangi Samarqandda bo‘lgani, jangda foydalanilgan qurollar va Samarqand qal’asini egallashda qo‘llanilgan harbiy taktika hamda bu jangda samarqandlik amaldorlar va ulamolar ham Imomqulini qo‘llab-quvvatlagani, jangdan so‘ng uni taxtga o‘tqazilgani kabi ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Sayohatnoma” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi, 2025, 28-martdagi 01-30/190-sonli ma’lumot-nomasi). Natijalar Ashtarxoniylar davri ijtimoiy-siyosiy va madaniy tarixiga doir ma’lumotlarning ilmiy asoslanishiga yordam bergan.
Boqi Muhammadxonning Samarqand arkida 1604-yilda ko‘rinishxona, Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy xonaqohida ayvon va gumbaz qurishi, Samarqandning To‘qay tim maydonida tabib Boqibiy bemorlarni to‘plab, kasalliklarga davo bo‘luvchi dorilar tavsiyanomasini yaratgani kabi ilmiy yangiliklardan “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi tizimidagi ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligi, 2025-yil 21-apreldagi 04-05/1505-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Samarqand tarixi to‘g‘risidagi yangi xulosalarni ommalashtirishga xizmat qilgan. 
Ahroriylar xonadoni vakillarining ashtarxoniylar sulolasi davrida Samarqand ijtimoiy-ma’naviy hayotida munosib o‘ringa ega bo‘lgani, Samarqand shayx ul-islomi lavozimiga faqat shu xonadon vakillari tayinlangani, ular Boqi Muhammadxon zamonida qozoqlar ustidan g‘alaba qozonishda ko‘maklashgani, Imomqulixonning taxtni egallashiga qatnashgani, Ubaydullohxon 1709-yil Samarqanddagi qo‘zg‘olonni bartaraf etishda Ahroriylar oilasi vakili Xoja Abdurasul madadiga tayangani kabi ilmiy yangiliklardan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti kengashining qaroriga asosan nashr etilgan “O‘zbekiston tarixi: Samarqand tarixi” (Samarqand: “Samarqand davlat chet tillari instituti” nashriyoti, 2023. – 332 b.) nomli o‘quv qo‘llanmaning 11-mavzusini shakllantirishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2025-yil 10-oktabda berilgan 10-5335-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Ashtarxoniylar sulolasi Samarqand tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talabalarga etkazishga, ularning tarixiy bilimlarini boyitishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish