Shokirova Maxbuba Nazirg‘ulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilidagi «sport» sememali birliklarning struktur-semantik tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Fil697.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muxamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek tilidagi «sport» sememali birliklarning umumiy leksik sistemadagi o‘rnini belgilash, semantik tahlilga tortish va ularning lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili umumlisoniy leksikasi, sport sohaviy birliklari va terminologik qatlamga doir lug‘aviy birliklarning iste’mol darajasi ochib berilgan;
«sport» sememali shaxs, predmet va jarayon nomlarini anglatuvchi leksemalarning semantik belgilari aniqlangan;
sohaviy birliklar tarkibidagi kurashmoq, tepmoq, yugurmoq, sakramoq singari leksemalarning sintagmatik munosabati orqali ularning lokal va temporal valentliklari asoslangan;
o‘zbek milliy kurashi va ot sportiga doir uloq, ko‘pkari, kurash, qilichbozlik kabi lug‘aviy birliklarning lingvokul`turologik asoslari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilidagi «sport» sememali birliklarning struktur-semantik va lingvokul`turologik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
terminologik leksikasining taraqqiyoti, sohaviy leksik sistemaning semantik xususiyatlari, sport terminlarining lingvistik tabiati bilan bog‘liq natijalardan 2017-2018 yillarda bajarilgan I-2017-1-14/3 raqamli «O‘quvchi yoshlar uchun olimpiya ta’limining samarali tizimini yaratish» nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3706-son ma’lumotnomasi). Natijada sport terminlari, umumtil materiallaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishga erishilgan, zaruriy o‘rinlarda ularning o‘zbekcha muqobiliga almashtirishda foydalanilgan;
o‘zbek tilidagi sportga oid tushunchalarning lingvokul`turologik tahliliga doir nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-099 raqamli «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizligini ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3706-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq o‘yinlari, milliy sportga xos so‘zlar, umumtil materiallaridan o‘rinli foydalanishga erishilgan.