Jumaev Jo‘rabek Boboqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi):
“XX asrning 50-80-yillarida O‘zbekistonda o‘tkazilgan ko‘chirish siyosati (Nurota vohasi misolida)”, “07.00.01 – O‘zbekiston tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1023.
Ilmiy rahbar: Toshboev Furqat Eshboevich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc 03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Gʻafforov Shokir Safarovich; tarix fanlari doktori, dotsent Xolmuminov Xusan Eshmuminovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 50-80-yillarida O‘zbekistonda o‘tkazilgan ko‘chirish siyosatini Nurota vohasi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Nurota vohasida ko‘chirishning dastlabki yillarida mazkur siyosatga qarshi kayfiyatning shakllanishiga asosan, yangi erlarni o‘zlashtirishda sovet hukumati tomonidan aniq mexanizmlar ishlab chiqilmaganligi, targ‘ibot-tashviqot ishlarining sust olib borilganligi, hujjatlarni yuritish va moddiy yordamlarni ajratishda pala-partishlikka yo‘l qo‘yilganligi, voha aholisi xo‘jalik-madaniy xususiyatlari, tarixiy shakllanishi va mentaliteti etarlicha hisobga olinmaganligi kabilar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlangan;
yangi erlarning o‘zlashtirilishi asosan, ishchi kuchini xalq xo‘jaligi tarmoqlariga teng taqsimlash va tashkil etilgan xo‘jaliklarni mehnat resurslari bilan ta’minlash dasturi asosida olib borilib, ular yuz minglab aholini ko‘chirish hisobiga hal qilinganligi, ushbu jarayon Nurota vohasida tashqi va ichki ko‘chirishlar shaklida amalga oshirilganligi hamda ko‘chirma aholining fidokorona mehnati tufayli minglab gektar qo‘riq erlar o‘zlashtirilib, paxta hosildorligi yildan yilga oshib borganligi ochib berilgan;
ko‘chirishning dastlabki o‘n yilligida yangi o‘zlashtirilayotgan hududlarda aholining noqulay sharoitda yashaganligi yoki turar joy bilan ta’minlanmaganligi, moddiy ta’minot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa qator sohalarda xizmat ko‘rsatishning etarli darajada yo‘lga qo‘yilmasligi kabi omillar qo‘nimsizlik darajasining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lganligi, biroq XX asr 70-yillaridan boshlab hukumat tomonidan yaratib berilgan sharoitlar tufayli aholining cho‘l hududlariga ixtiyoriy sur’atda ko‘chishlari sodir bo‘lganligi aniqlangan;
XX asrning 70–80-yillaridan keyin yangi tashkil etilgan posyolka va shaharchalarda yashayotgan aholining maishiy turmush tarzida kechgan o‘zgarishlarga sovet mafkurasiga asoslangan turli mavzulardagi targ‘ibotlar, ateizm va evropacha an’analar ta’sir ko‘rsatib, ular aholining yashash tarzi va dunyoqarashida o‘zgarishlarga sabab bo‘lsa-da, kishilar ongida milliy va diniy qadriyatlariga sodiqlik, ota yurtiga nisbatan daxldorlik tuyg‘ulari saqlanib qolganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning 50-80-yillarida O‘zbekistonda o‘tkazilgan ko‘chirish siyosati (Nurota vohasi misolida) ga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Nurota vohasida ko‘chirishning dastlabki yillarida mazkur siyosatga qarshi kayfiyatning shakllanishiga asosan, yangi erlarni o‘zlashtirishda sovet hukumati tomonidan aniq mexanizmlar ishlab chiqilmaganligi, targ‘ibot-tashviqot ishlarining sust olib borilganligi, hujjatlarni yuritish va moddiy yordamlarni ajratishda pala-partishlikka yo‘l qo‘yilganligi, voha aholisi xo‘jalik-madaniy xususiyatlari, tarixiy shakllanishi va mentaliteti etarlicha hisobga olinmaganligi kabilar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlanganligi haqidagi ma’lumotlardan Jizzax viloyati madaniyati tarixi davlat muzeyida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Madaniy meros” agentligining 2024-yil 30-iyuldagi 02-05/2833-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar fuqarolarimizning sovet davri tarixini o‘rganishga oid bilimlarini oshirishiga xizmat qilgan;
yangi erlarning o‘zlashtirilishi asosan, ishchi kuchini xalq xo‘jaligi tarmoqlariga teng taqsimlash va tashkil etilgan xo‘jaliklarni mehnat resurslari bilan ta’minlash dasturi asosida olib borilib, ular yuz minglab aholini ko‘chirish hisobiga hal qilinganligi, ushbu jarayon Nurota vohasida tashqi va ichki ko‘chirishlar shaklida amalga oshirilganligi hamda ko‘chirma aholining fidokorona mehnati tufayli minglab gektar qo‘riq erlar o‘zlashtirilib, paxta hosildorligi yildan yilga oshib borganligi haqidagi ma’lumotlardan Jizzax viloyati madaniyati tarixi davlat muzeyida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Madaniy meros” agentligining 2024-yil 30-iyuldagi 02-05/2833-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar va ko‘rgazma materiallar muzeyga tashrif buyurgan kishilar va ayniqsa, yoshlar orasida mamlakatimizning sovet davri tarixini o‘rganishga oid bilimlarini yanada oshirishiga xizmat qilgan;
ko‘chirishning dastlabki o‘n yilligida yangi o‘zlashtirilayotgan hududlarda aholining noqulay sharoitda yashaganligi yoki turar joy bilan ta’minlanmaganligi, moddiy ta’minot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa qator sohalarda xizmat ko‘rsatishning etarli darajada yo‘lga qo‘yilmasligi kabi omillar qo‘nimsizlik darajasining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lganligi, biroq XX asr 70-yillaridan boshlab hukumat tomonidan yaratib berilgan sharoitlar tufayli aholining cho‘l hududlariga ixtiyoriy sur’atda ko‘chishlari sodir bo‘lganligi aniqlanganligi kabi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 25-oktyabrdagi 01-44-350-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallar O‘zbekistonning XX asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etgan;
XX asrning 70–80-yillaridan keyin yangi tashkil etilgan posyolka va shaharchalarda yashayotgan aholining maishiy turmush tarzida kechgan o‘zgarishlarga sovet mafkurasiga asoslangan turli mavzulardagi targ‘ibotlar, ateizm va evropacha an’analar ta’sir ko‘rsatib, ular aholining yashash tarzi va dunyoqarashida o‘zgarishlarga sabab bo‘lsa-da, kishilar ongida milliy va diniy qadriyatlariga sodiqlik, ota yurtiga nisbatan daxldorlik tuyg‘ulari saqlanib qolganligi kabi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 25-oktyabrdagi 01-44-350-son ma’lumotnomasi). Ushbu materiallar teletomoshabinlarga etkazilib, ular tafakkurida O‘zbekistonning XX asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar tarixini yanada chuqur anglashga xizmat qilgan.