Tuev Fazliddin Erkinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning tashqi aloqalardagi ishtiroki tarixi (Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligida.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tar540
Ilmiy maslahatchi: Xaitov Shadmon Ahmadovich - tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aminova Aziza Marksovna - tarix fanlari doktori, dotsent; Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich - tarix fanlari doktori, professor; Ishquvatov Valikul Turdievichlar - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2025-yillarda O‘zbekistonning tashqi aloqalarida Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ishtirokini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarining O‘zbekiston tashqi aloqalaridagi ishtirokida o‘ziga xos hududiy omillar mavjudligi, viloyatlarning Zarafshon vohasi landshaftida joylashganligi (cho‘l voha, cho‘l dasht Buxoro va Navoiy viloyatlari, tog‘ va tog‘ oldi Samarqand viloyati hududda ekanligi), bu xususiyatlar xalqaro munosabatlarga kirishishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishini xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarga kirishish imkoniyatlari keng ekanligi, mustaqillikning dastlabki yillarida hamkorlikning turli (chet el investisiyalarini jalb etish, sanoat va qishloq xo‘jaligida hamkorlik korxonalari tarmog‘ini yaratish va hokazo) ko‘rinishlari vujudga kelganligi aniqlangan;
Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlarida tashqi aloqalarni rivojlantirishda ularning hududiy va xo‘jalik imkoniyatlaridan kelib chiqib, eksport bop o‘simliklar (Buxoro va Navoiy viloyatlari cho‘llarida o‘sadigan sistanxe, isiriq, ravoch, kovrak va hokazolar) meva va sabzavotlar (Samarqand viloyatida uzum va olma, kartoshka, pomidor va hokazo), issiqxonada etishtiriladigan yangi ekin navlari kabilarni xorijga eksportini ko‘paytirish respublika iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qilishi asoslantirilgan;
Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida respublikaning boshqa hududlariga nisbatan xizmat ko‘rsatish va turizm tarmoqlarida hamkorlik istiqbollari kengligi ayniqsa tarixiy obidalar va madaniy obektlar hamda yodgorliklarga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro viloyatlarida turizm oqimlarini yanada yuksaltirish, Navoiy viloyatida cho‘l turizmini rivojlantirish, integratsiya jarayonlarini jadallashtirish kutilgan ijobiy natijalarni berishi isbotlangan;
Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlari xorijiy aloqalarga kirishishida g‘arb va sharqning o‘nlab shaharlari bilan birodarlashuvi, Jahon “Birodarlashgan shaharlar Assotsiatsiyasi”ga a’zo ekanligi, shaharsozlik madaniyatiga ilg‘or dunyo tajribasini o‘zlashtirishi borasidagi masalalar hamda muzeylar faoliyati tizimli tahlil etilib, tashqi aloqalarda viloyatlardagi tuman va shaharlarning ishtiroki, ular faol aloqalarga kirishishida ayrim cho‘l hududlarining (Navoiy viloyatida Tomdi, Konimex tumanlari, Uchquduq va Zarafshon shaharlari, Buxoro viloyatida Qorovulbozor tumani va hokazo), viloyat markazidan uzoq masofalarda joylashganligi, malakali xodimlar qo‘nimsizligi va boshqa sabablar tufayli to‘la imkoniyatlarini ishga sola olmayotganligi ochiqlangan;
Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari ijtimoiy sohalarda (ta’lim, tibbiyot, maishiy xizmat ko‘rsatish) xorij bilan hamkorlik aloqalarida boy tajriba orttirganligi, oliy o‘quv yurtlariga maktab bitiruvchilarni o‘qishga kirishida yetakchi o‘rinda turishi, ta’lim grantlari, xorijda ta’lim oluvchilar sonining oshib borishi, tibbiyotni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi va murakkab jarrohlik amaliyotlari joriy etilishi va hokazo), madaniy aloqalarda an’anaviy xalqaro anjumanlarni o‘tkazishni (xalqaro festivallar, madaniyat kunlari va hokazo), kabilar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning tashqi aloqalardagi ishtiroki tarixi (Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari misolida)” mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarining O‘zbekiston tashqi aloqalaridagi ishtirokida o‘ziga xos hududiy omillar mavjudligi, viloyatlarning Zarafshon vohasi landshaftida joylashganligi (cho‘l voha, cho‘l dasht Buxoro va Navoiy viloyatlari, tog‘ va tog‘ oldi Samarqand viloyati hududda ekanligi), bu xususiyatlar xalqaro munosabatlarga kirishishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishini xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarga kirishish imkoniyatlari keng ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ayrim dasturlarini bajarishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 22-oktyabrdagi 03-12-17-6133-son ma’lumotnomasi). Natijada, festivallar to‘g‘risida nizom loyihasini ishlab chiqish, davlat teatrlari va xorijiy teatrlar bilan ijodiy hamkorliklarni mustahkamlash, aholini jahonning eng namunali sara asarlaridan bahramand etish, teatrlardagi ijodiy xodimlarni sohaning etuk xorijiy mutaxassislari bilan tajriba almashish ishlarini tashkil etishga, takomillashtirishga xizmat qilgan.
Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida respublikaning boshqa hududlariga nisbatan xizmat ko‘rsatish va turizm tarmoqlarida hamkorlik istiqbollari kengligi ayniqsa tarixiy obidalar va madaniy obektlar hamda yodgorliklarga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro viloyatlarida turizm oqimlarini yanada yuksaltirish, Navoiy viloyatida cho‘l turizmini rivojlantirish, integratsiya jarayonlarini jadallashtirish kutilgan ijobiy natijalarni berishi borasidagi ma’lumotlardan Turizm qo‘mitasining yillik yo‘l xaritlarida keltirilgan ma’naviy tadbirlarni hamda turli targ‘ibot-tashviqot ishlarni bajarishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 20-oktyabrdagi 03-10-17-10813-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘tkazilgan tabirlarni va targ‘ibot-tashviqot ishlarini mazmunli hamda aholiga tushunarli bo‘lishiga xizmat qildi.
Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlari xorijiy aloqalarga kirishishida g‘arb va sharqning o‘nlab shaharlari bilan birodarlashuvi, Jahon “Birodarlashgan shaharlar Assotsiatsiyasi”ga a’zo ekanligi, shaharsozlik madaniyatiga ilg‘or dunyo tajribasini o‘zlashtirishi borasidagi masalalar hamda milliy-madaniy markazlar faoliyati tizimli tahlil etilib, tashqi aloqalarda viloyatlardagi tuman va shaharlarning ishtiroki, ular faol aloqalarga kirishishida ayrim cho‘l hududlarining (Navoiy viloyatida Tomdi, Konimex tumanlari, Uchquduq va Zarafshon shaharlari, Buxoro viloyatida Qorovulbozor tumani va hokazo), viloyat markazidan uzoq masofalarda joylashganligi, malakali xodimlar qo‘nimsizligi va boshqa sabablar tufayli to‘la imkoniyatlarini ishga sola olmayotganligi haqidagi ma’lumotlardan Turizm qo‘mitasining “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 20-oktyabrdagi 03-10-17-10813-son ma’lumotnomasi). Natijada Nurotadagi (Navoiy) “Chashma” ziyoratgohi, Samarqandda “Imom Buxoriy” yodgorlik majmuasi va Buxoro viloyatidagi “Etti pir” ziyoratgohlari bilan bog‘lagan holda “Turizm halqasi” hamda “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan.
Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlarida tashqi aloqalarni rivojlantirishda ularning hududiy va xo‘jalik imkoniyatlaridan kelib chiqib, eksport bop o‘simliklar (Buxoro va Navoiy viloyatlari cho‘llarida o‘sadigan sistanxe, isiriq, ravoch, kovrak va hokazolar) meva va sabzavotlar (Samarqand viloyatida uzum va olma, kartoshka, pomidor va hokazo), issiqxonada etishtiriladigan yangi ekin navlari kabilarni xorijga eksportini ko‘paytirish respublika iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qilishi haqidagi ma’lumotlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanalida 2025-yil yanvar-sentyabr oylari davomida efirga uzatilgan “Tahlilnoma” informatsion dasturi hamda “O‘zbekiston-umumiy uyimiz”, “Tadbirkorlar teleklubi”, “Taraqqiyot tayanchi”, “Biznes start” kabi ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy teledasturlar va ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalangan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 Ijodiy Birlashmasi” davlat muassasasi 2025-yil 21-oktyabrdagi 05-09-1643-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqillik yillarida Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarining geografik joylashuvi va iqtisodiy salohiyati ularning tashqi aloqalarda faol ishtirok etishiga imkon yaratib, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan.
Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari ijtimoiy sohalarda (ta’lim, tibbiyot, maishiy xizmat ko‘rsatish) xorij bilan hamkorlik aloqalarida boy tajriba orttirganligi, oliy o‘quv yurtlariga maktab bitiruvchilarni o‘qishga kirishida yetakchi o‘rinda turishi, ta’lim grantlari, xorijda ta’lim oluvchilar sonining oshib borishi, tibbiyotni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi va murakkab jarrohlik aaliyotlari joriy etilishi va hokazo)ga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 02-28/25824-son ma’lumotnomasi). Natijada, tibbiyot va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tibbiyot muassasalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, aholi salomatligi va ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini yuksaltirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.