Murodov Halim Salimovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda turizmning rivojlanish tarixi: Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari misolida (1991-2024-yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligida
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tar492
Ilmiy maslahatchi: Komiljon Rahmatovich Rahimov- tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich - tarix fanlari doktori, professor; Matyakubov Xamdam Xamidjanovich - tarix fanlari doktori, dotsent; Sanobar Nurmatovna Djuraeva - tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.     
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston oziq-ovqat va engil sanoatlarining rivojlanishi borasidagi iqtisodiy 1991–2024-yillar oralig‘ida Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari misolida turizmning rivojlanish tarixini, shuningdek, davlat siyosati, infratuzilma, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini ilmiy asosda kompleks tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda turizm rivojlanishi tarixi ilk bor Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari misolida hududiy-lokal, iqtisodiy tarix va ijtimoiy-tarixiy yondashuvlar asosida kompleks tarzda tadqiq etilib, mustaqillikdan keyingi davr “turizmning qayta shakllanish bosqichi” (1991–2016) hamda “jadal modernizatsiya va xalqaro integratsiya bosqichi” (2017–2024) kabi ikki tarixiy davrga ajratildi hamda ushbu bosqichlarning davlat siyosati, infratuzilma, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalqaro hamkorlik bilan o‘zaro bog‘liqligi dalillantirildi;
mustaqillikning dastlabki yillarida amal qilgan qat’iy viza, bojxona va chegara siyosatining O‘zbekiston turizmi rivojiga salbiy ta’siri tarixiy-qiyosiy metod asosida ilk bor tizimli ravishda ochib berilib, ushbu siyosatning mamlakatning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini pasaytirgani, mintaqaviy turizm integratsiyasini sekinlashtirgani hamda xorijiy turistlar oqimining boshqa davlatlarga yo‘nalishiga sabab bo‘lgani ilmiy jihatdan asoslandi, shuningdek, 2017-yildan keyingi viza liberallashuvi, elektron vizalar va raqamli xizmatlarning joriy etilishi turizm taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergani isbotlandi;
Samarqand shahri misolida UNWTO, UNESCO, ICESCO, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan olib borilgan hamkorlik natijasida turizm infratuzilmasining xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilinishi, xorijiy mehmonxona brendlarining joriy etilishi, tarixiy-madaniy merosning global miqyosda targ‘ib qilinishi hamda shaharning Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishidagi yirik turistik markazga aylanish mexanizmlari ilk bor asoslantirildi;
Buxoro va Xiva shaharlari misolida tarixiy-madaniy meros obektlari, diniy-me’moriy yodgorliklar hamda xalqaro infoturlar, medialoyihalar va targ‘ibot dasturlarining turizm rivojiga ta’siri statistik va qiyosiy ma’lumotlar asosida tadqiq etilib, ushbu shaharlarning xalqaro turizm brendi sifatida shakllanishi, xorijiy turistlar geografiyasining kengayishi va turizm salohiyatining oshishida xalqaro marketing hamda madaniy diplomatiyaning muhim omil ekani isbotlandi;
O‘zbekistonda turizm rivojiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar kompleks tarzda tahlil qilinib, turizm infratuzilmasining hududlar bo‘yicha nomutanosib rivojlangani, malakali kadrlar tanqisligi, transport va mehmonxona xizmatlari sifatidagi kamchiliklar hamda xalqaro reklama sustligi soha taraqqiyotini cheklab kelgani ilmiy jihatdan asoslandi, shu bilan birga raqamlashtirish, onlayn platformalar va innovatsion boshqaruv tizimlarining joriy etilishi milliy turizmning zamonaviy rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlagan muhim omil sifatida baholanib, xalqaro hamkorlikning turizm samaradorligiga bevosita taʼsiri ilk bor aniq statistik va qiyosiy tahlillar asosida isbotlanib, xorijiy turistlar geografiyasining kengayishi va oqimining keskin o‘sishi (2017–2019-yillarda Germaniya, Yaponiya va Rossiya bozorlarida 300–500%gacha o‘sish) xalqaro targ‘ibot, infoturlar, medialoyihalar va yirik tadbirlarning ta’siri natijasi ekanligi asoslab berildi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonda turizmning rivojlanishi tarixi: Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari misolida (1991–2024-yy.)” mavzusini tahlil qilish natijasida quuidagilar amaliuotga joriu qilindi:
Buxoro va Xiva shaharlari misolida tarixiy-madaniy meros obektlari, diniy-me’moriy yodgorliklar hamda xalqaro infoturlar, medialoyihalar va targ‘ibot dasturlarining turizm rivojiga ta’siri statistik va qiyosiy ma’lumotlar asosida tadqiq etilib, ushbu shaharlarning xalqaro turizm brendi sifatida shakllanishi, xorijiy turistlar geografiyasining kengayishi va turizm salohiyatining oshishida xalqaro marketing hamda madaniy diplomatiyaning muhim omil ekani haqidagi ma’lumotlar Buxoro viloyati turizm boshqarmasi faoliyatida keng qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi Buxoro viloyati turizm boshqarmasining 2026-yil 28-martdagi 02-07/570-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro shahridagi turistik korxonalarda sayyohlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati oshdi, sayyohlar oqimi va ularning turlar – sayohatlardan xursand bo‘ldi hamda Buxoro shahrining xalqaro turistik jozibadorligi sezilarli darajada kuchaydi; 
mustaqillikning dastlabki yillarida amal qilgan qat’iy viza, bojxona va chegara siyosatining O‘zbekiston turizmi rivojiga salbiy ta’siri tarixiy-qiyosiy metod asosida ilk bor tizimli ravishda ochib berilib, ushbu siyosatning mamlakatning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini pasaytirgani, mintaqaviy turizm integratsiyasini sekinlashtirgani hamda xorijiy turistlar oqimining boshqa davlatlarga yo‘nalishiga sabab bo‘lgani ilmiy jihatdan asoslandi, shuningdek, 2017-yildan keyingi viza liberallashuvi, elektron vizalar va raqamli xizmatlarning joriy etilishi turizm taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergani borasidagi ma’lumotlardan Buxoro viloyati turizm boshqarmasi faoliyatida keng qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi Buxoro viloyati turizm boshqarmasining 2026-yil 28-martdagi 02-07/570-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriylantirilishi gid-hamrohlar va turizm xodimlarining malakasini oshirish, ekskursiya xizmatlarini interaktiv shaklga o‘tkazish, muzey va tarixiy obektlarda qo‘shimcha qulayliklar yaratish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion loyihalarni (jumladan, turistik xizmatlarni raqamlashtirish va yangi turistik mahsulotlar yaratish) joriy etish orqali turizm infratuzilmasi takomillashtirishga xizmat qildi;
Samarqand shahri misolida UNWTO, UNESCO, ICESCO, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan olib borilgan hamkorlik natijasida turizm infratuzilmasining xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilinishi, xorijiy mehmonxona brendlarining joriy etilishi, tarixiy-madaniy merosning global miqyosda targ‘ib qilinishi hamda shaharning Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishidagi yirik turistik markazga aylanish mexanizmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Boqiy obidalar” va “Ekspedisiya” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2026-yil 31-martdagi 01-33/209-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sohaga oid yangi ilmiy ma’lumot va tavsiyalar asosida teleko‘rsatuvlarning mazmun-mohiyati boyitildi, turizm va madaniy merosga oid materiallarning ilmiy asoslanganligi ta’minlandi hamda keng jamoatchilikka tarixiy obidalar va turizm salohiyati haqida ishonchli va tizimli ma’lumotlar etkazildi;
O‘zbekistonda turizm rivojiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar kompleks tarzda tahlil qilinib, turizm infratuzilmasining hududlar bo‘yicha nomutanosib rivojlangani, malakali kadrlar tanqisligi, transport va mehmonxona xizmatlari sifatidagi kamchiliklar hamda xalqaro reklama sustligi soha taraqqiyotini cheklab kelgani ilmiy jihatdan asoslandi, shu bilan birga raqamlashtirish, onlayn platformalar va innovatsion boshqaruv tizimlarining joriy etilishi milliy turizmning zamonaviy rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlagan muhim omil sifatida baholanib, xalqaro hamkorlikning turizm samaradorligiga bevosita taʼsiri ilk bor aniq statistik va qiyosiy tahlillar asosida isbotlanib, xorijiy turistlar geografiyasining kengayishi va oqimining keskin o‘sishi (2017–2019-yillarda Germaniya, Yaponiya va Rossiya bozorlarida 300–500%gacha o‘sish) xalqaro targ‘ibot, infoturlar, medialoyihalar va yirik tadbirlarning ta’siri natijasi ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ALM-202403110240 – “Buxoro viloyatining rekreatsion-turistik xaritasini va yangi turistik marshrutlarni yaratish” nomli amaliy loyihani bajarishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2026-yil 11-apreldagi 01-2610-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriylanishi, loyihani mazmunli bajarishga hamda rekreatsion obektlardan samarali foydalanish, turistik yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish hamda hududning turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qildi;
O‘zbekistonda turizm rivojlanishi tarixi ilk bor Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari misolida hududiy-lokal, iqtisodiy tarix va ijtimoiy-tarixiy yondashuvlar asosida kompleks tarzda tadqiq etilib, mustaqillikdan keyingi davr “turizmning qayta shakllanish bosqichi” (1991–2016) hamda “jadal modernizatsiya va xalqaro integratsiya bosqichi” (2017–2024) kabi ikki tarixiy davrga ajratildi hamda ushbu bosqichlarning davlat siyosati, infratuzilma, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalqaro hamkorlik bilan o‘zaro bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyatida keng qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 22-apreldagi 04-05/1884-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muzey faoliyatida mehmonlarga xizmat ko‘rsatish tizimi rivojlanishiga, hududiy turizm infratuzilmasini baholash, tarixiy-madaniy meros obektlaridan samarali foydalanish hamda ularni targ‘ib etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini yuzaga chiqardi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish