Karimov Navro‘zbek Abdufattoh o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Amir Haydar davrida Buxoro amirligidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ahvol (1800-1826 y.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1098.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich tarix fanlar doktori, professor; Matyakubova Muborak Madrimovna tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Amir Haydar hukmronligi davrida Buxoro amirligidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ahvolni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Mang‘itlar sulolasi davlat boshqaruvi davrida Buxoro amirligidagi siyosiy jarayonlar, Amir Haydarning hayoti, uning Qarshi viloyatidagi hokimlik davri hamda Buxoro hukmdori sifatida 26 yillik amirlik faoliyati, mamlakatda o‘tkazgan turli islohotlari ochib berilgan;
Amir Haydarning mamlakatni siyosiy vaziyat keskinlashgan davrda boshqarganligi, uning davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosati, bir tomondan ichki muxolifat: ukasi Dinnosir, ikkinchi tomondan tashqi dushman: qo‘shnilari Xiva va Qo‘qon xonliklariga qarshi kurash olib borganligi haqida tarixiy manbalar va arxiv hujjatlari asosida dalillangan;
Mang‘itlar sulolasining davlat boshqaruvi tarixi, amirlikda markaziy va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, qishloqlardagi ahvol hamda er-suv munosabatlari, mamlakatda xalqning turmushi va ijtimoiy munosabatlar hamda Buxoro amirligidagi soliq tizimi Amir Haydar xatlari va tarixiy manbalar asosida isbotlangan;
Amir Haydar hukmronlik qilgan davrda Buxoroda ilm-fan, xususan, tarix va islom ilmlari rivojlangani, amirning o‘zi ham ko‘plab madrasalar qurdirgani, uning Istanbul, Kobul va boshqa shaharlardan madrasalarda dars berishda foydalaniladigan ko‘plab qo‘lyozma kitoblarni olib keltirtirib, ulardan nusxa ko‘chirtirgani xorijiy davlatlardagi tarixiy tadqiqotlar hamda O‘zbekistondagi arxiv hujjatlari asosida Amir Haydar faoliyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Haydar davrida Buxoro amirligidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ahvol mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosalar va takliflar asosida:
Mang‘itlar sulolasi davlat boshqaruvi davrida Buxoro amirligidagi siyosiy jarayonlar, Amir Haydarning hayoti, uning Qarshi viloyatlaridagi hokimlik davri hamda Buxoro hukmdori sifatida 26 yillik amirlik faoliyati, mamlakatda o‘tkazgan turli islohotlari ochib berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 14-iyuldagi 04-05/2823-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlardan Amir Haydarning mamlakat taxtiga chiqishi, uning hukmronlik davri hamda Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosiy faoliyatiga oid yangi materiallardan muzey fondini boyitishda foydalanilgan;
Amir Haydarning mamlakatni siyosiy vaziyat keskinlashgan davrda boshqarganligi, uning davrida Buxoro amirligining ichki va tashqi siyosati, bir tomondan ichki muxolifat: ukasi Dinnosir, ikkinchi tomondan tashqi dushman: qo‘shnilari Xiva va Qo‘qon xonliklariga qarshi kurash olib borganligi haqida tarixiy manbalar va arxiv hujjatlari asosida dalillanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Madaniy meros agentligi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 14-iyuldagi 04-05/2823-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi qo‘lyozmalar fondi, tarix ilmiy bo‘limi ekspozisiyalarini yangiliklar bilan boyitish va muzey faoliyatida qo‘llash uchun foydalanilgan;
Mang‘itlar sulolasining davlat boshqaruvi tarixi, amirlikda markaziy va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, qishloqlardagi ahvol hamda er-suv munosabatlari, mamlakatda xalqning turmushi va ijtimoiy munosabatlar va Buxoro amirligidagi soliq tizimi Amir Haydar xatlari va tarixiy manbalar asosida isbotlanganligi haqidagi materiallardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-33/658-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu olingan ilmiy natijalardan yurtimiz tarixini targʻib qilish, yurtimiz aholisini tarixiy bilimlarini oshirish, Oʻzbekiston tarixining oʻrganilmagan sahifalarini yangi tadqiq etilgan ilmiy maʼlumotlar asosida ochib berishda foydalanish mumkin;
Amir Haydar hukmronlik qilgan davrda Buxoroda ilm-fan, xususan, tarix va islom ilmlari rivojlangani, amirning o‘zi ham ko‘plab madrasalar qurdirgani, uning Istanbul, Kobul va boshqa shaharlardan madrasalarda dars berishda foydalaniladigan ko‘plab qo‘lyozma kitoblarni olib keltirtirib, ulardan nusxa ko‘chirtirgani xorijiy davlatlardagi tarixiy tadqiqotlar hamda O‘zbekistondagi arxiv hujjatlari asosida Amir Haydar faoliyati ochib berilganligi haqida yangi ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 01-33/658-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar Amir Haydarning Buxorodagi amirlik faoliyati, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlaridagi xato va kamchilliklar, tashqi siyosiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, Amir Haydarning siyosiy faoliyatidagi xato va kamchiliklarni tahlil qilish imkonini yaratgan.