Soy Svetlana Valerevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Motivatsiyaning muzokara jarayonida strategiyalarni tanlashga ta’sirini psixosemantik tahlili” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya”.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/458.
Ilmiy rahbar: Mitina Olga Valentinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent, yetakchi ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/2025.27.12.P.01.18.
Rasmiy opponentlar: Narzikulova Firuza Botirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Nigmatulina Liliya Alievna, psixologiya fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muzokara vaziyatlarida strategiyalarni tanlashga motivatsiyaning ta’sirini psixosemantika usuli bilan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muzokaralar olib borish strategiyalarining etti omilli tuzilmasi - yashirin manipulyasiyalar, hamkorlik va innovatsiyalar, bosim va nazorat, moslashuvchan kooperatsiya, koalision birlashuvlar, uzaytirish va chetlab o‘tish, majburlash va eskalatsiya aniqlanib, empirik tarzda tasdiqlanishiga ko‘ra strategik xulq-atvor tipologiyasini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
muzokaralar motivatsion asosining to‘rt komponentli tuzilishi (tan olish, erishish va hokimiyat, affillyasiya, mustaqillik) aniqlanishi motivatsion va strategik profillarning o‘zaro bog‘liqligini asoslash imkonini bergan;
motivatsiyaning universal moderatorlik roli, strategik tanlovning ijtimoiy legitimligi, shuningdek, strategiyalarni tanlashning integrativ psixosemantik modeli konsepsiyasi aniqlanib, strategik tanlovning psixosemantik modeli yaratilgan va nazariy jihatdan asoslangan;
O‘zbekistondagi muzokaralar o‘zaro ta’sirining madaniy sharoitlariga moslashtirilgan, yuqori ichki muvofiqlik, konstruktiv va differensial validlikka ega bo‘lgan “Muzokaralar olib borish strategiyasi” (MOBS)ning original psixodiagnostik metodikasi ishlab chiqilib, sinovdan o‘tkazilgan va psixometrik jihatdan tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Muzokara jarayonida strategiyalarni tanlashga motivatsiyaning ta’sirini psixosemantik tahlil qilishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari asosida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-423a-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan:
muzokaralar olib borish strategiyalarining etti omilli tuzilmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: yashirin manipulyasiyalar, hamkorlik, innovatsiyalar, bosim va nazorat, adaptiv kooperatsiya, koalision birlashmalar, uzaytirish va chetlab o‘tish, majburlash va eskalatsiya - shuningdek, muzokaralar jarayonidagi strategik xulq-atvor tipologiyasi haqida kengaytirilgan tushunchalar “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan;
shaxslararo o‘zaro ta’sirda shaxsning motivatsion va strategik profili: dialogda e’tirof etish, obro‘ga intilish, affiliatsiya, avtonomiyaga intilish, o‘z taqdirini o‘zi belgilash ehtiyojining barqarorligi, shuningdek, muzokaralarda o‘zaro ta’sirning to‘rt komponentli tuzilishi konsepsiyasi haqidagi materiallar “Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan;
muzokara strategiyalarini tanlashda motivatsiyaning universal moderatorlik roli, strategik tanlovning mazmuniy yaxlitligi va ijtimoiy legitimligi, shuningdek, strategik xulq-atvorni tahlil qilish darajalarining kognitiv, motivatsion va xulq-atvor o‘zaro bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, tahlilning tegishli darajalarini birlashtirgan strategik tanlovning psixosemantik modeli “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan;
muzokaralar olib borish strategiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan “Muzokaralar olib borish strategiyalari” psixodiagnostik metodikasi bo‘yicha materiallar “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish