Barziev Oybek Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari o‘zbek she’riyatida davr muammolari va lirik qahramon”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD.Fil.520.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari o‘zbek she’riyatida davr muammolari va lirik qahramon masalasi, bu davr adabiy muhiti va namoyandalari uslubiy o‘ziga xosliklari, asarlarining badiiy-estetik jihatlari, janr rang-barangligini tahlil etib baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari o‘zbek she’riyatida lirik qahramonning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, oilaviy, maishiy-ma’rifiy, ishqiy muammolarga faol munosabati ochib berilgan;
adabiyotda o‘zbek she’riyati bilan turk, tatar, ozarbayjon, rus shoirlari ijodida aks etgan davrning hayotiy muammolarini ifodalashda mushtaraklik va shakliy hamda mazmuniy o‘ziga xosliklar o‘rganilish bilan birga, ularning o‘zaro ta’sirlanish holatlari uyg‘unlikda aniqlangan;
o‘zbek she’riyatidagi ijtimoiy-siyosiy hayot muammolarini yoritish va lirik qahramon talqinida xalq og‘zaki ijodi hamda mumtoz adabiyot an’analari, shuningdek, fikr va tuyg‘u uyg‘unligi, tasviriylik, qolaversa, milliylik xususiyatlarining o‘rni muhim ekanligi isbotlangan;
o‘zbek she’riyatining janr xususiyatlarida badiiy vositalarning ahamiyati, shakliy o‘ziga xosliklari esa vazn, band, qofiya tizimi tahlili asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari o‘zbek she’riyati mavzu ko‘lami, badiiyati muammolarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijodkor she’riyatda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy, oilaviy, maishiy-ma’rifiy, ishqiy muammolarga faol munosabatini yoritish orqali olingan xulosalaridan OT–F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil maydagi 89-03-2016-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fundamental loyiha bo‘yicha e’lon qilingan “Zamonaviy barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli ilmiy-ommabop risolada mazkur dissertatsiya bo‘yicha yozilgan ilmiy maqolalardagi materiallar asos bo‘lgan;
o‘zbek she’riyatidagi ijtimoiy-siyosiy hayot muammolarini yoritish va lirik qahramon talqinida xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot an’analari, fikr, tuyg‘u uyg‘unligi, tasviriylik, qolaversa, milliylik xususiyatlarining o‘rni muhim ekanligi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klor institutida “O‘zbek mumtoz adabiyoti va XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi” hamda “Hozirgi adabiy jarayon” bo‘limlari hamkorligida 2012-2016 yillarda olib borilgan FA–F-1-GO39 raqamli “Alisher Navoiy (2jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil maydagi 89-03-2016-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur qomusiy lug‘at tarkibidagi muayyan atamalarning g‘oyaviy-badiiy jihatdan boyitilishi ta’minlangan;
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari o‘zbek she’riyatidagi davr muammolari va unga lirik qahramon munosabatini yoritishdagi materiallardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi uyushma a’zolari bilan o‘tkazilgan seminarlarda, yosh ijodkorlarning to‘garak mashg‘ulotlarida, adabiyotga oid targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limining 2019 yil 2 maydagi 26-son ma’lumotnomasi). Natijada bu materiallar o‘sha davr adabiyotidagi tasavvurlarning kengayishiga va bilimlarning ortishiga xizmat qilgan;
o‘zbek she’riyatining janr xususiyatlarida badiiy vositalarning ahamiyatiga oid xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining “Ochiq muloqot”, “Zamondosh”, “Adabiy muhit”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” ko‘rsatuvlari hamda “Ma’naviyat”, “Ziyo maskanlarida” nomli radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 1 avgustdagi 465-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida nomlari sanab o‘tilgan ko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ommabopligi hamda ilmiyligi ta’min etilgan.