O‘ktamova Shohista Odilbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“O‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/P970. 
Ilmiy rahbar: Saidmuratova Malohat Baxtiyarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Zaymetov Husan Avasxonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumaev Nodir Zayniddinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini metakognitiv strategiyalar orqali rivojlantirishda “ichki maqsadga yo‘naltirilganlik”, “vazifa qiymati”, o‘qish va natijaga ishonch”, “elaboratsiya”ga zarurat borligiga ko‘ra, metakognitiv bilim va metakognitiv tajribani irodaviy sifatlar orqali uyg‘unlashuvining zarurati dalillangan;
o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarning namoyon bo‘lishida “yangilik hissi” “obektning tuzilishini o‘zgartirish qobiliyati”, “ijodkorlikka yo‘naltirilganlik”, “tanqidiylik”, “obektning tuzilishini o‘zgartirish qobiliyati”, “o‘zini-o‘zi baholash” omillariga zarurat borligiga ko‘ra, o‘quvchilarning ijodiy tafakkur salohiyatini ijodiy kontekst orqali intellektual barqarorlikka erishish imkoniyatini ijodiy faoliyatda tashabbuskorlik bilan integrativ rivojlanishi muhimligi isbotlangan;
o‘quvchilarda faoliyatni ongli va tartibli tarzda rejalashtirishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayganligiga ko‘ra mantiqiy tafakkur va refleksiv ko‘nikmalarni o‘zlashtira olish qobiliyatining shakllanganlik darajasiga asoslanib hissiyotlarni boshqarish va o‘z-o‘zini tahlil qilishda “shaxsiy intellekt”ga zarurat borligi aniqlangan;
o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishda  tafakkur jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish va baholash imkoniyatlarini o‘quv topshiriqlarini metakognitiv strategiyalar asosida bajarishi faol ta’lim muhitida amaliy tarzda rivojlantirish muhimligiga ko‘ra “O‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning psixologik modeli” niikiritish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «O‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari»ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini metakognitiv strategiyalar orqali rivojlantirishda “ichki maqsadga yo‘naltirilganlik”, “vazifa qiymati”, o‘qish va natijaga ishonch”, “elaboratsiya”ga zarurat borligiga ko‘ra, metakognitiv bilim va metakognitiv tajribani irodaviy sifatlar orqali uyg‘unlashuvining zarurati dalillanganligiga oid yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-noyabrdagi PM-169-son buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 18-noyabrdagi PM-169-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar rivojlanishida ustuvor xarakterga ega omillari aniqlangan;
  o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarning namoyon bo‘lishida “yangilik hissi” “obektning tuzilishini o‘zgartirish qobiliyati”, “ijodkorlikka yo‘naltirilganlik”, “tanqidiylik”, “obektning tuzilishini o‘zgartirish qobiliyati”, “o‘zini-o‘zi baholash” omillariga zarurat borligiga ko‘ra, o‘quvchilarning ijodiy tafakkur salohiyatini ijodiy kontekst orqali intellektual barqarorlikka erishish imkoniyatini ijodiy faoliyatda tashabbuskorlik bilan integrativ rivojlanishi muhimligi isbotlanganligiga oid yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-noyabrdagi PM-169-son buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining  2025-yil 18-noyabrdagi PM-169-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishda yosh hamda gender jihatdan tahlil qilingan;
o‘quvchilarda faoliyatni ongli va tartibli tarzda rejalashtirishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayganligiga ko‘ra mantiqiy tafakkur va refleksiv ko‘nikmalarni o‘zlashtira olish qobiliyatining shakllanganlik darajasiga asoslanib hissiyotlarni boshqarish va o‘z-o‘zini tahlil qilishda “shaxsiy intellekt”ga zarurat borligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-noyabrdagi PM-169-son buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 18-noyabrdagi PM-169-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishda maqsadga yo‘nalganlik, o‘quv strategiyalari hamda elaboratsiya omillari bilan uyg‘un namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligini ochib berilgan;
o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishda  tafakkur jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish va baholash imkoniyatlarini o‘quv topshiriqlarini metakognitiv strategiyalar asosida bajarishi faol ta’lim muhitida amaliy tarzda rivojlantirish muhimligiga ko‘ra “O‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning psixologik modeli” niikiritish zarurati dalillanganligiga oid yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 18-noyabrdagi PM-169-son buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 18-noyabrdagi PM-169-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda metakognitiv strategiyalar orqali intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish modeli va dasturi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish