Nurjonov Arslonbek Otanazarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):      “O‘spirinlar kasb tanlashida namoyon bo‘ladigan shaxsiy sifatlarning psixologik xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/P1401.
Ilmiy rahbar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ma’mun universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2025.27.12.R.43.01.
Rasmiy opponentlar: Kodirov Obid Safarovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sagindikova Nargiza Djubatkanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Buxoro davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘spirinlar kasb tanlashida namoyon bo‘ladigan shaxsiy sifatlarning psixologik xususiyatlarni empirik tadqiq qilish va zaruriy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirinlar kasb tanlashida namoyon bo‘ladigan shaxsiy sifatlarning ifodalanishiga ko‘ra, ularda “ekstraversiya”, “neyrotizm-emotsional turg‘unlik”, “yangi tajribalarga ochiqlik”, “xayrihohlik” kabi individual xususiyatlarning kasbiy moyillikka ta’siri tufayli kashfiyotchilik, amaliy ishlarga qiziqish, estetik, ekstremal turdagi faoliyat va iqtisodiy rejalashtirish kabi sifatlarning ontogenetik differensial tafovutlanishi dalillangan; 
o‘spirinlarda kasb tanlashda individual xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ularda kasbiy identifikatsiyani shakllangan o‘ziga xosligining integrativ stimuli tufayli ota-ona ssenariysi, maslahatga asoslangan, konpensatsion, predmetli va erkin tanlovni amalga oshirilishida yoshga bog‘liq farqlar mavjudligi isbotlangan;
o‘spirinlar kasb tanlashida namoyon bo‘ladigan shaxsiy sifatlarning ifodalanishiga ko‘ra, ulardagi odamlar bilan ishlash, kashfiyotchlik, amaliyot ishlariga qiziqish, estetik, ekstremal turdagi faoliyat va iqtisodiy rejalashtirish kabi kasbiy moyillik shaxs sifatlarining temperament tipiga ahamiyatli ta’siri tufayli ekstraversiya, emotsionallik, vijdonlilik, xayrihohlik, neyrotizm kabi shaxs xususiyatlari bilan differensial korrelyasion aloqadorlikda ekanligi dalillangan;
o‘spirinlar kasb tanlashida shaxsiy sifatlarning darajaviy namoyon bo‘lishida ularda odamlar bilan ishlash, amaliyot ishlariga qiziqish, iqtisodiy rejalashtirishga moyillikni baholashga imkon beruvchi, xayrixohlikni rivojlantiruvchi dasturning qo‘llanilishi tufayli adekvat kasbiy tanlovning amalga oshirilish ko‘nikmalarini rivojlantirish isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘spirinlar kasb tanlashida namoyon bo‘ladigan shaxsiy sifatlarning ifodalanishiga ko‘ra, ularda “ekstraversiya”, “nevrotizm-emotsional turg‘unlik”, “yangi tajribalarga ochiqlik” “xayrihohlik” kabi individual xususiyatlarning kasbiy moyillikka ta’siri tufayli kashfiyotchilik, amaliy ishlarga qiziqish, estetik, ekstremal turdagi faoliyat va iqtisodiy rejalashtirish kabi sifatlarning ontogenetik differensial tafovutlanishi dalillangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining  “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya”  moduliga kiritilgan  (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026 yil 19-maydagi PM-107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlar kasb tanlashida shaxsiy sifatlarni psixologik xususiyatlarning mohiyatini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
O‘spirinlarda kasb tanlashda individual xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ularda kasbiy identifikatsiyani shakllangan o‘ziga xosligining integrativ stimuli tufayli ota-ona ssenariysi, maslahatga asoslangan, konpensatsion, predmetli va erkin tanlovni amalga oshirilishida yoshga bog‘liq farqlar mavjudligi isbotlangan yangilik markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining  “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan  (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026 yil 19-maydagi PM-107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o ’spirinlar kasb tanlashida shaxsiy sifatlarini psixologik xususiyatlarni rivojlanishida shaxsiy sifatlari va kasbiy tanlovlarining o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan; 
O‘spirinlar  kasb tanlashida namoyon bo‘ladigan shaxsiy sifatlarning ifodalanishiga ko‘ra, ulardagi odamlar bilan ishlash, kashfiyotchilik, amaliyot ishlariga qiziqish, estetik, ekstremal turdagi faoliyat va iqtisodiy rejalashtirish kabi kasbiy moyillik shaxs sifatlarining  temperament tipiga ahamiyatli ta’siri tufayli ekstraversiya, emotsionallik, vijdonlilik, xayrihohlik, nevrotizim kabi shaxs xususiyatlari bilan differensial korrelyasion aloqadorlikda ekanligi dalillangan yangilik  markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining  “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan  (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026 yil 19-maydagi PM-107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlar kasb tanlashida shaxsiy sifatlarning ahamiyati aniqlanib, ularni rivojlantirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilgan;
O‘spirinlar kasb tanlashida shaxsiy sifatlarning darajaviy namoyon bo‘lishida ularda odamlar bilan ishlash, amaliyot ishlariga qiziqish, iqtisodiy rejalashtirishga moyillikni baholashga imkon beruvchi, xayrixohlikni rivojlantiruvchi dasturning qo‘llanilishi tufayli ularda adekvat kasbiy tanlovning amalga oshirilish ko‘nikmalarini rivojlantirish isbotlangan yangilik  markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining  “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan  (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2026 yil 19-maydagi PM-107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlar kasb tanlashida shaxsiy sifatlarini psixologik xususiyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish