Kodirkulov Azizjon Saidkul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlari profilaktikasining ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini takomillashtirish” 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1153.
Ilmiy rahbar: Raximmirzaev Sanjar Boturovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2026.10.04.P.01.18.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Hamidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; K.A. Farfieva Komola Athamdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlari profilaktikasining ijtimoiy-psixologik sharoitlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlari kasbiy me’yorlarga zid va xizmat samaradorligini pasaytiruvchi harakat yoki harakatsizlik sifatida aniqlashtirilganligi tufayli uning asosiy ko‘rinishlari xizmat vazifalarini to‘liq bajarmaslik, xizmat qoidalarini buzish va vakolatdan shaxsiy maqsadda foydalanishda, asosiy determinantlari axloqiy mas’uliyatdan begonalashuv, o‘zini o‘zi nazorat qilish zaifligi, emotsional beqarorlik muhiti bilan belgilanishi aniqlangan;
ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlari yaxlit tasavvurni ta’minlovchi tuzilmaviy modelga asoslanib, axloqiy, regulyativ-xulqiy, emotsional-moslashuvchanlik, shaxsiy-deformatsion va tashkiliy-madaniy komponentlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik orqali ajratilganligi isbotlangan;
ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlarga moyilligini aniqlashda moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik, xavotirlilik, kommunikativlik, hukmronlikka moyillik, axloqiy mas’uliyatdan begonalashuv hamda tashkiliy madaniyat ko‘rsatkichlarga asoslanib kontrproduktiv xatti-harakatlar xavfini psixodiagnostik baholash orqali aniqlashi dalillangan;
ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlari profilaktikasida psixoedukativ ta’sir mexanizmlariga asoslanib axloqiy mas’uliyatdan begonalashuvning kamayishi, xulq-atvorni boshqarish va kommunikativ salohiyatning kuchayishi, moslashuvchanlik hamda emotsional barqarorlikning mustahkamlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlari kasbiy me’yorlarga zid va xizmat samaradorligini pasaytiruvchi harakat yoki harakatsizlik sifatida aniqlashtirilganligi tufayli, uning asosiy ko‘rinishlari xizmat vazifalarini to‘liq bajarmaslik, xizmat qoidalarini buzish va vakolatdan shaxsiy maqsadda foydalanishda, asosiy determinantlari esa axloqiy mas’uliyatdan begonalashuv, o‘zini o‘zi nazorat qilish zaifligi hamda emotsional beqarorlik muhiti bilan belgilanishiga doir takliflari ichki ishlar organlari tizimidagi psixologik ta’minot, xizmat intizomini mustahkamlash va shaxsiy tarkib bilan profilaktik ishlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy Harbiy Okrug huzuridagi “Ilmiy Tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy Markazining 2026-yil 30-apreldagi 228/11/26-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida kontrproduktiv xatti-harakatlarning asosiy ko‘rinishlarini erta aniqlash, ularning psixologik determinantlarini tizimli baholash hamda xizmat samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xulq-atvor shakllarini profilaktika qilish imkoniyatlari kengaygan;
ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlari haqida yaxlit tasavvurni ta’minlovchi tuzilmaviy modelga asoslanib, uning axloqiy, regulyativ-xulqiy, emotsional-moslashuvchanlik, shaxsiy-deformatsion va tashkiliy-madaniy komponentlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik orqali ajratilganligi isbotlanganiga doir takliflari ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan olib boriladigan psixologik kuzatuv, diagnostika va profilaktik ishlar tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy Harbiy Okrug huzuridagi “Ilmiy Tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy Markazining 2026-yil 30-apreldagi 228/11/26-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida kontrproduktiv xatti-harakatlarni alohida xulqiy belgilar darajasida emas, balki o‘zaro bog‘liq psixologik komponentlar tizimi sifatida kompleks tahlil qilish, xavf omillarini tizimli aniqlash hamda shaxsiy tarkib bilan individual va guruhiy profilaktik ishlarni maqsadli tashkil etish samaradorligi oshgan;
ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlarga moyilligini aniqlashda moslashuvchanlik, emotsional barqarorlik, xavotirlilik, kommunikativlik, hukmronlikka moyillik, axloqiy mas’uliyatdan begonalashuv hamda tashkiliy madaniyat ko‘rsatkichlariga asoslanib, kontrproduktiv xatti-harakatlar xavfini psixodiagnostik baholash orqali aniqlash dalillanganiga doir takliflari ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibni psixologik o‘rganish, kasbiy-psixologik monitoring va xavf guruhlarini aniqlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy Harbiy Okrug huzuridagi “Ilmiy Tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy Markazining 2026-yil 30-apreldagi 228/11/26-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida xodimlarning kontrproduktiv xatti-harakatlarga moyilligini baholashda psixodiagnostik ma’lumotlarning aniqligi, kompleksligi va amaliy yo‘naltirilganligi ta’minlanib, xavf guruhiga mansub xodimlar bilan manzilli psixoprofilaktik hamda korreksion ishlarni tashkil etish imkoniyati kuchaygan;
ichki ishlar organlari xodimlarining kontrproduktiv xatti-harakatlarini profilaktika qilishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening dasturi ishlab chiqilib, dastur ta’sirida axloqiy mas’uliyatdan begonalashuvning kamayishi, xulq-atvorni boshqarish va kommunikativ salohiyatning kuchayishi, moslashuvchanlik hamda emotsional barqarorlikning mustahkamlanishi aniqlangani va uning samaradorligi eksperimental ravishda isbotlanganiga doir takliflari ichki ishlar organlari xodimlari bilan olib boriladigan psixologik profilaktika, kasbiy tayyorgarlik va tarbiyaviy ishlar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy Harbiy Okrug huzuridagi “Ilmiy Tadqiqot” ilmiy-amaliy va uslubiy Markazining 2026-yil 30-apreldagi 228/9/26-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida xodimlarda o‘zini o‘zi boshqarish, kasbiy muloqot madaniyati, emotsional barqarorlik va xizmat vazifalariga mas’uliyatli munosabatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi trening texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaygan hamda kontrproduktiv xatti-harakatlarni oldini olish bo‘yicha psixologik profilaktika ishlarining amaliy samaradorligi oshgan.