Asadova Feruzaxon Djuma kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksperimental metabolik sindromda jigar morfologiyasi va funksional ko‘rsatkichlarining reaktiv o‘zgarishlari va ularning korreksiyasi” 14.00.02- Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6207.
Ilmiy rahbar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, 06/2025.27.12.Tib.17.05.
Rasmiy opponentlar: Shatmanov Suynali Toktonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental metabolik sindromda jigarning morfofunksional o‘zgarishlar dinamikasini tahlil qilish va taklif etilgan korreksiya usulining samaradorligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
eksperimental hayvonlarda metabolik sindrom sharoitida jigarning morfofunksional o‘zgarishlari dinamikasi zamonaviy tadqiqot usullari yordamida ilmiy jihatdan asoslangan;
metabolik sindromning davomiyligiga qarab, immunogistokimyoviy va laborator tekshirishlar yordamida jigarning funksional buzilishlari bilan morfologik va morfometrik o‘zgarishlar o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik aniqlangan;
eksperimental metabolik sindrom sharoitida korreksiyaning samarali usullari ishlab chiqildi va ularning natijadorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
jigarning funksional buzilishlarini bartaraf etishda taklif etilgan korreksiya usullarining samaradorligi morfologik, laborator va immunogistokimyoviy tadqiqotlar orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Eksperimental metabolik sindrom sharoitida jigarni zamonaviy morfologik, immunogistokimyoviy va laborator tadqiqot usullari asosida qiyosiy tahlil qilish natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: eksperimental hayvonlarda metabolik sindrom sharoitida jigarning morfofunksional o‘zgarishlari dinamikasini zamonaviy kompleks tadqiqot usullari asosida asoslanganligi bo‘yicha natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi №6-son qarori bilan tasdiqlangan «Eksperimental metabolik sindromda jigar tuzilmalarining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish» va «Metabolik sindrom va uning korreksiyasida jigar qon tomirlarining morfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga (2026 yil 20.02 dagi №40ICh buyruq), hamda Samarqand viloyati akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi filiali amaliyotiga (2026 yil 23.02 dagi №27-i buyruq) joriy etildi. (Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 02 iyundagi 09/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental metabolik sindromda jigarning morfofunksional reaktiv o‘zgarishlarini baholash va ularning qiyosiy morfometrik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish jigar to‘qimasining struktura-funksional dezorganizatsiyasining erta belgilari aniqlanishiga imkon berdi, shuningdek ularning namoyon bo‘lish darajasini belgilash og‘ir asoratlar - metabolik sindrom bilan bog‘liq yurak-qon tomir va endokrin kasalliklarning rivojlanishi va avj olishini oldini olish, hamda profilaktik chora-tadbirlar va metabolik buzilishlarni nofarmakologik korreksiya qilish yondashuvlarini takomillashtirish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindrom fonida rivojlanadigan jigarning morfofunksional buzilishlarini erta aniqlash va asoratlarni o‘z vaqtida oldini olish davolash-profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshiradi, bu esa qimmat davolash va uzoq muddatli reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, hamda sog‘liqni saqlash tizimi byudjet mablag‘laridan ratsional foydalanishni ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom davomiyligiga qarab immunogistokimyoviy va laborator tadqiqotlar yordamida jigarning morfologik va morfometrik o‘zgarishlari bilan funksional buzilishlari o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik aniqlangan va ushbu natijalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi №6-son qarori bilan tasdiqlangan «Eksperimental metabolik sindromda jigar tuzilmalarining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish» va «Metabolik sindrom va uning korreksiyasida jigar qon tomirlarining morfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi, hamda Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga (2026 yil 20.02 dagi №40ICh buyruq) va Samarqand viloyati akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi filiali amaliyotiga (2026 yil 23.02 dagi №27-i buyruq) joriy etildi. (Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 02 iyundagi 09/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental metabolik sindromda jigar parenximasida aniqlangan morfofunksional buzilishlar natijasida erta diagnostika qilish va korreksiya choralarini o‘z vaqtida boshlash imkoniyati yaratildi, bu esa steatogepatit, fibroz, yurak-qon tomir va endokrin buzilishlar kabi asoratlarning rivojlanishi va og‘irlashishini oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: immunogistokimyoviy usullar yordamida jigarning asosiy biomarkerlarini aniqlash metabolik sindromda morfofunksional buzilishlarni erta aniqlash imkonini beradi, bu esa asoratlarni kamaytirish va davolash hamda reabilitatsiya xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental metabolik sindrom sharoitida korreksiyaning samarali usullari ishlab chiqilganligi va ularning natijadorligi ilmiy jihatdan asoslanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi №6-son qarori bilan tasdiqlangan «Eksperimental metabolik sindromda jigar tuzilmalarining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish» va «Metabolik sindrom va uning korreksiyasida jigar qon tomirlarining morfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga (2026 yil 20.02 dagi №40ICh buyruq), hamda Samarqand viloyati akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi filiali amaliyotiga (2026 yil 23.02 dagi №27-i buyruq) joriy etildi. (Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 02 iyundagi 09/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan samarali korreksiya usullari noxush asoratlar rivojlanishi va ularning og‘irlashishini oldini olishga yordam beradi, bu esa bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar buzilishlarini asoslangan va samaradorli nofarmakologik usullar orqali erta korreksiya qilish qimmat davolash va uzoq muddatli reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu esa byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom sharoitida jigarning funksional buzilishlarini korreksiya qilishda taklif etilgan usullarning samaradorligi morfologik, laborator va immunogistokimyoviy tadqiqotlar orqali asoslanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi №6-son qarori bilan tasdiqlangan «Eksperimental metabolik sindromda jigar tuzilmalarining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish» va «Metabolik sindrom va uning korreksiyasida jigar qon tomirlarining morfologik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga (2026 yil 20.02 dagi №40ICh buyruq), hamda Samarqand viloyati akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi filiali amaliyotiga (2026 yil 23.02 dagi №27-i buyruq) joriy etildi. (Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 02 iyundagi 09/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: samarali korreksiya usullari va yondashuvlarini qo‘llash asoratlarning oldini olish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindromda jigar morfofunksional buzilishlarini o‘z vaqtida korreksiya qilish ushbu bemorlarning ahvolini yaxshilaydi va uzoq muddatli reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu esa byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Eksperimental metabolik sindromda jigar morfologiyasi va funksional ko‘rsatkichlarining reaktiv o‘zgarishlari va ularning korreksiyasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2026 yil 30 apreldagi 6954-son xat yuborilgan.