Azimova Aziza Abbosovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « «Nekrotik yarali gingivostomatitni kompleks davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/ Tib5557.
Ilmiy rahbar: Taxirova Kamolaxon Abrorovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.02.
Rasmiy opponentlar: Zoyirov To‘lqin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kopeskiy Igor Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nekrotik yarali gingivostomatitning klinik-patogenetik xususiyatlarini kompleks o‘rganish, keyinchalik uni davolashning samarali usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nekrotik yarali gingivostomatit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik kechishi va og‘irlik darajasi, shartli-patogen anaerob mikroflora (Fusobacterium spp., Borrelia vincentii, Treponema spp., Prevotella intermedia) va CD3+ limfotsitlar soni kamayishi, CD4+ va CD8+ limfotsitlar ortishi kabi immun tizim disbalansiga mutanosibligi isbotlangan;
nekrotik yarali gingivostomatit bilan og‘rigan bemorlarda IL-6, IL-10, TNF-α va C3 komponentlari ortishi kasallikning rivojlanishidagi erta bashoratlovchi xavf omili ekanligi asoslangan;
kavitatsion ta’sirga ega irrigatorning antiseptik vosita bilan qo‘llanishi bakterial bioplyonkalarning, shu jumladan qiyin yo‘qotiladigan anaerob assotsiatsiyalarning parchalanishiga olib kelishi, mikrob hujayralarining o‘tkazuvchanligini va ularning antiseptik vositalarga sezgirligini oshirishi isbotlangan;
nekrotik yarali gingivostomatit bilan og‘rigan bemorlarda irrigator xamda ozonlangan kunjut moyining birga qo‘llanilashi to‘qimalar oksigenatsiyasini yaxshilashi, yallig‘lanish sharoitida to‘qimalarning bitishiga ijobiy ta’sirini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 16 fevraldagi 03/36 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: nekrotik yarali gingivostomatit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning klinik kechishi va og‘irlik darajasi, shartli-patogen anaerob mikroflora (Fusobacterium spp., Borrelia vincentii, Treponema spp., Prevotella intermedia) va CD3+ limfotsitlar soni kamayishi, CD4+ va CD8+ limfotsitlar ortishi kabi immun tizim disbalansiga mutanosibligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: OHI-S va PMA indeks ko‘rsatkichlari bo‘yicha og‘iz bo‘shlig‘i gigienasining qoniqarsiz holatini, shuningdek, OBShQ to‘qimalarida yallig‘lanish o‘zgarishlarining rivojlanishiga va NYaGS klinik ko‘rinishining og‘irlashishiga olib keladigan organizm immunologik reaktivligining nomutanosibligini aniqlashdan iborat. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahar OOO"To‘rtinchi" stomatologiya poliklinikasining buyruqlari (24.09.2025y.;№39) Samarqand viloyat stomatologik poliklinikasi (24.09.2025y.;№113-k). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi diagnostika usullarini qo‘llash orqali tibbiy yordam sifati va iqtisodiy samaradorlikni oshirish, kasalliklarning qaytalanishini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda namoyon bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: NYaGSni o‘z vaqtida tashxislash, ratsional terapiyani tanlash va asoratlarni oldini olish uchun mikrobiologik va immunologik mezonlarni kompleks o‘rganish muhim amaliy ahamiyatga ega. Hayot sifatining yaxshilanishi va ish qobiliyatining oshishiga erishildi. Xulosa: nekrotik yarali gingivostomatit kechishining o‘ziga xos klinik xususiyatlari bilan birgalikda mikrobiologik va immunologik ko‘rsatkichlarni kompleks o‘rganish ilk marotaba amalga oshirildi. ikkinchi ilmiy yangilik: nekrotik yarali gingivostomatit bilan og‘rigan bemorlarda IL-6, IL-10, TNF-α va S3 komponentlari ortishi kasallikning rivojlanishidagi erta bashoratlovchi xavf omili ekanligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: turli darajadagi disbakterioz rivojlanishiga olib keluvchi organizm og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasidagi sifat va miqdoriy siljishlar hamda og‘iz bo‘shlig‘i so‘lagidagi T-B limfotsitlar va gumoral omillar (IgA, IgM, IgG, sIgA) faolligini aniqlashdan iborat. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahar OOO"To‘rtinchi" stomatologiya poliklinikasining buyruqlari (24.09.2025y.;№39) Samarqand viloyat stomatologik poliklinikasi (24.09.2025y.;№113-k). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ijtimoiy samaradorlik qo‘llash natijalari nekrotik yarali gingivostomatitni tashxislash sifatini oshirishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida mahalliy klinik-immunologik ko‘rsatkichlar va hayot sifatining stomatologik parametrlarini yaxshilaydi, shuningdek, kompleks davolash samaradorligini ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘z vaqtida sanatsiya qilish va maqsadli profilaktika choralarini belgilash imkoniyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu asoratlarni qimmat davolashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Xulosa: tadqiqot natijasida og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining disbiotik buzilishlari fonida immunitet tizimining nomutanosibligi va sitokin profilining o‘zgarishi NYaGS rivojlanishining erta prediktorlari ekanligi aniqlandi;
uchinchi ilmiy yangilik: kavitatsion ta’sirga ega irrigatorning antiseptik vosita bilan qo‘llanishi bakterial bioplyonkalarning, shu jumladan qiyin yo‘qotiladigan anaerob assotsiatsiyalarning parchalanishiga olib kelishi, mikrob hujayralarining o‘tkazuvchanligini va ularning antiseptik vositalarga sezgirligini oshirishi isbotlangan.  Ilmiy yangilikning ahamiyati: irrigatorning bevosita kompleks ta’sirida mahalliy anaerob mikroblar, fakultativ flora miqdorining kamayishi hamda sIgA birlamchi immun tizimi faolligini 2,5 barobarga oshirishning ijobiy xususiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahar OOO"To‘rtinchi"  stomatologiya poliklinikasi (24.09.2025y.;№39) va Samarqand viloyat stomatologik poliklinikasi (24.09.2025y.;№113-k) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qo‘llash natijasida 80-82% bemorlarda NYaGSni davolash muddatlari qisqargan va remissiya muddatlari 3-4 martaga uzaygan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan davolash usullari bemorlarni davolash samaradorligini oshiradi va tibbiy yordam uchun keraksiz xarajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ifodasida hisoblash, kasallikning og‘irlik darajasiga ko‘ra umumiy va mahalliy davo uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. An’anaviy davolash kursiga nisbatan tavsiya etilgan kompleks davolashning iqtisodiy samaradorligi 68,2% ni tashkil etdi. Xulosa: irrigatorni antiseptik bilan birgalikda qo‘llash NYaGSda anaerob va fakultativ mikroorganizmlar sonini kamaytirish orqali og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining disbiotik buzilishlarini bartaraf etishga yordam berishi aniqlandi. to‘rtinchi ilmiy yangilik: nekrotik yarali gingivostomatit bilan og‘rigan bemorlarda irrigator xamda ozonlangan kunjut moyining birga qo‘llanilashi to‘qimalar oksigenatsiyasini yaxshilashi, yallig‘lanish sharoitida to‘qimalarning bitishiga ijobiy ta’sirini isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: shilliq qavat holatini yaxshilash, sog‘lom to‘qimalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan patologik o‘zgargan sohalar maydonini kamaytirish. Shuningdek, davolanish kunlari o‘rtacha 10 kunga qisqardi va remissiyaning sezilarli darajada uzayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahar OOO"To‘rtinchi" stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha (24.09.2025y.;№39) va Samarqand viloyat stomatologik poliklinikasi(24.09.2025y.;№113-k). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qo‘llash natijasida 80-82% bemorlarda NYaGSni davolash muddati qisqargan va remissiya muddati 3-4 martaga uzaygan. Hayot sifatining yaxshilanishi va ish qobiliyatining oshishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan davolash usullari bemorlarni davolash samaradorligini oshiradi va tibbiy yordam uchun keraksiz xarajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ifodasida hisoblash kasallikning og‘irlik darajasiga ko‘ra umumiy va mahalliy davo uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Xulosa: an’anaviy davolash kursiga nisbatan tavsiya etilgan kompleks davolashning iqtisodiy samaradorligi 68,2% ni tashkil etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish