Usarov Muxriddin Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ultratovush tekshiruvida aniqlangan bachadon kasalliklarining morfologik jihatlarini qiyosiy tavsifi” 14.00.15- Patologik anatomiya va 14.00.19 - Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5544.
Ilmiy rahbar: Jumanov Ziyodulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidov Obid Abduraxmanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Nosirjan Juraevich, tibbiyot fanlari doktori; Abduraxmonov Otabek Baxtiyorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon tanasi va bo‘yin kasalliklarida ultratovush tekshiruvi natijalarini morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
bachadon tanasi va bo‘ynining yallig‘lanish, o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarida ultratovush tekshiruvida kuzatiladigan asosiy exografik belgilar va ularning patomorfologik xususiyatlari aniqlangan;
bachadonning tana va bo‘yin kasalliklarida ultratovush tekshiruvida aniqlangan exografik belgilarning endometriy qalinligi, bezlar tuzilishi, stromal o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
bachadon tanasi va bo‘ynining yallig‘lanish, o‘sma oldi va o‘sma kasalliklarida ultratovush tekshiruvi natijalarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar muvofiqligi qiyosiy tahlil qilinib, usulning diagnostik samaradorligi aniqlandgan;
olingan natijalar asosida bachadon tanasi va bo‘yni kasalliklarida patomorfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash va ularning rivojlanishini oldini olishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Ultratovushli tekshiruvida aniqlangan bachadon kasalliklarining klinik-patomorfologik jihatlarinin tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bachadon tanasi va bo‘yni kasalliklarida(yallig‘lanish kasalliklari o‘sma oldi va o‘sma kasalliklari) ultratovush tekshiruvida kuzatiladigan asosiy diagnostik imkonyatlari ochib berilganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 28 maydagi 10–son bilan tasdiqlangan «Ultratovushli tekshiruvida aniqlangan bachadon kasalliklarining klinik-patomorfologik jihatlarinin tavsifi » nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi 01.06.2025 yildagi 33-son bo‘yrug‘i bilan, RShTYIM Navoiy filiali patologik anatomiya bo‘limi 03.06.2025 yildagi 24A-son bo‘yrug‘i bilan va Surxandaryo viloyat Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi 05.06.2025 y. №1459-8-116-TB buyruqlari buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24-iyundagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, bachadon yallig‘lanishli kasalligi bilan xastalangan bemorlar bachadon qavatlaridagi morfologik o‘zgarishlarning patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan va ularning ishonchliligi hamda asoslanishi va ob’ektivligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ultratovush tekshiruvi natijasida aniqlagan bachadon tanasi va bo‘yni kasalliklarida (yallig‘lanish kasalliklari o‘sma oldi va o‘sma kasalliklari) morfologik hamda morfometrik ko‘rsatkichlar va kasallikka bog‘liq jarayonlar o‘rganilganligi bo‘yicha takliflar. Ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalarining patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida bachadon endometrioz kasalligi bilan xastalangan bemorlar bachadon tuzilmalaridagi o‘zgarishlarini ishonchli tarzda aniqlash imkon bergan. Bu esa o‘z navbatida, patologoanatomik xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yoki takroriy tekshiruvlar o‘tkazishning oldini olgan, ya’ni ijro muddatini keskin qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan patologanatomik tekshiruv uslublarini amalga oshirish uchun 2±0,2 kun talab qilinadi, an’anaviy tarzda tekshiruv o‘tkazishda esa 5-6 kun talab qiladi, chunki an’anaviy usulda o‘lim vaqtini aniqlash masalasida ko‘plab qo‘shimcha tekshirishlar va vrach mutaxassislar maslahatlari olinishi talab etiladi. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 2-2,5 barobar qisqartiradi va taklif qilingan usulning qiymati har bir holat uchun 2-2,5 barobar xarajat mablag‘larini qisqartiradi;
uchinchi ilmiy yangilik: bachadon tanasi va bo‘yni kasalliklarida (yallig‘lanish, o‘sma oldi va o‘sma kasalliklari) ultratovush tekshiruvi natijalari morfologik hamda morfometrik ko‘rsatkichlar bilan qiyosiy tahlil qilinib, usulning diagnostik samaradorligi aniqlandi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 28 maydagi10–son bilan tasdiqlangan «Ultratovushli tekshiruvida aniqlangan bachadon kasalliklarining klinik-patomorfologik jihatlarinin tavsifi » nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi 01.06.2025 yildagi 33-son bo‘yrug‘i bilan, RShTYIM Navoiy filiali patologik anatomiya bo‘limi 03.06.2025 yildagi 24A-son bo‘yrug‘i bilan va Surxandaryo viloyat Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi 05.06.2025 y. №1459-8-116-TB buyruqlari buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24-iyundagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalarining patologik anatomiyalik amaliyotiga joriy etilishi natijasida bachadon tanasi va bo‘yni kasalliklarida ultratovush tekshiruvining ko‘rsatkichlari o‘ziga xos jihatlari ishonchli tarzda aniqlash imkon bergan. Bu esa o‘z navbatida, patologik anatomiya va ultratovush xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yoki takroriy patologoanatomik tekshiruvlar o‘tkazishning oldini olgan, patologoanatomik tekshiruvlarining muddatini keskin qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tavsiya etilgan uslublarga ko‘ra, patologoantomik tekshiruvini amalga oshirish uchun 2,1 ± 0,2 kun kerak bo‘ladi va ushbu turdagi tekshiruvni an’anaviy tarzda o‘tkazish uchun 5±0,7 kun talab qilinadi, bu odatda morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarni turli uskunalarda qo‘shimcha tekshirish va mutaxassislar maslahatlari zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usul yordamida patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish bunday tekshirishlarni o‘tkazish vaqtini 1,5-2,0 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajat mablag‘larini 2 barobarga qisqartiradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan natijalar asosida bachadon qavatlarida yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlarni erta aniqlash va ularning rivojlanishini oldini olishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 28 maydagi10–son bilan tasdiqlangan «Ultratovushli tekshiruvida aniqlangan bachadon kasalliklarining klinik-patomorfologik jihatlarinin tavsifi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi 01.06.2025 yildagi 33-son bo‘yrug‘i bilan, RShTYIM Navoiy filiali patologik anatomiya bo‘limi 03.06.2025 yildagi 24A-son bo‘yrug‘i bilan va Surxandaryo viloyat Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi 05.06.2025 y. №1459-8-116-TB buyruqlari buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 24-iyundagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot natijalari bo‘yicha bachadonning xavfsiz va xavfli o‘smalari kasalligi bilan xastalangan bemorlar bachadon va o‘smalar tuzilmalarida patomorfologik o‘zgarishlarni ishonchli aniqlash imkonini beradi va kasallikni turli muddatlarida va bachadoning turli o‘smalarida bemorlarda bachadon tuzilmalaridagi o‘zgarishlarning o‘ziga xosligini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bachadon o‘sma kasalligi bilan xastalangan bemorlar o‘sma va bachadon tuzilmalaridagi o‘zgarishlar yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, patologik anatomiya xulosalarining ob’ektivligi va ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Bu esa o‘z navbatida, o‘t pufagini erta aniqlash va bemorlar e’tirozlarini bartaraf etish imkonini bergan.Tavsiya etilgan algoritm va uslublarga ko‘ra, patologoanatomik tekshiruvni amalga oshirish uchun 2,0 ± 0,2 kun kerak bo‘ladi va ushbu turdagi tekshiruvni an’anaviy tarzda o‘tkazish uchun 4-5±0,4 kun davomida talab qilinadi, bu odatda o‘smalar va bachadon tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarni qo‘shimcha tekshirish zaruratlari hamda ish materiallari ma’lumotlarini o‘rganish bilan bog‘liq. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usul yordamida patologoanatomik tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 1,0-1,5 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajatlari har bir holat bo‘yicha xarajat mablag‘larini qisqartiradi.Xulosa: Tavsiya etilgan usul yordamida patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 1,0-1,5 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajatlari har bir holat mablag‘larini 1,5 barobarga qisqartiradi.
M.Sh.Usarovning " Ultratovush tekshiruvida aniqlangan bachadon kasalliklarining morfologik jihatlarini qiyosiy tavsifi " mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilik va 2 ta amaliy tavsiyalarni amaliyotga joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 20-dekabrdagi 30-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan tasdiqlangan.