Xamroeva Feruza Asrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida tabiiy geografik fanlarni o‘qitish metodikasini mediatexnologiyalar asosida takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped241.
Ilmiy rahbar: Aripov Mersaid Mirsiddiqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Baratov Pattoh, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun tabiiy geografik fanlarni mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mediatexnologik ta’limning tabiiy geografik fanlarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishdagi o‘rni mediatexnologiyalarning tashkiliy komponentlari (ijtimoiy, individual, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion, kommunikativ, pedagogik, psixologik) mazmunini ochib berish orqali asoslangan;
geografik fanlarni o‘qitish jarayonlarini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar (metodik, didaktik, psixologik) mediatexnologiyalarning xususiyatiga ko‘ra tasnifini (audiovizual, mul`timedia, gipermatnli, xolografik) belgilash asosida aniqlashtirilgan;
mediatexnologiyalarning tabiiy geografik mashg‘ulotlardagi modellashtirish funksiyasi geografik hodisalarni (erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi, ichki tuzilishi, vulqonlarning otilishi) vizual tasvirlash imkoniyatlariga (Solid Edge, 3d MAX dastur dasturlari) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Umumiy tabiiy geografiya” fanini o‘qitishning o‘quv metodik ta’minoti “Tushunchalar tahlili”, “Interaktiv kartalar” metodiga yo‘naltirilgan “Interfaol dasturiy ta’minot”ning o‘quv jarayoniga ta’siri tuzilmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida tabiiy geografik fanlarni o‘qitish metodikasini mediatexnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mediatexnologik ta’limning tabiiy geografik fanlarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishdagi o‘rni, mediatexnologiyalarning tashkiliy komponentlari mazmuni, mediatexnologiyalarning tabiiy geografik mashg‘ulotlardagi modellashtirish funksiyasi, geografik hodisalarni vizual tasvirlash imkoniyatlariga oid takliflar A-13-9  raqamli “Zarafshon vodiysining rekreatsiya, turistik va ekologik kartalarini tuzish” (2015-2017 yillar) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 22 oktyabrdagi 89-03-3611-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha Zarafshon vodiysining rekreatsiya, turistik va ekologik kartalarini tuzish orqali hududniing turistik jozibadorligini oshirish imkoniyatini kengaytirgan;
geografik fanlarni o‘qitish jarayonlarini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar, mediatexnologiyalarning xususiyatiga ko‘ra tasnifiga oid takliflari I-OT-2017-4-2  raqamli “Metodik tizimda kompyuter immitatsion modellari asosidagi virtual resurslarni yaratish va imkoniyati cheklangan yoshlar ta’limida joriy etish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 22 oktyabrdagi 89-03-3611-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha metodik tizimda kompyuter immitatsion modellari asosidagi virtual resurslarni yaratish va imkoniyati cheklangan yoshlar ta’limida joriy etish orqali interfaol treninglarni tashkil etishga xizmat qilgan;
“Umumiy tabiiy geografiya” fanini o‘qitishning o‘quv metodik ta’minotini takomillashtirish, “Tushunchalar tahlili”, “Interaktiv kartalar” metodiga yo‘naltirilgan  “Interfaol dasturiy ta’minot”ning o‘quv jarayoniga ta’siri tuzilmasiga oid takliflari 5140600 – Geografiya ta’lim yo‘nalishi va 5110500 – geografiya o‘qitish metodikasi uchun o‘quv mashg‘ulotlarining tashkiliy va pedagogik jarayonlarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 22 oktyabrdagi 89-03-3611-son ma’lumotnomasi). Natijada mediatexnologiyalarga asoslanib, talabalarning tabiiy geografik fanlarni o‘zlashtirish darajalarini va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish