Ruziqulova Amina Totliboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv funksiyalarining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P129.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bafaev Muhiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv funksiyalarining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalaridagi boshqaruv funksiyalarining psixologik mexanizmlariga ko‘ra ijtimoiy-psixologik qonuniyatlar va liderlik-motivatsion omillarga asoslanib boshqaruv funksiyalarining rolli-funksional differensiatsiyasi, koordinatsiya funksiyasining integrativlashgan va tashkil etish funksiyasining esa markaziy mexanizm sifatida lavozim ierarxiyasi orqali shakllanishi dalillangan;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv funksiyalarining psixologik mexanizmlariga ko‘ra boshqaruvdagi qaror qabul qilish uslublarini mas’uliyat va ijrochanlik, maqsadga intilish, liderlik va tashkilotchilik, vazifalarni taqsimlash qobiliyati, ishchanlik, mehnatsevarlik kompetensiyalarining yuqori bo‘g‘in rahbarlarida, hamda o‘zini o‘zi rivojlantirishning esa quyi bo‘g‘in rahbarlarida dominant namoyon bo‘lishiga asoslanib, rahbarning rol pozisiyasi va muammoli vaziyatlardagi xulq-atvori boshqaruv samaradorligini belgilovchi ijtimoiy-psixologik omil ekanligi dalillangan;
oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv funksiyalarini faktorli tahliliga ko‘ra ularning lavozim ierarxiyasiga bog‘liq ustuvor va cheklovchi omillar tizimining differensial ta’siri tufayli yuqori boshqaruv bo‘g‘inida strategik-tashkiliy va ijtimoiy-intellektual liderlik, o‘rta bo‘g‘inda tashkiliy-operatsion va ijtimoiy-psixologik kompetentlik, quyi bo‘g‘inda esa kasbiy-tashkiliy, kommunikativ-hamkorlik liderligi ijtimoiy xususiyat ta’siridagi bevosita ijro-boshqaruv faoliyati orqali namoyon bo‘lishi asoslangan;
boshqaruv funksiyalari strukturasining tahliliga ko‘ra rahbarlik faoliyatida cheklovchi psixologik faktorlarning lavozim darajasiga xos namoyon bo‘lishiga ta’sir qilishi tufayli yuqori bo‘g‘inda kommunikatsiya faolligining cheklanganligi va psixologik zo‘riqish, o‘rta bo‘g‘inda qaror qabul qilishda ehtiyotkorlik va shubhalanuvchanlik, quyi bo‘g‘inda esa strategik boshqaruvning cheklanganligi hamda ish yuklamasi bilan bog‘liq stress omillari boshqaruv samaradorligini cheklovchi prediktor ekanligi aniqlangan;
oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv samaradorligini oshirishda rahbar va bo‘lajak kadrlarda psixologik barqarorlik hamda boshqaruv kompetensiyalarining rivojlanishi muhimligiga asoslanib, psixologik va etnomadaniy yondashuvlarni kouch mexanizmlari orqali tizimli modellashtirish zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv funksiyalarining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalaridagi boshqaruv funksiyalarining psixologik mexanizmlariga ko‘ra ijtimoiy-psixologik qonuniyatlar va liderlik-motivatsion omillarga asoslanib boshqaruv funksiyalarining rolli-funksional differensiatsiyasi, koordinatsiya funksiyasining integrativlashgan va tashkil etish funksiyasining esa markaziy mexanizm sifatida lavozim ierarxiyasi orqali shakllanishi dalillanganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-334-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Psixokorreksiya” modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-334a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak kadrlarning amaliy jihatdan oliy ta’lim muassasalari boshqaruv funksiyalarining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruv funksiyalarining psixologik mexanizmlariga ko‘ra boshqaruvdagi qaror qabul qilish uslublarini mas’uliyat va ijrochanlik, maqsadga intilish, liderlik va tashkilotchilik, vazifalarni taqsimlash qobiliyati, ishchanlik, mehnatsevarlik kompetensiyalarining yuqori bo‘g‘in rahbarlarida, hamda o‘zini o‘zi rivojlantirishning esa quyi bo‘g‘in rahbarlarida dominant namoyon bo‘lishiga asoslanib, rahbarning rol pozisiyasi va muammoli vaziyatlardagi xulq-atvori boshqaruv samaradorligini belgilovchi ijtimoiy-psixologik omil ekanligi dalillanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-334-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-334a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak kadrlar va psixologlarning oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv funksiyalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv funksiyalarini faktorli tahliliga ko‘ra ularning lavozim ierarxiyasiga bog‘liq ustuvor va cheklovchi omillar tizimining differensial ta’siri tufayli yuqori boshqaruv bo‘g‘inida strategik-tashkiliy va ijtimoiy-intellektual liderlik, o‘rta bo‘g‘inda tashkiliy-operatsion va ijtimoiy-psixologik kompetentlik, quyi bo‘g‘inda esa kasbiy-tashkiliy, kommunikativ-hamkorlik liderligi ijtimoiy xususiyat ta’siridagi bevosita ijro-boshqaruv faoliyati orqali namoyon bo‘lishi asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-334-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-334a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning oliy ta’lim muassasalarini boshqaruv tizimida rahbarlik lavozimlariga tayyorlanayotgan shaxslarning kasbiy va psixologik xususiyatlarini baholash, ularning stressga chidamliligi, moslashuvchanligi va qaror qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
boshqaruv funksiyalari strukturasining tahliliga ko‘ra rahbarlik faoliyatida cheklovchi psixologik faktorlarning lavozim darajasiga xos namoyon bo‘lishiga ta’sir qilishi tufayli yuqori bo‘g‘inda kommunikatsiya faolligining cheklanganligi va psixologik zo‘riqish, o‘rta bo‘g‘inda qaror qabul qilishda ehtiyotkorlik va shubhalanuvchanlik, quyi bo‘g‘inda esa strategik boshqaruvning cheklanganligi hamda ish yuklamasi bilan bog‘liq stress omillari boshqaruv samaradorligini cheklovchi prediktor ekanligi aniqlanganligi haqidagi ma’lumot O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-334-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Psixokorreksiya” modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-334a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining strategik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda psixologik diagnostika va baholash texnologiyalarini boshqaruv tizimiga integratsiya qilish mexanizmlari mazmunan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv samaradorligini oshirishda rahbar va bo‘lajak kadrlarda psixologik barqarorlik hamda boshqaruv kompetensiyalarining rivojlanishi muhimligiga asoslanib, psixologik va etnomadaniy yondashuvlarni kouch mexanizmlari orqali tizimli modellashtirish zarurligi dalillanganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv - ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-334-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Psixokorreksiya” modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-334a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixolog mutaxassislarni tayyorlashda “Boshqaruv psixologiyasi”, “Psixologik xizmat” o‘quv fanlari mavzulari mazmuni takomillashtirilgan, fanlar dasturlarida psixologlarning oliy ta’lim muassasalari boshqaruv funksiyalarining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish va tashkil etishga oid bilimlari saviyasini oshirishga xizmat qilgan.