Amindjonova Gulmira Karimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gilos (Prunus avium) o‘simligini kasallantiruvchi virusni ajratish, xususiyatlarini o‘rganish va uning diagnostikasi”, 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V1156. 
Ilmiy rahbar: Fayziev Voxid Baxramovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.B.04.05. 
Rasmiy opponentlar: Axmedova Zahro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor; Eshboev Farxod Bakir o‘g‘li, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati agroekologik sharoitidan OPVni ajratish, biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda molekulyar-genetik identifikatsiylash va diagnostika qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati agroekologik sharoitida o‘suvchi P. avium o‘simligidan OPV oqsil qobig‘i (CP) sinteziga javobgar gen uchastkasini sekvens qilish orqali “Prune dwarf virus - Uzb2025” izolyati molekulyar identifikatsiya qilingan hamda bioinformatik tahlillar asosida dunyoning boshqa hududlarida tarqalgan izolyatlardan farqlanishi asoslangan; 
“Prune dwarf virus - Uzb2025” izolyatining CP genini eng yaqin RefSeq (NC_008038.1) hamda Chexiyaning PDV 6/54 izolyatlari genomi bilan qiyosiy tahlili 31 uchastkalarida nuqtali (Missense) mutatsiya mavjudligi aniqlangan, shundan Chexiyaning PDV 6/54 izolyatiga nisbatan oltita nuqtasida aminokislotalarning, xususan asparagin→izoleysinga (N→I), prolin→seringa (P→S), arginin→seringa (R→S), valin→izoleysinga (V→I), gistidin→izoleysinga (H→I) va aspartat kislota→asparaginga (D→N) ga almashganligi isbotlangan.
YSSX usuli yordamida virusning gilos mevasi tarkibidagi muhim biologik faol moddalarga ta’siri tahlil qilingan va B2 vitamini 2,7, B5 vitamini 2,0, C vitamin 2,8, rutin miqdorin 5,5, Gall kislota miqdorini esa 1,5 baravar kamaytirishi aniqlangan;
immunologik (IID) usuli yordamida OPVning mamlakatimiz iqlim sharotida o‘suvchi Rosa canina, Convolvulus arvensis, Trifolium pratense kabi yangi rezervator o‘simliklari aniqlangan. Shuningdek, tajriba sharoitida indikator o‘simlik sifatida Chenopodium quinoa aniqlanib, unda rezervatorlik xususiyati mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Prunus avium o‘simligini kasallantiruvchi virusni ajratish, xususiyatlarini o‘rganish va ularning diagnostikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
gilos (Prunus avium L.) o‘simligini kasallantiruvchi olxo‘ri pakanaligi virusi (OPV) ning laboratoriya sharoitida toza preparati olingan, virusga spesifik bo‘lgan yuqori titrli zardob tayyorlangan va yashirin infeksiya manbalari aniqlagan hamda Toshkent viloyati Parkent va Piskent tumanlaridagi jami 10,0 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06/-04-302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida olxo‘ri pakanaligi virusini erta aniqlash va tarqalishini oldini olish imkonini bergan.
Toshkent viloyati sharoitida bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari maydonlarida olxo‘ri pakanaligi virusi ikkiyoqlama immunodiffuziya (IID) usulida diagnostika qilingan va olxo‘ri pakanaligi virusiga yuqori darajadagi titri aniqlangan va viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06/-04-302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarda olxo‘ri pakanaligi virusiga xos bo‘lgan kasalliklarni aniqlash hamda keng masshtabda tarqalishining oldini olish imkonini bergan;
OPV bilan kasallangan gilosning “Qora gilos”, “Jinetreed” va “Ziroat” navlarining meristematik to‘qimasidan in-vitro usulida virusdan xoli ekuv materiallari olish jarayonini nazorat qilish jarayonida akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti “Mevali ekinlar biotexnologiyasi” laboratoriyasida virusga tayyorlangan spesifik zardob joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi 05/06/-04-302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olxo‘ri pakanaligi virusi bilan kasallangan gilos o‘simliklaridan in-vitro usuli yordamida virusdan xoli gilos ko‘chatlari olish imkonini bergan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish