Subanova Zarnigor Abdinabi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Kompozision sorbentlar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularni metallurgiya chiqindilaridan reniyni ajratib olish jarayonida qo‘llash», 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01. - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6094.
Ilmiy rahbarlar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Bozorov Aminjon Nurilloevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Xursanov Abdullo Xalmuradovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sultanov Sanjar O‘razalievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. kompozision sorbentlar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularni metallurgiya chiqindilaridan reniyni ajratib olish jarayonida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eritmalardan reniyni sorbsiyalash jarayonida qo‘llash uchun organo-noorganik ingredientlar va boshqa oligomer tarkibli ishlab chiqarish chiqindilari asosida kompozision kimyoviy ion almashinuvchi sorbentning samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
organomineral ingredientlar va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanib olingan kompozision ion almashinuvchi sorbentlarning fizik-kimyoviy xossalarini ularning tabiati, turi, tarkibi va nisbatiga, shuningdek eritmalardan reniyni sorbsiyalash jarayonining texnologik omillariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
sanoat chiqindilarining mineralogik va murakkab kompleks tarkibi aniqlanib, reniy ReO-4 anion shaklida ekanligi isbotlangan;
olingan ion almashinuvchi sorbentda, reniyning sorbsiyasi sorbentning funksional guruhlari bilan kompleks hosil qilishi asoslangan;
reniyni analog va olingan ion almashinuvchi sorbentlarda, sorbsiyasi va desorbsiyasining kinetikasini asosida texnologik balansi hamda ammoniy perrenat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompozision sorbentlar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularni metallurgiya chiqindilaridan reniyni ajratib olish jarayonida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
import o‘rnini bosuvchi kompozision ion almashinuvchi sorbentlarni reniyni sorbsiyali ajratib olish texnologiyasi «O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJning 2026 yil 27 fevraldagi 03/03-256-son ma’lumotnomasi). Natijada, aralash tarkibli sanoat eritmalaridan reniyni 69,1% gacha ajratib olish imkonini bergan;
metallurgiya sanoati eritmalaridan reniyni sorbsion ajratib olish texnologiyasi «O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJning 2026 yil 27 fevraldagi 03/03-256-son ma’lumotnomasi). Natijada, GOST 31411-2009 ga mos keluvchi AR-0 markadagi ammoniy perrenat olish imkonini bergan.