Quldasheva Ma’mura Ikromjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shahrixonsoy yoyilmasi tuproqlari transformatsiyasi, unumdorligi va agrogeokimyoviy xossalari”, 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/V1658.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ulug‘bek Burxonovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.10.07.
Rasmiy opponentlar: Xoldarov Davronbek Madaminovich, biologiya fanlari doktori, dotsent;  Mansurov Sherali Siddiqovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Shahrixonsoy yoyilmasi sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarining xossalarini sug‘orma dehqonchilik ta’siridagi o‘zgarishlari, unumdorligi hamda geokimyoviy xususiyatlarini aniqlash hamda tuproqlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shahrixonsoy yoyilmasi o‘tloqi saz tuproqlarining sug‘orma dehqonchilik ta’sirida transformatsiyalanishi, genetik qatlamlarda kechayotgan o‘zgarishlar dinamikasi, tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida gidromorfizm darajasining kuchayishi hamda ushbu jarayonlarning yuzaga kelish mexanizmi ilmiy asoslangan; 
tuproqlar haydov va haydov osti qatlamlari granulometrik tarkibining mayda qum va yirik chang fraksiyalari ortishi hisobiga og‘ir qumoq→o‘rta qumoq ko‘rinishida transformatsiyalanganligi va quruq qoldiq miqdoriga ko‘ra ham o‘rtacha sho‘rlangan darajadan sho‘rlanmagan darajaga transformatsiyalanayotganligi aniqlangan.
tadqiq etilayotgan hudud tuproqlarining boshqa mintaqalardagi analoglariga nisbatan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha o‘ziga xosligi, shuningdek, ko‘milgan gumusli qatlamlarning mavjudligi va ularning gidromorf sharoitda konservatsiyalanish xususiyatlari isbotlangan.
o‘tloqi saz tuproqlar kimyoviy elementlarning migratsiyasi, akkumulyasiyasi va differensiatsiyasi “ona jins – tuproq genetik qatlam” tizimida aniqlangan. 
tuproqlarda o‘rganilgan bo‘z tuproqli mintaqadagi gidromorf tabiatli tuproqlarga  nisbatan Au, Na, Ba elementlari kam, Te, Zn, Sb elementlari miqdorlari ko‘pligi, cho‘l mintaqasi o‘tloqi saz i nisbatan Na, Sr kam, Fe, Cr, Co elementlarining ko‘pligi aniqlangan hamda Mo va Zn elementlari bo‘yicha 1:5000 masshtabdagi raqamli xaritanomalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shahrixonsoy yoyilmasi tuproqlari evolyusiyasi, unumdorligi va agrogeokimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xo‘jaobod tumani “A.Nabiev” massivi “Xabibullo chorbog‘i” fermer xo‘jaligining jami 33,7 gektar, Shahrixon  tumani “Umarjon obod dalasi” fermer xo‘jaligining jami 83 gektar sug‘oriladigan maydonlarining 1:10000 masshtabli agrokimyoviy xaritanomalari ishlab chiqilgan va joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 16 dekabrdagi 05/05-04-934-bon ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligi organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish, mineral o‘g‘itlarni maqbul meyorlarini belgilash, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni tabaqalashtirib qo‘llash muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlar agrofizik, agrokimyoviy va meliorativ xossa ko‘rsatkichlari natijalari Andijon viloti “Xabibullo chorbog‘i” fermer xo‘jaligining jami 33,7 gektar va “Umarjon obod dalasi” fermer xo‘jaligining jami 83 gektar sug‘oriladigan maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 16-dekabrdagi 05/05-04-934-bon ma’lumotnomasi). Natijada erlarining meliorativ holatini yaxshilash va bu orqali tuproqlar unumdorligini oshirishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan hamda xo‘jalikdagi olinayotgan hosildorlikka nisbatan 3 sentnergacha  qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
Shahrixonsoy konus yoyilmasida tarqalgan sug‘oriladigan gidromorf o‘tloqi saz tuproqlar geokimyoviy ko‘rsatkichlari ma’lumotlari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Andijon filialida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 16-dekabrdagi 05/05-04-934-bon ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat tuproqlarini geokimyoviy va biogeokimyoviy tavsiflash, tuproq-geokimyoviy, tuproq-ekologik monitoringi ishlarida foydalanilib, tuproqlardan oqilona foydalanish va ekologik sof mahsulotlar olishda muhim ilmiy asos sifatida xizmat qilmoqda. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish