Sherboboev Xurshid Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida informatika o‘qitishni metodologik yondashuvlar asosida takomillashtirish”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped15204.
Ilmiy rahbar: Turaev Sirojiddin Juraqobilovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M.
Rasmiy opponentlar: Samandarov Javlon Iskandarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Ximmataliev Doʻstnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida informatika o‘qitishni metodologik yondashuvlar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida informatika o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va uslubiy-didaktik shart-sharoitlarning o‘zaro uzviyligida hamda tizimli, kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlarning ustuvorligini ta’minlash asosida ilmiy jihatdan asoslangan;
umumta’lim maktablarida informatika o‘qitishning tashkiliy-funksional modeliga asoslangan metodik modeli ta’lim natijasini bashorat qilish imkonini beruvchi maqsadli, mazmunli-metodologik, jarayonli-texnologik, baholovchi-diagnostik, natija komponentlar uzviyligida ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablarida informatika o‘qitish metodikasi ilmiy bilishning gnoseologik, metodologik va didaktik asoslariga tayangan empirik ma’lumotlarni nazariy umumlashtirish hamda nazariy yadrodan deduktiv natijaga yo‘naltirilgan tizimlashtiruvchi, kasbiy yo‘naltiruvchi va mobillashtiruvchi metodik tuzilma asosida takomillashtirilgan;
maktab o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarning intellektual, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kommunikativ, refleksiv komponentlarini rivojlanganlik darajalarini motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv baholash mezonlari bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash bosqichlarda Blum taksonomiyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida informatika fanini metodologik yondashuvlar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablarida informatika o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik va uslubiy-didaktik shart-sharoitlarning o‘zaro uzviyligida hamda tizimli, kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlarning ustuvorligini ta’minlashga doir takliflar “Optik aloqa tizimlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 maydagi 2/17-4/4-7512-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanmadan to‘garak mashg‘ulotlarida foydalanish o‘quvchilarning informatikadan tayanch kompetensiyalarini shakllanishiga xizmat qilgan;
umumta’lim maktablarida informatika o‘qitishning tashkiliy-funksional modeliga asoslangan metodik modeli ta’lim natijasini bashorat qilish imkonini beruvchi maqsadli, mazmunli-metodologik, jarayonli-texnologik, baholovchi-diagnostik, natija komponentlar uzviyligida ishlab chiqishga doir takliflar “10-11-sinf (INFORMATIKA)” nomli mobil ilovani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 maydagi 2/17-4/4-7512-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur metodik model maktab o‘quvchilarining informatikadan tayanch kompetensiyalarini shakllanishiga xizmat qilgan; 
umumta’lim maktablarida informatika o‘qitish metodikasi ilmiy bilishning gnoseologik, metodologik va didaktik asoslariga tayangan empirik ma’lumotlarni nazariy umumlashtirish hamda nazariy yadrodan deduktiv natijaga yo‘naltirilgan tizimlashtiruvchi, kasbiy yo‘naltiruvchi va mobillashtiruvchi metodik tuzilma asosida takomillashtirishga doir takliflar “10-11-sinf (INFORMATIKA)” nomli mobil ilova mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 maydagi 2/17-4/4-7512-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takomillashtirilgan metodika maktab o‘quvchilarining informatikadan tayanch kompetensiyalarini shakllanishiga xizmat qilgan; 
maktab o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarning intellektual, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kommunikativ, refleksiv komponentlarini rivojlanganlik darajalarini motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv baholash mezonlari bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash bosqichlarda Blum taksonomiyasini qo‘llash asosida takomillashtirishga doir takliflar pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 maydagi 2/17-4/4-7512-son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan baholash mezonlari ta’lim sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish